|
Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra badiiy matn turlari
|
bet | 28/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya6.2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra badiiy matn turlari.
Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko‘ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo`lib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar.Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o`zi boshidan o`tkazgan eshitgan, ko‘rgan yoki guvoh bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o`tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi.
2. Tasviriy matnlar. Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo`lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko`rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya’ni tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z yuritiladi.
3. Izoh mazmunli matnlar. Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar. Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar. Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o`ziga xos tarzda bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi.
6. Buyruq mazmunli matnlar. Buyruq hamda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar. Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
|
| |