So‘zlardagi bir ma’noli(monosemantik)lik va ko‘p ma’noli (polisemantik)lik




Download 2,3 Mb.
bet14/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

3.2. So‘zlardagi bir ma’noli(monosemantik)lik va ko‘p ma’noli (polisemantik)lik


Tildagi so`zlar bir ma’noli va ko`p ma’noli bo`ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi so‘zlar bir ma’noli so‘zlar deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiyena, g‘oya, mimika, qobiliyat, fonema va boshqalar.
So‘zlar ba’zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma’noni, gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog`liq holda boshqa bir ma’no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq so‘zi gapdan tashqarida olinganda erga tomon yaqinlashmoq ma’nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko‘rish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma’nolarni bildiradi.Bu so‘zlar birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun ko`p ma’noli so`z sanaladi. Demak, nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog’liq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi so`zlar ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi.
Ko‘p ma’nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday so‘z, avvalo, biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo`ladi, ya’ni bir ma’nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so‘z taraqqiyoti ma’no tufayli ko‘p ma’noli so`zga aylanishi mumkin. Ko`p ma’noli so‘zlarda 2 xil ma’no farqlanadi: 1) bosh (asl, o‘z) ma’no; 2) yasama (ko`chma) ma’no. Bosh ma’no so`zning nutqdan tashqarida ifodalagan ma’nosi bo‘lib, u boshqa ma’nolarning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Yasama ma’no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, og’iz so‘zining bosh ma’nosi insonning tana a’zosi, g’orning og`zi, qopning og`zi yasama ma’no. So`zning yasama ma’nosi gapdagi boshqa so`zlar bilan bog`liq holda anglashiladi.
Ma’no taraqqiyoti qonunlariga ma’no ko`chishi, ma’no kengayishi, ma’no torayishi hodisalari kiradi.
So`z ma’nosining ko`chishi besh xil bo`lib, ular quyidagilar: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) kinoya; 5) vazifadoshlik yo`li bilan ko`chish.
Metafora (grekcha metaphora – «ko`chirma») narsa va hodisalar orasidagi o`xshashlik asosida ulardan birining ifodasi bo`lgan so`zni ikkinchisini ifodalash uchun qo`llashdir, metaforada shakliy o`xshashlik: belgi-xususiyat, harakat-holat nazarda tutiladi. SHu tufayli ot, sifat va fe’l turkumlarida metafora yo`li bilan ko`chish hodisasi mavjud. Masalan, tish, engil, pasaydi so`zlarining ma’nosini kuzating: Tish: 1) odamning tishi (bosh ma’no);
2) arraning tishi (yasama ma’no). Yengil: 1) yengil eshik (bosh ma’no); 2) yengil ta’zim (yasama ma’no). Pasaydi: 1) samolyot pasaydi (bosh ma’no); 2) bilimi pasaydi (yasama ma’no).
Metaforaga quyidagilar asos bo`ladi:
1) odamning tana a’zolari nomlari: bet, yuz, burun, quloq, ko`z, lab, tish, yelka, oyoq, og`iz kabi;
2) kiyimlar va ularning biror qismini nomlari: etak, yoqa kabi;
3) hayvon, parranda va hasharotlarning biror a’zosining nomi: qanot, dum, tumshuq;
4) o`simlik va uning bir qismi nomi: tomir, ildiz;
5) qurol nomi: nayza, pichoq;
6) turli belgi, harakat nomlari bo`lgan so`zlar: baland, past, olmoq, chaqmoq kabi.

Download 2,3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So‘zlardagi bir ma’noli(monosemantik)lik va ko‘p ma’noli (polisemantik)lik

Download 2,3 Mb.