Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna




Download 2,3 Mb.
bet20/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

4 - MAVZU. TIL VA TERMINOLOGIYA


4.1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot

Termin-grekcha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiradi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmuyi degan ma’nolarni anglatadi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o‘rin va mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug’at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g’oyaga ko‘ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva, jargon, jonli so‘zlashuv)ga tenglashtiriladi.

Termin so‘zi o‘rnida ba’zan atama, istiloh so‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to‘g’ri emas. Atama termin so‘ziga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. Istiloh so‘zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va me’yorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug’aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g’ri anglash imkonini beradi.

Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.

Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chala oʻtkazgich — nim oʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqish oʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lug`atlar yaratib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 2,3 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna

Download 2,3 Mb.