|
Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna
|
bet | 22/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.
Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi.
Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.
Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. 4.3.Terminologiyaning texnik sohalar o‘qitishdagi o`rni.
Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlarning paydo bo‘lishi, ularning hayotga tatbiq qilinishidagi to‘siqlar, yasalish prinsiplari va usullari xususida turfa g’oyalar, nuqtayi nazarlar ko‘zga tashlanadi. Termin so‘zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplari e’tirof etilmoqda. Substansional nuqtayi nazar vakillariga ko‘ra termin maxsus so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, boshqa nominativ birliklarga nisbatan birma’noliligi, aniqligi, sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan neytralligi bilan ajralib turadi. Funksional nuqtayi nazarga binoan terminlar maxsus so‘z emas, balki maxsus funksiyaga ega so‘zlardir; terminning o‘rni(roli)ni istalgan so‘z bosishi, o‘ynashi mumkin. Derivatsion nuqtayi nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas bog’langan. Ushbu g’oya tarafdorlarining fikricha, termin nafaqat oddiy so‘zning varianti, shuningdek, yangi, o‘ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham tan olinadi. Yangi terminlarning yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalarni ifodalash ehtiyoji bilan baholanadi. Terminga muayyan talablar qo‘yiladi, ushbu jihat uni umumtil va lahja hamda shevalardagi oddiy so‘zlardan ajratib turadi. Nomenklatura terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Har qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini o‘zida mujassam etadi. Ularning miqdori haddan ortiq darajaga yetganda, maxsus strukturani taqozo etadi. Masalan, hozirgi kunda 200 mingdan ortiq o‘simlik turlarining har biriga alohida nom qo‘yishga urinish befoyda, buning imkoni ham yo‘q. Insoniyatning tabiatni bilish, anglash bosqichlarini o‘zida aks ettiruvchi tabiiy fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan, yaratiladigan(ishlab chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura, shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan ta’minlash, ularni sotish maqsadida maxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq nomenklaturasini farqlash lozim bo‘ladi. Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomonidan yaratilsa-da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar negizida voqelanadi. Ilmiy bilish nomenlarining inson tomonidan yaratilgan ilmiy-texnikaviy nomenlardan farqi shundaki, ilmiy nomenlar tabiatda mavjud bo‘lsa, ikkinchisi tabiatda mavjud emas. Kashfiyotchi tomonidan yaratilgan narsa-buyumlar uchun nom xalq tilidan olinmaydi (samolyot, vezdexod, samokat kabi birliklar bundan mustasno).Ushbu kategoriyalar, ya’ni nomenlarni ifodalovchi so‘zlar o‘z yoki chet tillardagi leksemalarga tayanilib, sun’iy ravishda yaratiladi, bunda harf va raqamlar indeksatsiyasi alohida ta’kidlanadi: “Moskvich-412”, “MAZ 15”, “Tu-144”, “Mig-29”, “Su-34”, “T-90” va h.k. Inson tomonidan yasaladigan narsa-buyum ham ishlab chiqarish, ham savdo-sotiqqa doir nomlarga ega bo‘ladi. Masalan, Volga yengil avtomashinasi “GAZ-21”, “GAZ-24”, “GAZ-32” kabi ishlab chiqarish nomenlariga ega bo‘lgan. Moskva shahridagi Lixachev nomli korxonada ishlab chiqarilgan yuk mashina (gruzovik) (tur nomi) “ZIL130” ishlab chiqarish raqami bilan yuritilgan. Ayrim hollarda davlatlararo ishlab chiqarilgan ayni mahsulot yoki tovar turli ma’no kasb etishi mumkin. Chunonchi, sobiq sho‘rolar davlatida ishlab chiqarilgan M-20 yengil avtomashina Pobeda, Polshada esa Varshava nomlari bilan atalgan.
|
| |