Ta’mirlash korxonasi mashinasozlik korxonalaridan farq qilib о‘ziga xos
texnologik jarayonlarni: mashina qismlarini yuvish, bо‘laklarga ajratish, yaroqli-
yaroqsizlarga ajratish va ta’mirlash ishlarini bajaradi.
Ta’mirlash ishlarida quyidagi atamalar: qayta о‘rnatish va tiklash atamalari
ishlatiladi. Mashina detallari uchun «tiklash» (avvalgi holatiga keltirish) atamalari
qabul etilgan. «Qayta о‘rnatish» (remont) atamasi detallarga emas, balki yig‘ma
qismlar (mexanizmlar): uzellar, agregatlar va mashinaga nisbatan qо‘llaniladi,
chunki «qayta о‘rnatish» dyeyilganda mashina qismlari yechiladi va yana о‘z joyiga
qayta о‘rnatiladi deb tushuniladi. Ta’mirlash (lotincha «restavratsiya») atamasi
kо‘pincha arxitektura va san’at asarlariga nisbatan ishlatiladi. Remont atamasining
о‘zbekcha muqobili «qayta о‘rnatish» bо‘lishiga qaramay, atamaning ixchamligi va
uxshashligini nazarda tutib, mashinalarga nisbatan ham ta’mirlash atamasi
ishlatilmoqda.