- MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN




Download 2,3 Mb.
bet27/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

6 - MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN


Reja:

6.1.Hajm belgisiga ko‘ra matn turlari


Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Kop kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi. An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o‘rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi
Makro matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g’oyasiga, shuningdek mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh va sharh bo‘lib keladi. Makro matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi.
Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.

Download 2,3 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN

Download 2,3 Mb.