Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna




Download 2,3 Mb.
bet10/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

Orfografiya (yunoncha orthos-“to‘g’ri”, grapo- “yozaman”) tilshunoslikning to‘g’ri yozish qoidalari haqidagi bo‘limidir. Adabiy til shevalardan ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu me’yor badiiy asarlar orqali asta-sekin ishlab chiqilib, barcha uchun majburiy bo‘lgan so‘zlarning adabiy talaffuzi va to‘g‘ri yozilishi, ularning tuzilishi va urg‘usi qoidalari, so‘z va so‘z shakllari yasalishi qoidalaridan iboratdir. Ma’lum me’yorlarga rioya qilish nutqning aniq, ravon va ravshan bo‘lishiga yordam beradi. Orfoepik, orfografik, leksik va grammatik me’yorlar bir-biridan farq qiladi. Orfografik me’yorlar yozma nutqning xarakterli xususiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Adabiy tilni to‘liq egallash uchun til me’yorlarini bilish va unga rioya qilish kerak.
Yozuv rivojlanishi jarayonida til qurilishi bilan uyg’unlashib boradi va bir-biri bilan bog’liq grafika va orfografiya orqali ifodalangan muayyan tizim sifatida shakllanadi. Faqat grafikadan foydalanish bilan o‘zaro aloqada maqsadga erishish qiyin. Chunki grafik tizimdan foydalanish so‘zning tovush tomoninigina ifodalashi tufayli bir qator qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin. Bu o‘rinda orfografik qoidalar yordamga keladi.Tilning tovush tarkibi uning grafik tizimiga nisbatan ancha murakkabdir. Shuning uchun ular orasida to‘liq o‘xshashlik bo‘lmaydi.
Orfografiya tovush va harflar, so‘z va uning ma’noli qismlari, qo‘shma so‘z qismlarining qo‘shib, ajratib va chiziqcha bilan yozilishi, bo‘g’in ko‘chirish hamda bosh va kichik harflarni ishlatish haqidagi qoidalar sistemasidan iborat. O‘zbek orfografiyasi fonetik, morfologik va an’anaviy tamoyillarga asoslanadi. Ayrim so‘zlar differensiatsiyalash va etimologik tamoyillar asosida yoziladi.Fonetik tamoyilga ko‘ra so‘zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda yoziladi, so‘zning talaffuz etilishida yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olinadi: qishloq-qishlog’im, og’iz-og’zim, etik-etigi kabi. Ayrim kitoblarda hozirgi o‘zbek orfografiyasida fonetik tamoyilga juda kam amal qilinadi deyiladi. Lekin amalda fonetik tamoyil yetakchi tamoyillardan biridir. Masalan, tushdi, tushgan so‘zlarida d ning t, g ning k tarzida eshitilishidan qat’iy nazar d, g yoziladi. Xursand, go‘sht so‘zlaridagi oxirgi tovushlar tushib qolsa-da, ular yozuvda saqlanadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ning 1995-yil 24- avgustdagi tasdiqlangan qaroriga ko‘ra fonetik tamoyilga xos yangi ko‘rsatmalar joriy qilindi. Jumladan, kirill alifbosiga asoslangan alifboda tog’, bog’, yog’ kabi so‘zlarga-ga affiksi qo‘shilganda bu so‘zlar toqqa, boqqa, yoqqa tarzida yozilishi qoida qilib olingan edi. Yangi imlo qoidalari bu holatga alohida e’tibor berilib, k va q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga –gacha, -ga, -gach,-gani,-gin, -gina qo‘shimchalarining bosh tovushi k yoki q tarzida aytilishi va yozilishi ko‘rsatilib, qolgan hollarda so‘z qanday tovush bilan tugashi va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q eshitilishdan qat’iy nazar, g yozilishi belgilab qo‘yildi: tog’ga, bog`ga, yog’ga kabi. Demak, bu holatda morfologik tamoyilga amal qilish kerak bo‘ladi. O‘zbek orfografiyasida morfologik tamoyilga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, umumiy, yagona shaklda yoziladi. So‘zlarning ma’noli qismlari, morfemaning yagona tarzda yozilishiga quyidagilar misol bo‘la oladi.: ketdi, chopdi.
Fan-texnika, xalq xo`jaligi, qishloq xo`jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so`zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo`llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o`xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Ba’zi atamalar o`zbek tilida so`zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo`llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan, o`qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.

Download 2,3 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna

Download 2,3 Mb.