|
-rasm. Santexkeramika, keramik-plitka va lok-bo‘yoq materiallar.
Matnni belgilash tizimi (v) - Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim
|
bet | 7/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya2-rasm. Santexkeramika, keramik-plitka va lok-bo‘yoq materiallar.
Matnni belgilash tizimi (v) - Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim
Tushunchalar
|
V
|
-
|
+
|
O‘zbekistonda qurilish materiallari
|
|
|
|
Ulkan tabiiy zahiralar
|
|
|
|
«Knauf» (Germaniya) kompaniyasi
|
|
|
|
Ispaniya, AQSH, Avstriyaning taniqli firmalari
|
|
|
|
2-MAVZU. TIL VA YOZUV MASALALARI
2.1. Yozuv haqida umumiy tushuncha
Til va yozuv o‘zaro uzviy bog’liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo‘lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaydi.Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o‘ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.
Yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og’zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o‘z o‘rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini ta’minlashda, barcha uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazishda katta imkoniyatlarga ega.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og’izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan».Tana, ta’m- maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.
Nutq ikki xil shaklda bo‘ladi: og’zaki va yozma.
Til - aloqa quroli. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladigan vositadir.Til - umumiy, nutq esa xususiy hodisadir. Nutq so‘zlovchining saviyasiga, uslubiga, o‘rin va mavqeyiga qarab har xil bo‘ladi. Og’zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
So‘zni to‘g’ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g’ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she’r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G’o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g’o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir. Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir.
Qo‘shimchalardan to‘g’ri foydalanish (g’ishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g’ri bog’lash (qaror yozildi - qarorni emas), takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g’aliz, mantiqsiz qiladi.So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi tilning nutqda voqelanishi.
Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat hodisa qarama qarshiligini o‘zida namoyon etadi.
Til aloqa-munosabat vositalaridan biridir. Til – bu murakkab hodisa. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til grammatikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo‘lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Santexkeramika, keramik-plitka va lok-bo‘yoq materiallar.
Matnni belgilash tizimi (v) - Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim
|