|
Mavjud quritish jarayonining tahlili
|
bet | 6/21 | Sana | 26.05.2021 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #14606 |
1.2 Mavjud quritish jarayonining tahlili
Paxta tozalash zavodlari va paxta tayyorlash punktlarida paxtani quritish uchun SXN-ZM, 2SXL-1,5M, 2SXB-1,5M, 2SBS, SB-10 pa 2SB-10 markali quritgichlar ishlatiladi.
1.5 -rasm. 2SB-10 markali sushilka:
1 -tsapfa; 2 - roliklar; 3 - Qiya shnekli tamiplagich; 4 - baraban; 5 - qobiq; 6 - kuraklar; 7 - teshik; 8 - chiqarish quvuri; 9 elektrodvigatel.
2SB-10 markali quritgich ko’tarish kuraklari bilan jixozlangan barabanli va tug’ri oqimli bo’lib uning nam olish darajasi va ish unumdorligi boshqa tipdagi quritgichlarnikiga qaraganda ancha yuqori. Quritgichning asosiy qismlari: qiya shnekli ta’minlagich (3), oldingi ichi bush tsapfa (1) va turt gaykaga sharnirli birlashtirilgan pulat roliklar (2) ga o’rnatilgan baraban (4) dan iborat. Paxta qiya o’rnatilgan shnek (3) yordamida quritgich ichiga kiritiladi. SHnek ponasimon tasmali uzatma yordamida quvvati 2,4 kvt li elektrdvigateli bilan aylantiriladi. Quritish barabani (4) qobiq (5) ichiga joylashgan. Quritilgan paxta baraban ichida radius bo’yicha joylashgan kurak- (6) lar orqali teshik (7) dan chiqib yig’uvchi shnekka tushadi. Ishlatilgan quritish agenti truba (8) orqali tashqariga chiqadi.
Quritish agenti tsapfa (1) orqali o’tayotganda qisman atrofdagi havoni tortib ketgani uchun baraban ichiga shnek (3) bilan kiritilayotgan paxtaning to’kilishiga yo’l quymaydi va paxta havo oqimida oldinga suriladi. Baraban vali elektrodvigatel (9) pa reduktor yordamida aylantiriladi. Bu quritgichda tola va chigitning ortiqcha qizish xavfi bo’lmagani uchun quritish agentining temperaturasini 280°C gacha ko’tarish mumkin.
Bu quritgichda nam paxta quritilganda barabanning dastlabki turt metr uzunasida quritish agentining temperaturasi 280°C dan 125°C gacha pasayadi pa shu qismda asosan paxta qiziydi va qizish sirti katta bo’lgan (250 m2/kg) toladagi namlik bug’lanib bo’ladi. Barabanning keyingi qismida quritish agentining tempepaturasi 70-80°C gacha pasaygan va chigitning bug’lanish sirti sustlashadi.
2SB-10 markali quritgichning nam va quritilgan paxta bo’yicha ish unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi (kg/soat):
bu erda: -quritgichning nam paxta bo’yicha ish unumdorligi;
-quritgichning quruq paxta bo’yicha ish unumdorligi;
W1 - paxtaning boshlang`ich namligi, %;
W2 - quritilgan paxtaning namligi, %;
600 — amaliyotdagi hisobotlarda o’zgarmas miqdor deb hisobga
olingan, quritgichning namlik bo’yicha ish unumdorligi, kg/soat .
SXN-ZM markali quritgich. Bu quritgich to’g’ri oqimli, parrakli quritgich bo’lib, boshqa quritgichlardan farqi, paxta quritilish vaqtida mayda iflosliklardan ham qisman tozalanadi. Quritgich uch bosqichli birlashtirilgan quritish barabanlari dan iborat bo’lib, ular ichida parraklar aylanadi.
1.4-jadval:
|
| |