• Vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna




    Download 2,3 Mb.
    bet15/44
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,3 Mb.
    #153431
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
    Bog'liq
    Dilfuzaxon oya

    Metonimiya – narsa, belgi va harakatlar o`rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko`chish hodisasi. Bu aloqadorlik o`rin va vaqt jihatdan bo`ladi. Metonimiyada bir predmet bilan ikkinchi predmet orasida doimiy real aloqa mavjud bo`ladi. Quyidagi gaplardagi so`zlarning ma’no munosabatini kuzating:
    Sinekdoxa. Narsa yoki shaxs qismati nomini aytish bilan o`zini (butunni) yoki narsaning nomini aytish bilan uning qismini tushunishga asoslangan ma’no ko`chish hodisasidir. Masalan: Besh qo`l barobar emas (butun nomi bilan qismni anglash). Dunyoda o`zimizdan qoladigan tuyog`imiz... (A.Qodiriy)
    Sinekdoxa qism nomini butunni ifodalash uchun (oqsoqol, oqsoch, jigar, tirnoq, tomir), kiyim nomini odam yoki boshqa biror tirik mavjudotni ifodalash uchun (qizilishton), qurol nomini shu qurolni ishlatadigan kishini ifodalash uchun (nayza, qilich, tig`, ketmon – «jangchi» ma’nosida), hayvonlarning biror a’zosi nomini o`sha hayvonni ifodalash uchun (bosh, tuyoq), meva nomini shu mevani beradigan daraxtni anglatish uchun (yong`oq, olma, nok, uzum) qo`llash yoki, aksincha, butun nomini qismni anglatish uchun (qo`l so`zini «barmoq» ma’nosida) qo`llash kabi miqdor munosabatlariga asoslanadi.
    Kinoya – so‘zlarning aks ma’noda qo`llash hodisasi. Bunday ko`chishlar yozuvda qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: Shunaqa «do‘stlar»ning kamroq bo‘lgani ma‘qul.
    Vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishi – narsalarning bajaradigan vazifasining o`xshashligi asosida ma’no ko`chish hodisasidir. Ma’noning bunday ko`chishi metaforadagi kabi o`xshashlikka asoslanadi. Leksik metaforada predmetning sezgi organlariga ta’sir qiladigan material tomoniga – rangi, shakli, harakati kabi belgilariga asoslaniladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishida predmetning hayotda bajaradigan vazifasi nazarda tutiladi. Masalan, o`q, siyoh, qalam kabi so`zlarning ma’nolaridagi ko`chish ular dastlab ifodalagan tushunchalar bilan hozirgilari orasida bajaradigan vazifa jihatdan o`xshashlikka asoslangan.
    Ilgari parranda patidan yoki qamishdan yasalgan yozuv qurolini qalam deb ataganlar. Grafitli yozuv quroli paydo bo`lgandan so`ng, uni karandash qalam deb, keyin esa to`g`ridan to`g`ri qalam deb atay berganlar. O`q - yoy o`qi; o`q - miltiq o`qi (bular shakl jihatdan emas, balki vazifasi jihatdan o‘xshashdir. Siyoh so`zi tojik tilida «qora» degan ma’noni bildiradi. Yozuv quroli sifatida ishlatilgan suyuqlik qora rangda bo`lgani uchun siyoh deb nomlangan. Hozirgi kunda yozuv uchun qo`llanadigan turli rangdagi suyuqliklar (qizil, ko`k, yashil) ham vazifasining o`xshashligi asosida siyoh deb atalmoqda: qizil siyoh (asl ma’nosi qizil qora), ko`k siyoh (asl ma’nosi ko`k qora).
    Metafora va metonimiya mahsuldor ko`chish yo`li, sinekdoxa, kinoya, vazifadosh asosida ma’no ko`chishi kam mahsul hodisalardir. So‘zning gap ichida, ya’ni nutqdagi o‘z ma’nosidan boshqacharoq mazmun ifodalashi uning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi. Masalan, ishning ko‘zi, tog’ning etagi kabi birikmalar tarkibida ko‘z va etak so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 3 qatlamga ajratishni taqazo etadi:

    Download 2,3 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




    Download 2,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna

    Download 2,3 Mb.