Ishga qobiliyatlilik – mashinaning texnik hujjatda kо‘rsatilgan parametrlar
bilan о‘z vazifasini bajara oladigan holatidir.
Mashinalarning yeyilganlik, shikastlanganlik darajasiga va xususiyatlariga,
shuningdek ta’mirlash ishlariga sarflanadigan mehnatga (sermehnatliligiga) qarab,
mashinalarga oldindan belgilangan rejali xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash ishlariga
quyidagi ta’mirlash turlari kiradi:
Joriy ta’mirlash. Bunda ta’mirlash ishlari hajmi juda kam bо‘lib,
mashinaning navbatdagi rejali ta’mirigacha normal ishlashi ta’minlanadi. Joriy
ta’mirlashda buzuq joylar, nuqsonlar yeyilgan detallarni almashtirish yoki ta’mirlash
yо‘li bilan bartaraf etiladi, shuningdek barcha rostlash ishlari bajariladi.
О‘rtacha ta’mirlash – buyumning ish kо‘rsatkichlarini faqat yeyilgan
tarkibiy qismlar (agregatlar, uzellar va detallar)ni ta’mirlash yoki almashtirish yо‘li
bilan tiklashdan iborat.
Qishloq xо‘jaligida faqat avtomobillar о‘rtacha ta’mirlanadi.
Asosiy ta’mirlash – yeyilgan mashina va uning barcha tarkibiy qismlari, shu
jumladan zamin qismlarining ham boshlang‘ich ish qobiliyatini tо‘liq tiklashdan
iborat. Ta’mirdan chiqqan barcha tarkibiy qismlar hamda butun mashina ishlatib
moslanadi, chiniqtiriladi, rostlanadi, sinovdan о‘tkaziladi va bо‘yaladi. Bu xilda
ta’mirlashda mashina detallarga tо‘lik ajratiladi va ular yaroqli-yaroqsizlarga
bо‘linadi.
Mashinalarni ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarida ta’mirlashning
egasizlantirilmagan, egasizlantirilgan va agregat usullari keng qо‘llaniladi.
Yegasizlantirilmagan yoki egasizlantirilgan ta’mirlash usullarining о‘zaro
farqi shundaki, tiklanadigan tarkibiy qismlarning ma’lum mashinaga (uskunaga)
qaramligi birinchi usulda saqlanadi, ikkinchi usulda esa saqlanmaydi.
Ta’mirlashning agregat usulida ayrim buzuq yig‘ma qismlar yoki agregatlar
almashma fonddan olingan yangi yoki ta’mirlanganlari bilan almashtiriladi,
natijada mashinaning ish qobiliyati dastlabki ikki usulga qaraganda kamroq
xarajatlar bilan tiklanadi.
Nazorat savollari
1 Ishga qobiliyatlilik qanday amalga oshiriladi?
2 Joriy ta’mirlash qanday tiklanadi?
3 Mashinalarni ta’mirlashni tashkil etish va ta’mirlash texnologiyasiga?
4 Yeyilgan mashina va uning barcha tarkibiy qismlari qanday ta’mirlash
Document Outline - Topshiriq
- Аsosiy ma`lumotlar
- Nazorat savollari
- Topshiriq
- Аsosiy ma`lumotlar
- Nazorat savollari
- Nazorat savollari
- Nazorat savollari
|