Til sohasi va tilning boshqa fanlar bilan aloqasi




Download 2,3 Mb.
bet4/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

1.2. Til sohasi va tilning boshqa fanlar bilan aloqasi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Har tomonlama yetuk kadrlar, erkin fikrlaydigan shaxs tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yetuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, til - o‘qituvchining eng asosiy quroli sanaladi. Til orqali barcha fanlar o‘zlashtiriladi. Mamlakatimizda o‘zbek adabiy tiliga e’tibor ortib bormoqda. Har bir fan o‘z o‘rganish obyektiga, maqsad va vazifalariga ega. Qolaversa, fanlar o‘ziga xos alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilini sohada qo‘llashda o‘qitish metodikasiga ahamiyat bergan holda, o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida egallagan ona tili saboqlari doirasidagi bilim va malakalari mutaxassislik bilan uzviylashtirilishi maqsadga muvofiqdir.O‘quvchilarning kasbiy faoliyatlarida soha terminlarining mazmun-mohiyatiga to‘laqonli tushunish darajalari va o`z o`rnida qo`llay bilishi ularning kasb mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.
Talabalarning o‘zbek tili grammatikasi, leksikasi va fonetikasiga oid o`zlashtirilgan bilimlari sohada o‘zbek tilini qo‘llashda va amalda tadbiq etishda yordam beradi. O‘quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o‘qiy olsalar, adabiy tilda so‘zlay olsalargina ularning ona tilida olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam hisoblanadi. O‘quvchilar kelgusida mutaxassis sifatida faoliyat yuritar ekanlar, tinish belgilarini o`z o`rnida to`g`ri qo`llay olishi, o‘z fikrlarini aniq va tushunarli bayon etishlari zarur. Aks holda, o‘zbek tilida so‘zlash bilan yozuv qoidalari bir vaqtda olib borilmas ekan, savodsizlik holati kelib chiqadi.
Eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan har bir inson o‘zbek tilini bilishi kerak, chunki u o‘zbek bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar mamlakatda kishilar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va turli vaziyatlarda muloqotda bo‘ladi. O‘z ona tilini bilmagan kishi, “ona”, “Vatan” kabi tushunchalarning mohiyatiga tushunmaydi, bu kishi hech qachon “men o‘zbekman” deb faxrlana olmaydi. O‘z ona tilini bilmagan xalq nafaqat kelajagini barpo eta olmaydi, balki o‘z tarixini ham bila olmaydi. O‘tmishsiz esa kelajak bo‘lmagani kabi bugunni mustahkam shakllantirish ham ustuvor masaladir. Demak, o‘z tiliga ega bo‘lmagan, ona tilini bilmagan xalq hech qachon xalq bo‘la olmaydi. O‘quvchilar ona tilini qunt bilan o‘rganish orqali fan asoslarini ongli o‘zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o‘qimasin, baribir o‘zbek tiliga murojaat qiladilar.
Ona tili barcha bilimlarni o‘rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarur. Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar, hattoki, aniq fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Ona tili insonning umumiy taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham ahamiyatlidir. Ona tili, ayniqsa, uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya’ni u orqali biz milliy qadriyatlarimiz haqida ma’lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin. Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham – hamma meros ona tilida o‘rganilar ekan, ona tilini har bir soha vakili qunt bilan o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
1.3. Til va tafakkur uzviyligi
Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g’oyatda muhimdir. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi».
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo‘lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi».
Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi. O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tadigan til asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo‘lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtayi nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan til birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir». Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqelanish shakli bo‘lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur - inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Ayniqsa, tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Demak, til va tafakkur doimiy tarzda birgalikda shakllanadi.

Download 2,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Til sohasi va tilning boshqa fanlar bilan aloqasi

Download 2,3 Mb.