-rasm. Qurilish sohasiga doir xalq hashari tasvirlangan




Download 2,3 Mb.
bet6/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

1-rasm. Qurilish sohasiga doir xalq hashari tasvirlangan.
Hashar-elga yarashar” mavzusida og‘zaki matn tuzing. Hasharning inson ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyatinini so‘zlab bering.
3-mashq. Mutaxassislikka doir matn orqali bilimingizni mustahkamlang va og’zaki bayon eting.
O‘zbekistonda qurilish materiallarini ishlab chiqarishning holati va istiqbollari
O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallarining ulkan tabiiy zahiralari mavjudligi bilan ajralib turadi: qurilishbop toshlar konlari 49 ta, qum-shag’al materiallari konlari –76 ta, g’isht va cherepitsa hamda ohaktosh, qurilish qumi, gips, keramzit, mel, talk va boshqa materiallar xom ashyosi konlari – 198 ta. “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasiga birlashgan qurilish materiallari korxonlari Respublikamiz qurilish ob’ektlarini qurilish materiallarining barcha turlari bilan ta’minlaydi: sement, ohak, gips, devorbop, tombop va pardozlash (oyna, marmar va granit toshlari) materiallari, santexkeramika, gidroizolyatsiyalovchi materiallar – jami asosiy qurilish mahsulotlarining 100 dan ortiq turlari bilan. Ushbu sohaga chet el investitsiyalarini olib kirish uchun qulay investitsion muhit yaratilgan. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalar, jixozlar va ularga komplektlovchi buyumlarni chetdan olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi, bojxonaga oid rasmiylashirish to‘lovlaridan tashqari.
O‘zbekiston va unga chegaradosh mamlakatlarda kapital qurilishning jadal sur’atlar bilan o‘sishi qurilish materiallari, ayniqsa g’isht, sement, pardozlash materiallari iste’molining keskin ortishiga qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tendensiyaning yaqin kelajakda ham saqlanib qolishi mutaxassislar tomonidan bashorat qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida dunyoda mashhur bo‘lgan «Knauf» (Germaniya) kompaniyasi, Ispaniya, AQSH, Avstriya va boshqa mamlakatlarning taniqli firmalari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasining rivojlanishiga 430 mln. AQSH doll. miqdorida investitsiyalar kiritilishi talab etiladi. Ularni sement, santexkeramika, keramik plitka, issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar, yelim, lok-bo‘yoq materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflash maqsadga muvofiqdir.


Download 2,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qurilish sohasiga doir xalq hashari tasvirlangan

Download 2,3 Mb.