|
Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna
|
bet | 25/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya 5-MAVZU. TERMINLARNING YASALISHI. 5.1.Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang’ich davrlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir. Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug’ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar: 1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega; 2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funksiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi; 3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir; 4) termin stilistik jihatdan neytraldir; 5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Fan-texnikaning tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda. Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib, uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi. Ko‘pchilik hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz.
Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: chorak reja, normativ qiymat, differensial renta, yig ‘ma ko ‘rsatkich, ish haqi darajasi, daromadning qoldig’i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx darajasi, foyda miqdori, qiymat o ‘lchovi, bo ‘linma, qiymat solig’i. Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi, talabning egiluvchanligi, bozor mexanizmi.
Fizikaviy terminlar bilan aloqador so‘zlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: bozor muvozanati, mehnat sig’imi, kapital sig’im, nisbiy daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o‘zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat, o ‘zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig’imi. Qishloq xo ‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar, krizis, sohibkorlik, qiymatning o‘sishi, tovar xojaligi, o‘sim, qarz o‘simi, undirilgan pul, pul undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o ‘sish, talabni o ‘stirish, agrobiznes, agrosanoat. Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: moliya oligarxiyasi, qadrli mablag’, ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet, absolyut renta, ta ‘sischilik aksiyalari, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy qadriyatlar, to ‘lov qobiliyatsizligi, yetakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari, daromad samarasi, ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o ‘rinbosar tovarlar, xayriya fondi, vaqf fondi, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul, pulning qadrsizlanishi, muomala fondlari. Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: o‘rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya. Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri affikslar orqali so‘z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko‘lami keyingi davrlarda yanada kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul bilan yasalayotganligi shundan dalolat beradi. Terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar faol bo‘lsa, boshqasida esa kam mahsuldir.
Demak, “atama” so‘zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalgam oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik: Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(larni)qoqtiraylik, qulon kiyik ovlataylik, (so‘ng) bayram qilib ovunaylik.Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p, to‘r chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shoxmot /shaxmat,shox/ shax, farzin, rux, fil, ot /asp, piyoda/ sipoh, mot, pot /pat, dona, oq qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli. Mana shu tarzda har davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog’liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi.
O‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birirta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov.
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Bir so‘z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya: 1) tilshunoslikda – tilda so‘zlarning o‘zgarish shakllari tizimi, grammatikaning so‘z shakllarining yasalish usullari hamda so‘z yasash qoidalari haqidagi bo‘limi; 2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o‘rganadigan fan sifatida; assimilyatsiya: 1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organik moddalarning o‘zlashishi, singishi va hazm bo‘lishi; 2) tilshunoslikda – so‘zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o‘zshab ketishi; 3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib qo‘shilib ketishi kabi.
|
| |