O‘zbekiston respublikasi
oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi
NAMANGAN MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
NamMTI rektori
O.O.Mamatkarimov
____________________
|
|
|
2021 yil “____” Avgust
|
|
|
|
KERAMIK MATERIALLAR
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
300 000 -
|
Ishlab chiqarish-texnik soha
|
Ta’lim sohasi:
|
320 000 -
|
Ishlab chiqarish texnologiyalari
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5320100 -
|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (kimyoviy materiallar turlari bo’yicha)
|
Namangan – 2021
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga dunyoda va Respublikamizda YuMB olishdagi xom-ashyo manbalari, ularni sintez qilish usullari, manbalarni farqi, ta’sir qiluvchi katalizatorlar, xossalari, polimerizasion monomerlar, polikondensasion monomerlar, ularni sintez qilishda turli ko’rsatkichlarini ta’siri, sintez usullarni farqi va ahamiyati va ularni to’g’ri tanlash bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kimyoviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
2.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
2-semestr
1- mavzu. Kirish. Yuqori molekulali birikmalar olish uchun xom-ashyo manbalari.
Yuqori molekulali birikmalarning inson hayotidagi ahamiyati, monomerlar sintezi tarixi, polimer materiallari olish bo’yicha qilingan ilg’or tajribalar, sintetik polimerlar olish.
2- mavzu. Polimerlanish reaksiyalari uchun qo‘llaniladigan monomerlar. Olifenlar.
Istiqbolli monomerlar, xom ashyo manbalari, krekinlash, piroliz mahsulotlari, an’anaviy monomerlar, etilen olish manbalari, propilen olish usullari, izobutilenning fizik va fiziologik xossalari.
3- mavzu. Diyen monomerlari. Ayrim istiqbolli monomerlar (kauchuklar uchun monomerlar misolida).
Kauchuklar, diyen monomerlari, butadiyen-1,3, izopren kauchuki-SKI, budatiyen kauchugi-SKD, SKDL, butadiyen-stirol kauchuki, SKS, SKMS, maxsus maqsadli kauchuklar, xloropren, poliizobutilen, butilkauchuk, etilen-propilen kauchuk (SKEP)
4- mavzu. Galogen saqlovchi monomerlar.
Vinilxlorid, vinilxlorid olishning sanoat usullari, Tetraftoretilen, olinish manbalari, tetroftoretilen olishning sanoat usullari; vinilatsetatning fizik, fiziologik xossalari.
|
|