Nazorat savollari
1 Аerodinamik tozalagichlar qanday farqlanadi?
2 SP-DX «Dustex» aerodinamik tozalash mashinasining vazifasi?
3 Tolali mahsulotning harakat traektoriyasini va chang, mayda iflosliklar hamda kalta
tolalarning ajralishini ta`minlovchi omillarni qanday?
4 Tozalash vaqtida tolalali mahsulotlarning qisilgan holatda bo’lishi?
Laboratoriya ishi 2
Yigirish mashinalarining elastik qoplamalarini bosuvchi valiklarini tiklashni o‘rganish
Ishdan maqsad:
Yigirish mashinalarining elastik qoplamalarini bosuvchi valiklarini
tiklashni o‘rganishni o‘rganish
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: BD-330
pnevmomexanik yigirish mashinasi, mexanizmlar sxemasi, animatsion modellar,
kompyuter, proektor.
Topshiriq
1.
BD-330 pnevmomexanik yigirish mashinasining vazifasi, tuzilishi va
ishlashini o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang.
2.
Pnevmomexanik yigirish mashinasi asosiy ishchi organlariga harakat
uzatilishini o’rganing.
3.
Ta`minlash qurilmasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
Uning sxemasini tasvirlang.
4.
Diskretlash qurilmasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
Uning sxemasini tasvirlang.
Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Аsosiy ma`lumotlar
Pnevmomexanik yigirish mashinasini o’rganishda texnologik jarayonlar
ketma-ketligi aniqlanadi: ta`minlash, mahsulotni diskretlash - alohida tolalarga
ajratish, diskret tolalar oqimini pishitish kamerasiga transportirovka qilish, diskret
tolalar oqimini tsiklik qo’shish, tolali piltachaga buram berish orqali ipni pishitish-
shakllantirish, ipni chiqarish va uni g’altakka o’rash. So’ngra mashinaning asosiy
mexanizmlari va qurilmalarining joylashganligi va vazifalari aniqlanadi: ta`minlash
qurilmasi, diskretlash qurilmasi, pishitish qurilmasi, ipni chiqarish moslamasi, ipni
o’rash mexanizmi, ip tozalash qurilmasining havo oqimini yo’naltirish tizimi,
parafinlovchi qurilma, ipni nazorat qilish qurilmasi (uzilish datchigi),to’la
bobinalarni almashtiruvchi «uchinchi qo’l» mexanizmi, harakat uzatmasi.
Pilta va ip pakovkalarining massalariga e`tibor qaratilib, mashinaning ishchi
holatida ularni almashtirish imkoniyatlari o’rganiladi. Tayyor bobinani bo’sh g’altak
bilan almashtirish operatsiyasining turli usullari (qo’lda, avtomatlashtirilgan) tahlil
etiladi. Yigirish bloklaridan birini ochib, havo yo’llari, yo’naltiruvchi blokchalar,
yigirish kamerasi va diskretlash barabani uzatmalarining yo’naltiruvchi blokchalari,
qo’shni sektsiya vallarining biriktirish joylari ko’rib chiqiladi. O’qituvchi virtual
stenddan foydalangan holda talabalarni yigirish bloki detallarining (ta`minlovchi
stolcha, zichlagich, ta`minlovchi tsilindr, yigirish kamerasi, separator, chiqaruvchi
voronka, chiqaruvchi trubka, ip uzilganda ta`minlashni avtomatik to’xtatish
qurilmasi) joylashganligi va o’zaro harakatlanishi bilan tanishtiradi.
Аnimatsion modelni kuzatish orqali yigirish qurilmasiga, ya`ni diskretlovchi
barabanga piltani uzatish, diskret tolalar oqimini transportirovka qilish, yigirish
kamerasining yig’uvchi sirtida ulardan piltacha shakllantirish vazifalari o’rganiladi.
Diskretlash jarayoni bilan bir vaqtning o’zida iflosliklarning ajralishiga alohida
e`tibor qaratiladi. Pishitish jarayoni – ip shakllanishi va uni yigirish blokidan
chiqarish holati o’rganiladi. Talabalar ip uzilishini nazorat qiluvchi datchikning ishi
bilan, parafinlovchi qurilmaning funktsiyasi bilan va krestsimon o’rashning hosil
qilinishi bilan tanishadi.
1-ta`minlash piltasi;
2-zichlagich;
3-ta`minlovchi stolcha;
4- ta`minlovchi tsilindr;
5-diskretlash barabani;
6-konfuzor(transportirovka kanali);
7- yigirish kamerasi;
8- ip sifatini nazorat qiluvchi datchik;
9-tortuvchi vallar;
10-ip uzilishini nazorat qiluvchi datchik;
11- iptahlagich;
12- o’rovchi val;
13-bobina
115-rasm.BD-330 pnevmomexanik
yigirish mashinasining
texnologik sxemasi
116. BD-330 пневмомеханик йигириш машинасининг кинематик схемаси.
R- йигириш камераси; VV-дискретлаш барабанчаси; SR- пастки таҳлагич; VO-тортувчи вал; TR-учинчи қўл; HR-
устки таҳлагич;
VN- ўровчи вал; RG1- учинчи қўлнинг ростланувчи клапан; MS1- таъминлаш двигатели; PZ1-парафинловчи қурилма;
SHR- устки таҳлагич қутиси; RTR- бобиналар учун транспортер тасмаси;
7
4
Talabalar mashinaning ishlashini kuzatib, uni to’xtatishadi va
servodvigatellar, almashinuvchi elementlar, tasma taranglovchi bloklarning
joylashganligini ko’zdan kechirishadi. Mashinani yurgazish va to’xtatish tartibi
bilan tanishib, kompyuter boshqaruvining afzalliklarini va mashinaning ish
parametrlarini o’zgartirish imkoniyatlarini o’rganishadi. To’xtatilgan mashinada
alohida uzellar uzatmalari (yigirish kamerasi, ta`minlovchi tsilindrlar, diskretlash
barabanchasi, parafinlovchi qurilma) o’rganiladi.
Mashina ishchi organlariga harakat uzatilishini o’rganishda, o’rash
zichligini rostlash, tishli tasmalar tarangligini o’zgartirish, shuningdek,
gorizontal, tangentsial va transportirovkalovchi tasmalarning konstruktsiyasi
bilan tanishiladi.
Talabalar ta`minlash qurilmasini o’rganishda BD-330 mashinasining ikkita
yigirish blokini ishlatishadi, ulardan birinchisi alohida detallarga, ikkinchisi esa
uch qismga (diskretlovchi qurilma, yigirish kamerasi, diskretlovchi qurilmaning
ta`minlashni avtomatik to’xtatish elementlari montaj qilingan korpus) ajratilgan
bo’ladi. Ta`minlash qurilmasini to’liq o’rganish uchun diskretlovchi
barabanchaning podshipniklarini o’rnatish, ta`minlovchi tsilindrni joylashtirish,
ta`minlovchi stolcha tebranishini rostlash, ta`minlovchi stolchani yuklash usuli
va havo kanallarining ishlatilishi ham stenddan foydalangan holda tahlil etiladi.
1- ta`minlovchi tsilindr;
2- zichlagich;
3- ta`minlovchi
stolcha; 4-
prujina;
5- havfsizlik richagi;
6-diskretlash barabanchasi;
7- diskretlash barabanchasining
garniturasi
117-rasm. BD-330 pnevmomexanik yigirish mashinasining ta`minlash
qurilmasi
Diskretlash barabanchasini o’rganishda uning o’lchamlariga, garnituraning
o’rash kanavkasi qadamiga va sirtidagi tishlar soniga e`tibor beriladi. Paxta,
shtapel va sintetik tolalar uchun ishlatiladigan garnituralarning afzallik va
kamchiliklari aniqlanadi.
1-
barabancha;
2-
podshipnik;
3-
blokcha;
4-
arra tishli garnitura
118-rasm. Diskretlash
barabanchasi
119-rasm. Diskretlash barabanchasi garnituralarining turlari
OK40 –paxta va uning aralashmalari uchun; OK61- kimyoviy
tolalar va ularning aralashmalari uchun; OK37- sintetik tolalar
uchun; OB20 – 100% paxta uchun; OS21- viskoza va uning
aralashmalari uchun
Ip uzilganda avtomatik to’xtatish qurilmasining vazifasi va ishlash printsipi
aniqlanadi.
Ushbu datchikning funktsional sifatlariga alohida e`tibor beriladi:
1.
Yigirish kamerasida ip uzilganda ta`minlash piltasining to’xtatilish
holati.
2.
Tortuvchi va o’rash vallari orasida uzilish sodir bo’lganda, ta`minlash
piltasining to’xtatilishi.
3.
Mashinani yurgazish vaqtida individual yoki yalpi ulash imkoniyatining
mavjudligi.
|