• Yusuf Xos Hojib Bolosog’uniy
  • Qutadg’u bilig”
  • Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari




    Download 0.97 Mb.
    bet27/125
    Sana16.10.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #27301
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
    Bog'liq
    aa69dea
    pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
    Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari
    1. Xalq dostonlarining ko’pchiligiga xos xususiyat – …
    A) aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasvirining mavjudligi B) ham nasr, ham nazm usulida yozilishi C) ularda ishq muhabbat mavzusining ustunligi D) ularda sehrli tilsimlardan ko’p uchrashi
    2. Folklorshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra nechanchi asrda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan?
    A) XV – XVI asrlarda B) XI – XII asrlarda C) XX asr boshlarida D) XVI – XIX asrlarda
    2-DARS. O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN. (51-105-betlar)
    Reja:
    1. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy.
    2. “Qutadg’u bilig”.
    3. Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha.
    4. Xorazmiy.
    5. “Muhabbatnoma”.
    6. Nazariy ma’lumot. Noma.


    Yusuf Xos Hojib Bolosog’uniy
    1. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
    A) 4 ming 609 bayt B) 5 ming 409 bayt C) 6 ming 204 bayt D) 6 ming 409 bayt
    2. 1823- yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee bu buyuk asar haqida ma’lumot chop etib, uni ilm ahliga tanishtiradi. Bu qaysi asar edi?
    A) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari B) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari C) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari D) Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari
    3. 1439- yili Hirotda uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan asarni toping.
    A) Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari B) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari C) Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asari D) Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari
    4. Buyuk o’zbek olimi Abdurauf Fitrat 1924- yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo’lyozmani olishga muyassar bo’ladi. Bu qaysi asar qo’lyozmasi edi?
    A) A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari B) Haydar Xorazmiyning “Gul va navro’z” dostoni C) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni D) Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni
    5. Qaysi qatordagi dostonlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan?
    A) “Qutadg’u bilig”, “Shohnoma” B) “Qutadg’u bilig”, “Saddi Iskandariy” C) “Ziynat ul-umaro”, “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”
    6. “Qutadg’u bilig”ni chinliklar qanday nomlashgan?
    A) “Aminul mamlakat” B) “Ziynat ul-umaro” C) “Shohnomayi turkiy” D) “Adab ul-muluk”
    7. Eronliklar “Qutadg’u bilig”ni qanday nomlashgan?
    A) “Shohnomayi turkiy” B) “Pandnomayi muluk” C) “Ziynat ul-umaro” D) “Amin ul-mamlakat”
    8. Qaysi qatorda “Qutadg’u bilig” dostonining turli xalqlarda nomlanish muqobili to’g’ri berilgan?
    A) Chinliklar “Ziynat ul-umaro” B) Sharq elining ulug’lari “Qutadg’u bilig” C) Eronliklar “Pandnomayi muluk” D) Mochinliklar “Amin ul-mamlakat”
    9. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan qaysi vaznda bitilgan?
    A) Hazaji musammani mahzuf B) Mutaqoribi musammani mahzuf C) Ramali musaddasi solim D) Rajazi musaddasi solim
    10. Bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston…
    A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Gul va navro’z” C) “Qutadg’u bilig” D) “Yusuf va Zulayho”
    11. Qaysi adib “Qutadg’u bilig” dostonini “Baxtliklanish bilimi” deb atagan?
    A) Abdurauf Fitrat B) Mirkarim Osim C) Abdulla Avloniy D) Izzat Sulton
    12. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida adolat ramzi kim edi?
    A) Oyto’ldi B) O’zg’urmish C) Kuntug’di D) O’gdulmish
    13. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida baxt ramzi bo’lgan qahramonni aniqlang.
    A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) dostonda bunday ramz mavjud emas D) O’zg’urmish

    Qutadg’u bilig”


    1. «Qutadg‘u bilig» dostonining muqaddimasi qanday yo‘l bilan bitilgan?
    A) faqat she’riy B) she’riy hamda nasriy C) savol-javob, munozara shaklida D) faqat nasriy
    2. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan aruzning qaysi vaznida bitilgan?
    A) hazaji musaddasi mahzuf B) mutaqoribi musammani mahzuf C) mutaqorib musammani maqzuf D) ramali musammani mahzuf
    3. Kim “Qutadg’u bilig” asarining Namangan nusxasi ham borligi haqida ma’lumot beradi?
    A) Jaubert Alidee B) Eshon Lolaresh C) A.Fitrat D) Valizoda
    4. “Qutadg’u-bilig” dostonining qaysi nusxasi arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan?
    A) Qohira B) Vena C) Namangan D) bunday nusxa yo’q.
    5. Hozirgacha bizga etib kelgan ilk turkiy doston bu…
    A) “Devoni lug’atit turk” B) “Hibbatul-haqoyiq” C) “Qutadg’u bilig” D) “Devoni hikmat”.
    6. Eronliklar “Qutadg’u bilig” asarini nima deb atashgan?
    A) “Shohnoma Turkiy” B) “Podshohlar pandnomasi” C) “Mamlakat omonliklari” D) “Amirlar ziynati”
    7. “Qutadg’u bilig” dostoni qaysi vaznda yozilgan?
    A) Mutaqoribi musammani mahzuf yoki maqsur B) Mutaqoribiu musaddasi solim C) Mutaqoribi musaddasi maqsur D) Mutaqoribi musammani solim
    8. “Qutadg’u bilig” dostoni necha bobdan iborat?
    A) 74 bob B) 73 bob C) 72 bob D) 71 bob
    9. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, mustahkamlash, turli xon va beklar o’rtasida birlikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o’tkinchiligini, ma’naviyat, yashash qoidalari bilan bog’liq g’oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan asarni belgilang?
    A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Boburnoma” D) “Qobusnoma”
    10. “Qutadg’u bilig”da “Beklikka loyiq bek qanday bo’lishini aytadi” qismi asarning nechanchi qismi bo’lib kelgan?
    A) 30-bobi B) 31-bobi C) 32-bobi D) 33-bobi
    11. “Qutadg’u bilig” dostonida “Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin” degan fikrni kim aytgan?
    A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish
    12. Kim “Qutadg’u bilig” dostonnini she’riy yo’l bilan ommabop qilib o’zbekchalashtirgan?
    A) Boqijon To’xliyev B) Laziz Qayumov C) Qayum Karimov D) Rahmon
    13. Nasriy didaktik asar berilgan qatorni toping.
    A) “Kalila va Dimna” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Guliston” D) “Zarbulmasal”
    14. Nasriy-she’riy didaktik asar berilgan qatorni toping.
    A) “Qutadg’u bilig” B) “Guliston” C) “Gulshan ul-asror” D) “Maxzanul asror”
    15. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qancha?
    A) 6 ming 409 bayt B) 5 ming 733 bayt C) 6 ming 863 bayt D) 6 ming 221 bayt
    16. Kimlar “Qutadg’u bilig” dostonini “Amin ul Mamlakat” (“Mamlakat omonliklari”) deb ataganlar?
    A) Eronliklar B) Mochinliklar C) Turonliklar D) Hindlar



    Download 0.97 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari

    Download 0.97 Mb.