|
Paxta quritgichlari klassifikatsiyasi
|
bet | 5/21 | Sana | 26.05.2021 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #14606 |
Paxta quritgichlari klassifikatsiyasi: Issiqlikni paxtaga uzatish usuliga ko’ra quritgichlar-konpektiv, kontakt va aralash turlariga;
issiqli strukturasiga ko’ra — davriy va uzluksiz ishlovchi;
issiqlik tashuvchining paxtaga nisbatan harakat yo’nalishiga ko’ra - oqim bo’yicha va oqimga qarshi quritgichlarga;
issiqlik tashuvchining qizdirish usuliga ko’ra — olovli havo qizdirgichli va havo bilan gaz aralashmasili quritgichlarga;
quritgich konstruktsiyasiga ko’ra - barabanli, kamerali, koridorli, lentali, minorali, tunnelli, shnekli, havo favvorasini va boshqa turlarga;
texnologik jarayonda vazifasiga ko’ra quritgichlar: paxtani konditsion namlikkacha quritish uchun konditsion va paxtani texnologik namlikkacha qurituvchi texnologik turlariga bo’linadi.
Paxta quritgichlari konstruktsiyalari: Paxta sanoatida quritish texnikasi rivojlanishining boshlang’ich davrida qo’lanilgan kamerali, lentali, shnekli quritgichlar, texnologik va iqtisodiy ko’rsatkichlari kichiqligi tufayli ishlab chiqarishdan olib tashlandi.
Minorali quritgichlar namolish (2-3%) ning kichiqligi va paxta quritgichda bo’limi vaqtini rostlash imkoniyati yo’qligi tufayli bizning o’lkamizda keng qullanilmadi.
Paxta terish sezonining shart-sharoitlariga ko’ra, qachonki paxta tayyorlash punktlariga katta massada, 10% va undan ham yuqori konditsion namlikda paxta kelib tushganda va paxta quritish materiali sifatida xususiyati tufayli, quruq paxta bo’yicha unumdorligi 1,5 dan 10 t/soat gacha va undan ham ko’p va 10% gacha namoluvchi, konvektiv va aralash issiqlik uzatuvchi, uzluksiz ishlovchi va paxtani quritgichda bo’lish vaqti rostlanuvchi baraban tipidagi paxta quritgichlari ulkamizda keng tarqalgan. Bu quritgichlarda issiqlik tashuvchi rolini olov kaloriferlarida qizdirilgan havo o’ynaydi.
Barabanli paxta quritgichlari boshqa tipdagi quritgichlardan afzalliklari quyidagilar:
1. Quritgich unumdorligi yuqoriligi — 10 t/soat qurigan paxta undan ham yuqori va nam olish 10% gacha;
2. Tola va chigitni bir tekis qizdirish imkoniyati, bu yuqori darajada bir tekis quritishni beradi;
3.Issiqlik tashuvchining 277-302°C temperaturada qo’llanilishi, barabanda paxta bo’laklari uzluksiz aralashib turgani uchun unga yomon ta’sir ko’rsatmaydi;
4. Issiqlikning hisobiy sarfi (6500-6700 kj/kg bug’lantirilgan namlik) ga ko’ra barabanli quritgichlar boshqa tipdagi paxta quritgichlariga qaraganda iqtisodiy kamchiqim; ishlab chiqarish sharoitida almashtirish, rostlash va boshqa ishlarga tuxtatish oqibatida issiqlik sarfi 7500 kJ/kg bug’lantirilgan namlikkacha oshishi mumkin;
5. Barabanli quritgich solishtirma yuqori unumdorligida kichiq yuzani egallaydi, ung va chap tomonlarga aylanishi mumkin; barabanning ichki yuzalari o’z-o’zini yaxshi tozalaydi. Birinchi orginal barabanli paxta quritgichlari 1955 yilda tayyorlangan. Ularga quyidagi quritgichlar kiradi:
2SXL-1,5 - unumdorligi 1500 kg/soat va nam olishi 10%; SXB-1,5- unumdorligi 2000 kg/soat va nam olishi 10%; SXN-3 - unumdorligi 5000 kg/soat gacha va nam olishi 3-4%; Quritgichlarning bu konstruktsiyalari, paxta quritish sanoati boshlang’ich davrida katta masshtabda quyildi va issiqlik texnikasi ko’rsatkichlari yaxshilangan va unumdorligi yuqori 2SB-10, SXN-4 va 2CBS tipidagi quritgichlarni yaratilishida ijobiy rol o’ynadi.
Barabanli paxta quritgichlarining ichi, paxtani bir joydan ikkinchi joyga kuchishiga yordam beruvchi va uni quritishni intensifikatsiyalovchi o’tkizmalar bilan to’ldiriladi. Paxta quritgichlarini konstruktiv qurish amaliyotida, yuqori ichki ishqalanish koeffitsientiga, kuchib tushish va to’planib qolish xususiyatlariga ega bo’lgan paxtani to’kiladigan material sifatida fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turli xildagi baraban o’tkizmalari qullaniladi.
1.4 -rasm. Barabanli paxta quritgichlarning o’tkizmalari sxemalari:
a - ko’taruvchi-parrakli; b - sektorli; v - parrakli.
Sektor va ko’taruvchi parrak qurilmalari barabanlarni aylanishida paxtani parraklar qamrab oladi va yuqoriga ko’taradi, u erdan paxta tushayotganda, baraban bo’ylab harakatlanayotgan issiqlik tashuvchi tomonidan quritiladi va suriladi. Bunday tipdagi quritgichlarga 2SB-10 va 2SBS quritgichlari kiradi.
Bu tipdagi quritgichlarda paxtani baraban bo’ylab harakati, barabanning gorizontga nisbatan burchagini o’zgartirish yoki baraban ichiga o’rnatilgan tormozlovchi qurilmaning holatini o’zgartirish orqali rostlanadi.
Parrakli quritgichlarda baraban qo’zg’almas holatda bo’ladi, paxtani yuqoriga ko’tarish va uni o’q bo’ylab harakatlanishi parrakli va l yordamida amalga oshiriladi. Bunday tipdagi quritgichlarga SXN-ZM va uning yangi modifikatsiyasi SXN-4 quritgichlari kiradi. 10 t/soat va undan ham yuqori unumdorlikka va 10% va undan ham yuqori nam olishga ega bo’lgan quritgich konstruktsiyalari nam paxta katta massasini quritish muammosini hal qiladi. Hozirgi kunda bu tiplagi quritgichlar, paxta sanoatida quritish texnikasini rivojlanishida asos bo’lib xizmat qilmoqda. 3-jadvalda, barabanli paxta quritgichlarining texnologik xarakteristikalarining asosiy elementlari berilgan.
1.3-jadval:
№
|
Nomi
|
2SBS
|
2SB-10
|
SXN-3M
|
O’lchov birligi
|
1
|
Quritilgan paxta bo’yicha unumdorlik
|
5000
|
10000
|
5000
|
kg/soat
|
2
|
Nam olish
|
10
|
7-8
|
3-4
|
%
|
3
|
Namlik bo’yicha unumdorlik
|
450
|
650-750
|
145-192
|
kg/soat
|
4
|
Issiqlik tashuvchining quritgichga kirishdagi tempraturasi
|
222 gacha
|
277 gacha
|
220 gacha
|
°C
|
5
|
Quritgichning ichki qurilmasi
|
Sektorli
|
Ko’taruvchi- parrakli
|
Parrakli
|
-
|
6
|
Barabanning aylanish tezligi
|
7,5-17,5
|
10
|
-
|
Ayl/min
|
7
|
Parrakli valning aylanish tezligi
|
-
|
-
|
56
|
Ayl/min
|
8
|
Baraban diametri
|
3,2
|
3,2
|
1,3x1,6
|
M
|
9
|
Baraban uzunligi
|
7,5
|
10,0
|
4,2
|
M
|
10
|
Baraban yoki parrakli valning urinma tezligi
|
1,19-2,92
|
1,35-1,66
|
3,7
|
m/s
|
|
| |