|
Masalalarni EHMda yechish bosqichlari
|
bet | 5/8 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 88,37 Kb. | | #271741 |
Bog'liq KURS ISHI (Statik va dinamik modellar)Masalalarni EHMda yechish bosqichlari
Matematik model har xil vositaalr yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik qonuniyatlar hamda funksional analiz elementlarini ishlatib difrensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo’lgan bosqishlarni o’z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko’ra o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi va ulardagi yo’l qo’yiladigan xatoliklar oldingi bosqichdagixatoliklar bilan ham belgilanadi. Ob’yektning matematik modelini tuzish, uni EHM da bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish – hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1. Masalaning qo’yilishi va tahlili.
2. Masalaning matematik modelini qurish.
3. Masalaning yechish algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish.
4. Dasturiy ta’minot yaratish va uni EHM ga tatbiq etish.
5. EHM da olingan natijani tahlil qilish.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo’yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, ob`ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo’lgan boshqa hususiyatlar tasvirlanadi. Ikkinchi bosqichda fizik, kimyoviy,mexanik va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro-differensial va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo’ladi. Ularni tuzishda o’rganilayotgan jarayonga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning barchasi bir vaqtning o’zida hisobga olib bo’lmaydi, chunki, matematik model juda murakkablashib ketadi. Shuning uchun , model tuzishda qaralayotgan jarayonga eng kuchli ta’sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so’ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi, ya’ni, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko’rsatkichlar aniqlanishi lozim. Ayrim hollarda masalaning qo’yilishidan keyin to’g’ridan to’g’ri, masalani yechish usuliga ham o’tish kerak bo’ladi. Bunday masalalar oshkor ko’rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EHMda yechishning 3-bosqichi tashkil qiladi. Navbatdagi bosqichda , ya’ni to’rtinchi-bosqichda, masalani EHMdan foydalanib yechish uchun uning yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritmi asosida biror-bir zamonaviy algoritmik tilida EHMda ishlatish uchun dastur tuziladi.
Dastur ma’lum talablar asosida tuziladi. Masalan, u umumiy xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya’ni matematik modelda ifodalangan masala parametrlarining yetarlicha kata sohada o’zgaruvchi qiymatlarida dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir nechta mustaqil qismlar (proseduralar) dan iborat bo’lishi kerak. Nihoyat masalani yechishni yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur EHM ga kiritiladi va sozlanadi hamda olingan natijalar chuqur tahlil qilinib. Baholanadi. Natija tahlil qilish, zarur bo’lgann hollarda algoritmni, yechish usulini va modelini aniqlashtirishga yordam beradi. Hattoki masalani noto’g’ri qo’yilganligini ham baholab berishi mumkin.Shunday qilib, biz masalalarni EHM lar yordamida yechish boshqichi bilan tanishib chiqdik. Shuni ta’kidlash lozimki, xar doim ham bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan holda bo’lmasdan bir-biriga qo’shilib ketgan bo’lishi ham mumkin.
|
| |