|
Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna
|
bet | 8/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya2.2. O‘zbek yozuvlari tarixi
Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Messopotamiya degan joyda paydo bo‘lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan. Bu xat eramizdan oldingi V–IV asrlarda O‘rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan. Hozirgi eramizdan boshlab taxminan VI asrgacha so‘g’d yozuvi ishlatilgan. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar runik yozuvidan foydalanishgan. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo‘g’ulistonning O‘rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O‘rxun-Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. 1893-yili daniyalik olim N. Tomsen va rus olimi V. V. Radlov qadimgi turkiy yozuvni o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘rxun-enasoy yozuvlari Rim yozuvlariga o‘xshab ketganligi uchun run (runik) yozuvlari yoki dulbarchin deb ham yuritiladi.
O‘rta Osiyoning bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi mahalliy xalqi sak va massaget urug’lari bo‘lib, ularning ham o‘z yozuvlari mavjud edi. Ana shu yozuvdan qadimiy xorazmiy va so‘g’d yozuvlari yaratilgan. Xorazmiy yozuvi ham o‘zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo‘llanilgan yozuv bo‘lib, bu yozuv II asrning oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi. 1970-yillargacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida shakllangan degan fikr yetakchi edi. Keyingi topilmalar turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerak, degan xulosani chiqarishga asos bo‘ldi. 1988-yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Lo‘mbitepa yodgorligidan ko‘za topildi. Uning bandi sirtiga qadimiy turkiy bitik o‘yib tushirilgan ekan. Bu bitik VII-VIII asrlarga oid turkiy obidalardan yosh jihatidan qariyb I-II asrcha qadimiyroqdir.VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiylar va mo‘g’ullar uyg’ur yozuvidan foydalanishgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asarining Vena kutubxonasidagi nusxasidir. Ahmad Yugnakiyning "Hibat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armug’oni"), Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg’ur yozuvida yozilgan. Uyg’ur yozuvi X-XV asrlarda mavjud bo‘lib, arab yozuvi bilan ma’lum davrgacha baravar ishlatilgan. 720-yildan boshlab arab yozuvi tarqala boshlagan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarining Namangan va Qohira nusxalaridir. Mahmud Koshg’ariyning "Devonu-lug’otit-turk" nomli asari ham arab yozuvida yozilgan.
Xalqlarimiz taxminan 1200 yildan ko‘proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalangan. 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o‘tilgan edi. 1940- yildan boshlab esa rus (kirill) grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga o‘tildi. Hozirgi yozuv va uni ifoda etuvchi vositalar1996-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo‘lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j(d+j) tovushini (jo‘ja, jayron, avj kabi).
2) sirg’aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi. Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-sirg’aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay),ch til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak),sh til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh) ifodalaydi. Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o‘, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor. Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug’atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi. Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilar: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (…) («») (-) (‘) ham qo‘llanadi. Urg’u (‘) belgisi so‘z bo‘g’inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‘yiladi. Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilarning ham roli katta. Tinish belgilari yordamida fikr yozuvda aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og’zaki nutqning fikrini to‘liq ifodalash uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari yozuvda tinish belgilari orqali ifoda etiladi. Tutuq belgisi (‘) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) so‘zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‘ziq aytilishini (a’lo, e’tibor, iste’mol); 2) so‘zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‘g’in bilan keyingi bo‘g’inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‘z ma’nolarini farqlab beradi (ta’na – malomat, tana – organism); 4) s va h tovushlarini sh tovushidan farqlaydi: Is’hoq. Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo‘lib, jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi shu yozuvni qo‘llaydilar. 1993 yil 2-3 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Kengash yig’ilishida o‘zbek yozuvini lotin alifbosiga o‘tkazish to‘g’risida qonun qabul qilindi. Hozirgi kungacha isloh qilingan yangi o‘zbek alifbosida 29 ta harf va bitta tutuq belgisi mavjud. Shulardan 3 tasi harfiy birikma: sh, ch, ng:
|
| |