• 2-topshiriq. Chordoq
  • 3-rasm
  • -topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli




    Download 2,3 Mb.
    bet12/44
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,3 Mb.
    #153431
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
    Bog'liq
    Dilfuzaxon oya

    1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli ( a, e, i, u, o, o‘) unli harfni qo‘yib ko‘chiring.
    1.Mehn…tning tagi r…hat. 2. Yett… o‘lchab b…r kes. 3. Y…qolgan pichoqning s…pi oltindan. 4. Baxt t…lakda emas, b…lakda. 5. M…hnat baxt k…ltiradi. 6. O‘ych… o‘ylaguncha tav…kkalchi ishini bitiradi. 7. Yer hayd…sang kuz hayda, k…uz haydamasang y…z hayda.
    2-topshiriq. Chordoq so‘ziga kelishik qo‘shimchalarini qo‘yib gap tuzing.
    Bosh kelishik - chordoq -
    Qaratqich kelishigi - chordoq+ning
    Jo‘nalish kelishigi - chordoq+qa
    O‘rin-payt kelishigi - chordoq+da
    Chiqish kelishigi - chordoq+dan.

    3-rasm. Chordoq(tom bilan shiftning oralig’i)ning ko‘rinishi.
    3-topshiriq. Matn orqali mutaxassislikka doir bilimingizni mustahkamlang va og‘aki bayon eting.
    Devorbop materiallar
    Devorbop materiallar-devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlar. Har qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo‘lib hisoblanadilar. Shuning uchun har qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Mustahkam devorlar shak-shubhasiz bino yoki inshoatga uzoq yillar xizmat qilish imkonini beradi. Shuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani xal etuvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.Zamonaviy devorbop materiallari bevosita devorlarni barpo etishda foydalaniladigan konstruktsion materiallar va devorbop pardoz materiallariga bo‘linadi. Odatda devorlarni barpo etish uchun beton va sopoldan bo‘lgan devorbop materiallardan (misol uchun, g’isht, sopol tosh va boshq.) foydalaniladi.
    Binodagi vazifasiga ko‘ra devorlar quyidagilarga bo‘linadi:
    -yuk ko‘taruvchi – binoning boshqa qismlaridan yukni qabul qilib olib, o‘z og’irligi bilan birga bino poydevoriga uzatadi;
    -o‘z-o‘zini ko‘taruvchi – poydevorga tayanadi va faqat o‘z og’irligini ko‘taradi;
    -yuk ko‘tarmaydigan – ma’lum bir qavat chegarasida yuk ko‘taruvchi konstruksiyaga tayanib, faqatgina o‘z og‘irligini ko‘tarib turuvchi (asosan to‘suvchi vazifasini bajaruvchi - pardevorlar).


    Download 2,3 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




    Download 2,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli

    Download 2,3 Mb.