-rasm. Devorbop qurilish materiali- g‘ishtdan foydalanish. 4-topshiriq. “Xatosini top”




Download 2,3 Mb.
bet13/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

4-rasm. Devorbop qurilish materiali- g‘ishtdan foydalanish.
4-topshiriq. “Xatosini top”. Quyida berilgan so‘zlarning imloviy xatosini toping.




3. MAVZU. O‘ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMLARI


3.1. So‘z-leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida


Tildagi so‘zlarning jami uning leksikasini, ya’ni lug’at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug’atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug’aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir. Tilning lug’at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega.
Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
- tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo‘limida o‘rganiladi;
-har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar, avvalo, uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi;
-tilning lug’at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir;
-so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi;
- har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish obyektidir.
So‘z va uning belgilari. So‘z tilning muhim unsurlaridan biri bo‘lib, ma’lum ma’no doirasida birlashgan tovush va tovushlar majmuyidan tashkil topadi. Biroq har qanday tovushlar birligi so‘z yoki uning ma’nosini shakllantira olmaydi. Masalan, olma so‘zidagi tovushlar birligi meva tushunchasini ifodalagan holda, shu so‘zdagi tovushlarning mloa, oalm shaklidagi yig’indisi hech qanday ma’noga ega emas. Ayni paytda, tovushlarning bunday birligini so‘z deb bo‘lmaydi.
Muayyan ma’noning tovush yoki tovushlar birligi vositasida belgilanishi esa so‘zni shakllantiradi. So‘zning tovush tarkibida o‘zgarish yuz bersa ham ba’zan ma’no saqlanishi mumkin. Lekin bu hodisa birdaniga emas, tilning uzoq asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y beradi. Masalan, o‘grat-o‘rgat, yog’mir-yomg’ir, qo‘nshi-qo‘shni kabi so‘zlar tarkibidagi metateza hodisasi ana shunday uzoq asrlik tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Biroq bunday tarixiy o‘zgarish so‘z ma’nosining yo‘qolishiga olib kelmaydi.So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi. Masalan, anor, tosh so‘zlarining narsa haqida ma’lumot berishi, qattiq, shirin so‘zlarining belgi haqida ma’lumot berishi shular jumlasidandir. Demak, so‘z borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarning atamasi – nomi bo‘lishi yoki aksincha bunday xususiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Shunga ko‘ra ular mustaqil va yordamchi so‘zlar turkumlariga ajratiladi. Tildagi mustaqil so‘zlargina leksik(lug’aviy) ma’noga ega bo‘ladi va ular leksikologiyaning asosiy o‘rganish manbai hisoblanadi. So‘zning borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni atash,nomlash xususiyati esa uning nominativ funksiyasi deyiladi.

Download 2,3 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Devorbop qurilish materiali- g‘ishtdan foydalanish. 4-topshiriq. “Xatosini top”

Download 2,3 Mb.