• Laboratoriya darsi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar
  • Uyda
  • Namangan to’qimachilik sanoati instituti




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #154264
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    tajribalat to\'plami

     
     
     
     


     
     
    Laboratoriya ishi-1 
    Tola tozalash mashinasini arra va qistirma paketining gabarit o‘lchamlarini tahlil 
    qilish 
    Ishdan maqsad: Tola tozalash mashinasini arra va qistirma paketining gabarit 
    o‘lchamlarini tahlil qilishni o‘rganish 
    Laboratoriya darsi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar: SP-
    DX «Dustex» aerodinamik tozalash mashinasi. Аerodinamik tozalagichlarning 
    animatsion modellari va texnologik sxemalari, kompyuter, proektor. 
     
    Topshiriq 
    1. 
    SP-DX «Dustex» aerodinamik tozalash mashinasining vazifasi, tuzilishi va 
    ishlashini o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang. 
    2. 
    Аerodinamik tozalash mashinasi asosiy ishchi organlarining ishlashi bilan 
    tanishing. 
    3. 
    Tolali mahsulotning harakat traektoriyasini va chang, mayda iflosliklar hamda 
    kalta tolalarning ajralishini ta`minlovchi omillarni o’rganing. 
    4. 
    Turli modeldagi aerodinamik tozalagichlar bilan tanishing va ularning o’ziga 
    xos jihatlarini aniqlang. 
    Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang 
    Аsosiy ma`lumotlar 
    Mashg’ulotning boshida o’qituvchi talabalarga paxtani mexanik usulda 
    tozalashda, tolalarning shikastlanishiga sabab bo’luvchi omillarni sanab o’tishni 
    tavsiya qiladi. Misol uchun: 
    1. 
    Zarbiy ta`sirlarning takroriyligi; 
    2. 
    Mashina ishchi organlari (qoziqlar, ignalar, pichoqlar, arrali disklar va 
    boshqalar) ishining jadalligi; 
    3. 
    Tozalash elementlarining shikastlantiruvchi ta`siri; 
    4. 
    Tozalash vaqtida tolalali mahsulotlarning qisilgan holatda bo’lishi. 
    Kalta tolalar va changni ajratib chiqarish maqsadida mashinasozlik firmalari 
    TTА tarkibiga aerodinamik tozalagichlarni kiritishni tavsiya qilishmoqda. 
    Аerodinamik tozalagichlarning ishlash printsipi alohida paxta bo’lakchalarni 
    perfosirtlarda bir tekis taqsimlanishiga va ulardan chang, mayda iflosliklar hamda 
    kalta tolalarning so’rilayotgan havo yordamida ajratishga asoslangan. Аerodinamik 
    tozalash mashinasini o’rganishda talabalar asosiy ishchi organlarning tuzilishi va 
    ishlashi bilan tanishishadi. 


    Аerodinamik tozalagichlar (Securomat, Separomat ASTA, LTB, LT, 
    Securomat SP-F) ning animatsion modellaridan foydalanib, ularning ishlashidagi 
    xususiyatlar jihatlar tushuntiriladi. 
    Аerodinamik tozalagichlar quyidagi ko’rsatkichlarga qarab farqlanadi: 
    1. Tozalanayotgan mahsulotning ta`minlash va chiqarish usuli; 
    2. Ishlatilgan perfosirtning tuzilishi; 
    3. Changli xavoni ajratish usuli; 
    4. Xavo oqimining xarakat tezligi va yo’nalishini rostlash imkoniyati; 
    5. Pnevmoquvurda xavoni siyraklantirish qurilmasining mavjudligi

    22-rasm. Dustex DX aerodinamik tozalagichning texnologik 
    sxemasi
    1-ta`minlash quvuri , 2-pnevmoquvur, 3-tola taqsimlovchi qurilma (zaslonka), 4-perfosirt, 5-
    so’ruvchi quvur, 6- xavoning kirish joyi, 7-ventilyator, 
    8-pnevmoquvur, 9-chang kamerasi, 10-chiqindi kamerasi, 11-
    chiqaruvchi quvur

    23-rasm. Dustex DX mashinasining tola taqsimlovchi qurilmasi (zaslonkasi)
    1-zaslonka shkafi, 2- yo’naltiruvchi,
    3- elektrodvegatel, 4-ekstsentrik diski, 5- richaglar 


    Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi tolalar bo’lakchalarini perfosirtga bir tekis 
    taqsimlashdan iborat. Tolali mahsulotning talab darajasida tozalanishi, taqsimlash 
    qurilmasining ishiga bog’liq..
    24-rasm .Securomat tozalagichi.
    1-ta`minlash quvuri, 2-datchik, 3-begona jismlarni 
    ajratgich, 4-metallizlagich, 5-begona jismlar datchigi, 
    6-to’siq, 7-chiqindilar kamerasi. 
    5-rasm.Seporomat ASTA 
    tozalagichi
    1-bunker, 2-to’siq (zaslonka), 3-separator, 
    4-yopiluvchi to’siq,5-chiqindilar qopi 
    26-rasm. LTB Havo oqimi tozalagichi 
    27-rasm. LT Havo oqimi tozalagichi
    1-ta`minlash quvuri, 2-perfosirt, 3-chiqish quvuri, 
    4- changli, nuqsonli havoning chiqish joyi 
    1- ta`minlash quvuri, 2- perfosirt, 3-rostlanuvchi to’siq 
    (zaslonka), 4-chiqish quvuri, 5-chang quvuri 


    28-rasm. Securomat SP-F begona va rangli jismlardan tozalash mashinasi
    1-changsizlantirish bo’limi; 2-perfosirt; 3-tola taqsimlovchi qurilma; 4-changli havoni 
    so’rish kamerasi; 5-tituvchi valik; 6-lampa; 7-sezgir kamera; 8-puflagichlar; 9-
    chiqindilarni so’ruvchi kanal; 
    10-ventilyator 

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan to’qimachilik sanoati instituti

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish