O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari




Download 2,3 Mb.
bet18/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

3.3.O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari


O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog’liq holda boyib boradi. Tilning lug’at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqi manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi yetakchilik qilmoqda. Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan;
2) kalkalab olish yo`li bilan.
So‘zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Yevropa tillaridan ko`proq o‘zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi. Kalkalab o`zlashtirishda so‘z aynan olinmaydi, balki so‘zning ma’nosi o‘zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so‘zning ma’nosi shu so‘zning morfemik tarkibidan qismma- qism nusxa ko‘chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o`zlashtirishning 2 xil yo`li bor: 1. To`liq kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning barcha qismlari o`z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatniy – chalasavod, vsesoyuzniy - butunittifoq. 2. Yarim kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o`z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi kabi. Yarim kalkada ba’zan o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnыy – aktual kabi. O`zga til so`zidagi ma’no o`z tildagi so`z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo`g`in so`zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.



Download 2,3 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari

Download 2,3 Mb.