• Mavzu yuzasidan test savollari
  • O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘z- o‘zini nazorat uchun savollar




    Download 2,3 Mb.
    bet26/44
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,3 Mb.
    #153431
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
    Bog'liq
    Dilfuzaxon oya

    O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘z- o‘zini nazorat uchun savollar.
    1.Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqligiga misollar keltiring.
    Islohot, shogird, arxeologiya, artikulyatsiya, arxaizm kabi so‘zlarning ma’nosini o‘rganing va ular ishtirokida gap tuzing.

    Mavzu yuzasidan test savollari:

    1. Ilova, isloh, istiloh, islohot, terminlari qaysi tildan o`zlashgan?

    a) lotin

    b) rus

    s) ingliz

    d) arab

    2. Arxaizm, aforizm terminlari qaysi tildan o`zlashgan?

    a) lotincha

    b) rus

    s) ingliz

    d) yunon


    2. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini toping: osmon, do‘st, aqlli, murakkab.
    a) yer, dushman, axmoq, oson
    b) samo, o‘rtoq, bilimdon, qiyin
    s) koinot, oshna, ongli, oson
    d) ko‘k, og’ayni, olim, mushkul
    1-topshiriq. Maqollarni yozing, mazmunini o‘rganing va eslab qoling.
    1.Suv - oltindan aziz. 2. Suv - zar, suvchi - zargar. 3. Suv keldi - nur keldi. 4.Suvning qatrasi - oftobning zarrasi. 5. Elning hayoti yer bilan, yer hayoti suv bilan. 6. Ariqdan suv uzilmasa, savatdan non arimas. 7. Suv yil oqar, olamga gul taqar. 8. Suv taralar tuproqqa, oro berar yaproqqa.
    2-mashq. Quyidagi so‘zlarga – lar qo‘shimchasini qo‘shib, ko‘plik otlarini yasang va rus tiliga tarjima qiling.
    Ota-ona, (родители), kitob(книга), singil(сестрёнка), olma(яблоко), bog’(сад),avtoulov(автомобиль), kitob(книга), gul(цветок), ko‘ylak(рубашка), paxta(хлопок), soat(часы), bolg’a (молоток), sement(цемент).
    3-topshiriq. Mutaxassislikka doir matn orqali bilimingizni mustahkamlang.
    Bazalt tola
    Bazalt tola tog` jinslari eritmasidan tayyorlanadi va ko‘pikbeton, polistirolbeton, standart tayyorlangan betonlar uchun samarali va mustahkamlovchi qo‘shimcha sifatida foydalaniladi. Material: Ushbu fibra tolalarni tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalaniladi. Xom- ashyo sifatida vulqondan otilib chiqqan jinslar - gabbrodiabaz, diabaz, amfibolit, bazalt, porfirit, dolerit va boshqalardan foydalaniladi.Ushbu tog` jinslari, shuningdek, radiologik nazoratdan o‘tkaziladi va barcha texnik shartlarga javob beradi.
    Bazalt fibra tolalari yuqori kimyoviy chidamlilikka ega va materiallarning zarbga bo‘lgan qarshiligi, sovuq ta’siriga chidamlilik, yedirilishga bo‘lgan qarshiligini, suv o‘tkazmaslikni orttiradi va darzlar hosil bo‘lishini pasaytiradi. Ushbu material tabiiy toshdan tayyorganligi sababli undan gidrotexnik inshootlarda, yo‘l harakati intensiv bo‘lgan avtomobil yo‘llarida, ko‘priklarda, atom elektr stantsiyalarida, quyma pollarda keng foydalaniladi.

    5-rasm. Tabiiy bazalt toshi.
    4-topshiriq. Mutaxassislikka doir so‘zlar yordamida “So‘z ustasi” o‘yinini qo‘llash.

    Ushbu o‘yin orqali kichik guruhlardagi talabalar alifbo tartibida 5 daqiqa ichida kasbga doir so‘z topadilar va yozadilar.


    Belgilangan vaqtda eng ko‘p so‘z topa olgan kichik guruh g‘olib hisoblanadi.
    Guruhlar kesimida so‘zlar qaytarilgan bo‘lsa ham hisobga olinadi.Lekin eng birinchi topshiriqni bajargan kichik guruh “So‘z ustasi”nomini oladi.


    Download 2,3 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




    Download 2,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘z- o‘zini nazorat uchun savollar

    Download 2,3 Mb.