Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bо‘lib,
buyumning holatini о‘zgartirishga qaratilgan harakatlardan iborat.
Texnologiya – ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish usullari va vositalari
tug‘risidagi bilimlar majmuasidan iborat. Uning ilmiy vazifasi – ishlab chiqarishning
eng samarali usullarini aniqlash va ulardan foydalanish uchun fizik va boshqa
konuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Mashinani tashkil etuvchi qismlar detallardir.
Detal – yig‘ish ishlarini bajarmasdan nomi va navi jihatdan bir jinsli ashyodan
tayyorlangan buyum. Detallarga lemex, tirsakli val, porshen barmog‘i, porshen
halqalari, bolt, gayka kabilar misol bо‘la oladi.
Detalni tiklash – detalning ish qobiliyatini va meyor-texnik hujjatda
kо‘rsatilgan parametrlarini qayta tiklashni ta’minlaydigan nuqsonlarni bartaraf
etishga oid ishlar majmuasidan iborat.
Yig‘ma qism (birlik) – tarkibiy qismlari yig‘ish ishlari jarayonida о‘zaro
birlashtirilgan buyumdan iborat. Yig‘ma qismlarga dvigatel, uzatmalar kutisi,
reduktorlar va hokazolar kiradi.
Mashinaning tuzilishini tashkil etuvchi qismlar ikki guruhga: konstruktiv va
nokonstruktiv qismlar guruhiga bо‘linadi.
Konstruktiv qismlar deb qanday ashyodan tayyorlanganligi, ulchamlari va
shaklidan qat’iy nazar mashina tarkibiga kirgan barcha alohida tayyorlangan
detallarga aytiladi. Bularga, ramalar, bloklar, vallar, shesternyalar, podshipniklar,
boltlar, kistirmalar, shaybalar, baklar, quvurlar, tasmalar, g‘iloflar va boshqalarni
misol qilib kо‘rsatish mumkin.
Nokonstruktiv qismlar deb, mashina ishlaganda uning barcha, konstruktiv
qismlarining о‘zaro zarur aloqasini yoki normal ishlashini ta’minlaydigan
elementlarga aytiladi. Bularga mashinani yig‘ish jarayoni, rostlash, bо‘yash,
moylash va mashinaning о‘z vazifasini bajarishga yaroqli keladigan boshqa ishlar
kiradi.
Kо‘rib chiqilgan elementlar mashinaning ishga yaroqli bо‘lishini taminlaydi.
Mashina va uskunalarni asosiy ta’mirlah jarayoni buzuq mashinalar (agregatlar) ni
ishga yaroqli holatga keltirishga qaratilgan ishlarning aniq majmuasidan iborat.