Oliy o`quv yurtlari uchun darslik
G’afurov K.X., Shomurodov T.R.
Oziq–ovqat sanoati jihozlarini
o`rnatish, sozlash va ta`mirlash
texnologiyasi
K I R I SH
Prezidentimiz I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” kitobida quyidagilarni yozganlar: “Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yonaltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to`g’ri va puxta ekanini isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyottimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qiladigan kuchli to`siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratadi”.
Haqiqatdan ham hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona sotsial-iqtisodiy siyosat o`z samarasini beryapti. Asosiy e`tibor ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksportbop va import o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan.
1997 yilda qabul qilingan “Ta`lim to`g’risidagi” qonyn” va “Kadrlar tayyorlash milliy” dasturiga asosan O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikada rivojlangan demokratik davlatlar talablari darajasida, kadrlarni tayyorlash imkonini beradigan ta`lim tizimi yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`rsatilganidek, fan, texnika, yuqori texnologiyalar rivoji jadallashgan hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, o`qitishning hozirgi zamon tizimlari va pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilishi lozim.
Ilm-fan texnika va texnologiyani jadal rivojlanish sharoitida ta`lim tizimiga quyidagi talablar qo`yiladi:
- individual va mustaqil ishlash, hamda ilmiy-texnikaviy axborot bilan ijodiy ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish;
- o`ziga xos va nostandart fikrlash hamda ishchanlik qobiliyatini rivojlantiriish;
- talabalarning o`qishga qobiliyati har xil bo`lgani uchun ta`limni individuallashtirish;
- bilimning harakatchanligi tandiqiy fikrlashni, ishdagi ijod va epchillikni o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga moslashuv chanligini shakllantirish.
Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda korxona ish faoliyati va u ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati texnologik va boshqa jihozlarning texnik holati bilan uzviy bog’liq. Mashina va qurilmalarning nosozligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta`sir qiladi, natijada, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, iste`mol qilish talabini pasayishiga sabab bo`ladi. Bu o`z navbatida korxonlarning iqtisodiy ko`rsatgichlarini pasaytiradi. Jihozlarni to`g’ri ishlatish, o`z vaqtida sifatli texnik ko`ruv va ta`mirlash ishlarini olib borish barcha mashina va apparatlarning to`satdan buzilmasdan va texnik sabablarga ko`ra ishlamasdan qolishini oldini oladi. Bundan tashqari, jihozning foydali va xavfsiz ishlashiga o`rnatish ishlarining barcha qoidalariga rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ayni paytda ushbu texnologik jihoz va tizimlarni mukammal ishlatish uchun zamonaviy texnika va texnologiyani chuqur biladigan, yuqori saviyali kadrlar tayyorlash ushbu korxonalarni raqobatchilikda foyda olib ishlashida asosiy omil hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish uchun Respublikamiz oliy o`quv yuratlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o`zbek tilida darslik va o`quv qo`llanmalar tayyorlash dolzarb vazifadir. Shunga asoslanib mualliflar tomonidan “Oziq–ovqat sanoati jihozlarini o`rnatish, sozlash va ta`mirlash texnologiyasi” darsligi yaratildi.
Ushbu darslikda jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashning asosiy tushunchalari, oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`llaniladigan texnologik jihozlar, qurilmalar, transportlash uskunalari va quvurlarni o`rnatish va ta`mirlash ishlarining qoidalari va tartibi, nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Har bir mavzu bo’yicha asosiy tayanch uboralar va tushunchalar, takrorlash va munozara uchun savollar, o`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar keltirilgan. Har bir bob yakunida uning rezyumesi, shu bob mavzulari bo’yicha amaliy mashg’lotlar va talabalar o’zlashtirishini nazorat etish uchun test savollari berilgan. Darslikda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati va texnik atamalarning izohli lug’ati keltirilgan.
Ushbu darslik oliy o`quv yurtlarining «Oziq–ovqat sanoati mashina va agregatlari» va “Texnologik mashinalar va jihozlar” yonalishlariida hamda shunga turdosh yo`nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan soha bo`yicha o`qituvchilar, magistrlar va bevosita ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
I-bob. JIHOZLARNI O`RNATISH VA SOZLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH VA TEXNOLOGIYASI
§ 1.1. TEXNOLOGIK JIHOZLARNI O`RNATISH ISHLARINI
TASHKIL ETISH
O’rnatish yoki montaj ishlari (montaj so’zi frantsuzcha "montage" so’zidan olingan bo’lib, "ko’tarish, yig’ish, o’rnatish" ma`nosini anglatadi) korxona yoki tashkilot asosiy fondlarini yaratish jarayonlari ketma-ketligida jihozlarni yasash, tayyorlashdan keyingi bosqichda turadi.
Texnologik mashina va jihozlarni o’rnatish ishlari yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishda, faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishda va texnologik jihozlarni kapital ta`mirlashda amalga oshiriladi.
Yangi sanoat korxonalarini qurish va ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilishda bajariladigan montaj ishlarida texnologik jihoz loyihada ko`rsatilgandek vaziyatda texnik talablar bo’yicha o`rnatiladi; u nazorat va avtomatika vositalari, shuningdek xom-ashyo, suv, bug’, siqilgan havo, elektr energiya va boshqa bilan ta`minlaydigan hamda mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash uchun kommunikatsiyaga ulanadi, ya’ni texnologik jihoz undan ishlab charishda foydalanish darajasigacha keltiriladi.
Texnologik jihozlarni o’rnatish ishlari maxsus tayyorlanadigan o’rnatish ishlarini tashkil etish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladi.
Bu loyihada quyidagi texnik yechim va masalalar ko’rsatilishi kerak:
-
umumiy montaj ishlarini bajarish rejasi, shu jumladan asosiy ob`ekt va jihozlarni o’rnatish rejasi, alohida holda;
-
o’rnatish ishlari maydonchasining ust ko’rinish chizmasi;
-
o’rnatish ishlari uslublari, usullari va ularni mexanizatsiyalash; texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tadbirlari;
-
ayrim texnologik jihoz, gururlarini o’rnatish texnologik sxemalarini ustdan ko’rinishi va qirqim chizmasi;
-
ko’tarish-transportlash mashinalariga, qurilmalariga, mexanizmlariga, tayanch moslamalariga va asboblarga bo’lgan ehtiyoj;
-
ishchi va mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj;
-
o’rnatish, qurilish va maxsus-montaj ishlarini birlashtirish va bir vaqtda olib borish sxemalari;
-
o’rnatish ishlarini bajarish smetalari.
O’rnatish ishlari uslublari. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning 3 ta tashkiliy-xo’jalik uslublari mavjud. Bular - pudrat, xo’jalik va pudrat-xo’jalik yoki aralash uslublari.
Pudrat uslubi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning eng mukammal uslubi hisoblanadi. Bu uslubda qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilot - Pudratchi qurilayotgan yoki rekonstruktsiyalanayotgan ob`ektni Buyurtmachiga ishlatishga tayyor holida topshirishi kerak. Buyurtmachi va Pudratchi o’rtasida bosh pudrat shartnomasi tuziladi. Bu pudrat shartnomasida barcha qurilish-montaj ishlarining bajarilish muddati, bu ishlarning ijrochisi, narxi va tayyor ob`ektni Buyurtmachiga topshirish muddati va shart-sharoitlari ko’rsatilgan bo’ladi. Agar qurilish-montaæ ishlari 2 va undan ortiq yil muddatni egallasa, unda Bosh pudratchi va Buyurtmachi 1 yillik shartnoma tuzib, bu shartnomada mazkur yilda bajariladigan ishlar turkumi, bajarilish muddati va h.k. ko’rsatiladi. Ba`zi bir maxsus montaj ishlarini bajarish uchun bosh pudratchi maxsus montaj korxonalarini ushbu qurilishga shartnomalar asosida jalb qilishi mumkin. Bu shartnoma subpudrat shartnomasi deb ataladi, jalb qilinadigan maxsus montaj korxonalari esa subpudratchilar deyiladi. Bu korxonalar maxsus montaj ishlarini bajaradilar (masalan, sovuchgich jihozlarini o’rnatish).
Xo’jalik uslubida barcha qurilish-montaj ishlarini korxona o’z kuchi bilan, ya`ni o’ziga qarashli bo’lgan qurilish-ta`mirlash yoki mexanika-ta`mirlash bo’linmalari yordamida bajaradi. Bunday uslub, odatda qurilish-montaj ishlari hajmi uncha katta bo’lmaganda, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qo’llaniladi (asosan korxona texnik jihatdan qayta jihozlanishda yoki kengaytirishda). Bunda barcha qurilish-montaj materiallari va texnikasi korxona tomonidan ta`minlanadi.
Korxona texnik jihatdan qayta jihozlanayotganda yoki kengayyotganda qurilish ishlarini korxona xo’jalik uslubida bajarib, texnologik va boshqa jihozlarni o’rnatish va sozlash ishlarini korxona direktsiyasi boshqa maxsus montaj korxonalari bilan tog’ridan-tog’ri shartnoma tuzib, ularni jalb qilishi mumkin. Bunday ishni tashkil qilishga qurilish-montaj ishlarining aralash uslubi deyiladi. Bu uslubning yana bir turi shefmontaj hisoblanadi. Shefmontaj bu - korxana o’z kuchi bilan o’rnatilayotgan texnologik jihozning o’rnatish, sozlash va ishga tushirish texnik shart va talablarini bajarishini boshqa korxona mutaxassislalari tomonidan kuzatib, yo’l-yo’riq ko’rsatib borish jarayonidir. Shefmontaj asosan texnologik jihozning zavod-tayyorlovchi mutaxassislari yoki uning mahalliy vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Murakkab montaj ishlarini bajarilishini maxsuslashtirish, ya`ni ba`zi texnologik jihozlar yoki ob`ektlarni o’rnatish va sozlash ishlarini (masalan, murakkab yoki katta hajmga va vaznga ega bo’lgan jihozlarni va ular bilan birikkan quvurlarni, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish va kuzatish sistemalarini o’rnatish, elektromontaj ishlarini bajarish va h.k.) shu sohaga mutaxassislashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi bu ishlarning sifatini, ish unumdorligini va ishlarni mexanizatsiyalash darajasini oshirishiga olib keladi. Chunki bu korxona mutaxassislari shu soha bo’yicha katta tajribaga, yuqori malakaga va maxsus texnikaga ega.
O’rnatish ishlari usullari. Texnologik jihozlar, konstruktsiyalar va quvurlarni o’rnatish qurilish-montaj ishlari bajarilish ketma-ketligiga qarab oqim-aralash va ketma-ket usullariga, mexanik-montaj ishlarini tashkil qilishiga qarab yirik blokli, oqim-agregat yoki oqim-tugunli va tiqinsiz(podkladkasiz) usullariga ajratiladi.
Oqim-aralash usuli o’rnatish usullari ichida eng progressiv va tejamkor hisoblanadi va muhandislik va iqtisodiy tayyorgarlikni puxta olib borilishini talab qiladi. Bunda barcha ishlar qurilish-montaj olib boradigan tashkilot, texnologik jihozlarni va materiallarni etkazib beruvchi tashkilot va buyurtmachi o’rtasida kelishilgan va shu ob`ekt uchun tuzilgan qurilish-montaj ishlarini olib borish grafigiga qattiq rioya qilgan holda olib boriladi.
Montaj ishlari quyidagicha olib boriladi: birinchi binoning asosiy kolonnalari o’rnatiladi va texnologik jihozlarni o’rnatish uchun poydevor, temirbeton yoki temir maydonchalar o’rni belgilanadi va ular quriladi; keyin texnologik jihozlar, metall konstruktsiya va sex ichidagi quvur qismlari loyiha holatiga ketarilib o’rnatiladi, undan keyin esa bino devorlari va qavatlarni ajratuvchi beton plitalar o’rnatiladi.
Bu usul bilan asosan katta hajm va vaznga ega bo’lgan texnologik jihozlar o’rnatiladi (masalan, un saqlanadigan siloslar, idish yuvuvchi mashinalar, bug’latgich apparatlari, pechlar va boshqalar).
Oqim-aralash usulining samaradorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
-
texnologik jihoz, metallkonstruktsiya va quvurlarni loyihaga ko’rsatilgan o’rnatish joyida emas, balki yig’ish uchun mo’ljallangan maxsus maydonchalarda yig’ish va birlashtirish ishlari amalga oshiriladi (yig’ish maydonchalarida maxsus takelaj qurilmalari va boshqa yig’ish va birlashtirish mexanizmlari bor, bu yig’ish ishlarini mexanizatsiyalash darajasini ko’taradi);
-
yuk ko’taruvchi kran va mexanizmlardan yuqori darajada foydalanish (bu usulda katta hajm va vaznga ega bo’lgan jihozlarni loyiha joyiga o’rnatishda og’ir yuk ko’tarish quvvatiga ega kranlarni ishlatish imkoniyati bor, chunki binoning devorlari va qavatlar o’rtasidagi beton pltitalar hali o’rnatilmagan);
-
sex ichida maxsus ko’tarish va takelaj moslamalarni qurish hojati yoqligi;
-
montaj ishchilari ish unumdorligining oshishi va mexanik-montaj ishlari tannarxining kamayishi;
-
ob`ekt qurilish-montaj ishlari muddatining kamayishi.
Bu usulning yagona kamchiligi - bu o’rnatilgan jihozlarni umumiy qurilish va pardozlash ishlari vaqtida himoyalash uchun qo’shimcha xarajatlar (jihozlarni ustini yopib, izolyatsiyalash, metall qismlarini korroziyadan himoyalash va h.k.).
Ketma-ket usuli. Bu usul texnik sharoitlarga ko’ra faqat qurib bitkazilgan binolarda o’rnatilishi kerak bo’lgan jihozlar uchun yoki o’rnatish ishlari hajmi kam bo’lgan holatlarda (masalan, tsex ichni qayta jihozlashda) ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu usul barcha qurilish ishlari tugatilgandan keyin jihozlarni o’rnatishni ko’zda tutadi. Bu usulda ko’pincha kompressor va nasos stantsiyalari jihozlari, metall kesuvchi stanoklar o’rnatiladi.
Yirik blokli usul. Bu usul bilan zavod-tayyorlovchidan transportlash uchun qulay komplekt bloklar shaklida o’rnatishga keladigan jihozlar uchun ishlatiladi. Bu usulda birinchi navbatda "nolinchi belgida", ya`ni o’rnatish maydonchasida jihozni ayrim bloklardan yirik blokka yig’adilar, barcha chilangarlik va payvandlash ishlarini bajaradilar va undan keyin jihozni loyiha holatiga o’rnatadilar. Bu usul yig’ish-payvandlash ishlarini yuqorida emas (masalan, loyiha bo’yicha jihoz poldan ancha balandda yoki devorga osilib qo’yiladigan bo’lsa), balki yig’ish uchun qulay bo’lgan joyda o’tkazishga imkon beradi va shu bilan o’rnatish ishlari samaradorligini oshirishga olib keladi.
Oqim-agregat yoki oqim-tugunli usul. Bu usul bilan zavod-tayyorlovchidan zavod tayyorgarligi juda past bo’lgan jihozlar, ya`ni jihoz zavod-tayyorlovchidan ishlab chiqarish korxonasiga detal va tugunlar holida keladigan jihozlar o’rnatiladi. Masalan, noriya, osilib turuvchi konveyer yo’llar va boshqalar. Bunda jihozni agregat yig’ish va o’rnatish ishlari bir vaqtda, uzluksiz va bir maromda olib boriladi.
Tiqinsiz (podkladkasiz) o’rnatish usuli. Bu usul bilan texnologik jihozlarni o’rnatishda ularning gorizontallik va vertikallik holatini rostlash uchun temin tiqinlar bilan emas, balki mashina asosiga o’rnatilgan maxsus rostlovchi qurilmalar yoki rezbali vint-oyoqlar yordamida amalga oshiriladi. Polda fundament boltlarisiz o’rnatiladigan jihozlarning zamonaviy modellari zavod-tayyorlovchidan vint-oyoqlar o’rnatilgan holda chiqarilyapti, bu, albatta, o’rnatish vaqtini kamayishiga va jihozning gorizontallik va vertikallik holatini juda aniq rostlashga imkon yaratadi.
Texnologik mashina va jihozlarni o`rnatish ishlarini rejalash. O`rnatish ishlarini amalga oshirish uchun uni tog`ri rejalab bilish kerak. Rejalash hamma ishlarni turiga qarab bo`linadi hamda uni bajarish ketma-ketligi, hajmi va bajarish vaqtini aniqlab olinadi.
Qurilish-montaj ishlarini rejalashda asosan kalendar va to`rli rejalash usullari qo`llaniladi.
Yangi qurilayotgan korxonalarda qurilish-montaj ishlarining kalendar grafigi tuziladi. U davom etish vaqtiga qarab 4 ga bo`linadi: yig’ma umumqurilish, kvartal, oylik va hafta-kunlik grafiklar.
Yig’ma umumqurilish grafigida boshlanf’ich ishlardan tortib, to ob`ektni ishga tushirishgacha bo`lgан hamma ishlar, ularning hajmi, bajarish vaqtining normasi, mehnat of’irligi, brigadalar tarkibi, ishni bajarish ketma-ketligi ko`rsatiladi.
Kvartal va oylik grafigi qurilish montaj korxonalari uchun tuziladi va unda 1 kvartal va 1 oyda bajariladigan ishlar ko`rsatiladi.
Hafta-kunlik o`rnatish ishlarining reja-grafiklari kompleks brigadalar uchun o`rnatish ishlarini operativ rejalash va kuzatib tekshirish maqsadida tuziladi. Faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarda bu grafikni bosh mexanik tuzadi va bosh muhandis tasdiqlaydi. Kerak bo`lganda haftalik ish hajmi sutkalarga bo`linadi. O`rnatish ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi 1.1.1-jadvalda keltirilgan.
To’rli rejalash sistemasi asosan qurilish ishlarida ko’proq qo’llaniladi. Uning asosiy qismini aylanacha va ko’rsatgichlar yordamida tuziladigan to’rli grafik tashkil qiladi.
Aylanacha bilan bajariladigan ish belgilanadi. Aylanacha 4 ta sektorga bo’linadi: yuqorigi sektorda bajariladigan ish raqami ko’rsatiladi: 01, 02, 03 va h.k. (1.1.1-rasm); chapdagi sektorda 01-02 ishning minimal bajarish muddati (masalan, 4 kun); o’ngdagi sektorda 01-02 ishning maksimal bajarish muddati (masalan, 6 kun) ko’rsatiladi; pastgi sektorda ish minimal muddatda bajarilgan taqdirda zahirada qoladigan kun soni ko’rsatiladi: 6-4=2 kun.
1.1.1-jadval. Montaj ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi
"Tasdiqlayman"
Bosh muhandis
_________________________
Montaj ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi
"____" ____________ 20_ yildan "____" ____________ 20_ yilgacha
Tar. №
|
Ob`ekt nomi
|
Ishlar nomi
|
O’lchov birligi
|
Soni
|
Ishchilarga 1 xaftalik bo’lgan ehtiyoj, kishi
|
Ish og’irligi, kishi, soat
|
Bajaruvchi korxona
|
1
|
Korserva zavodining bosh korpusi
|
2 t/sut ish unumdorligi-ga ega bo’l- gan vakuum-bug’latgich qurilmasini montaj qilish
|
Dona
|
1
|
16
|
|
Qurilish-montaj korxonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh mexanik ______________
1.1.1.-rasm. Qurilish-montaj ishlarining to’rli grafigidan fragment
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1. O’rnatish yoki montaj;
2. Zavod-tayyorlovchi;
3. Buyurtmachi;
4. Pudratchi;
|
5. Subpudratchi;
6. O’rnatish uslublari;
7. O’rnatish usullari;
8. Kalendar va to’rli rejalash.
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*Montaj so’zi frantsuzcha "montage" so’zidan olingan bo’lib, "ko’tarish, yig’ish, o’rnatish" ma`nosini anglatadi
* Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning 3 ta tashkiliy-xo’jalik uslublari mavjud. Bular - pudrat, xo’jalik va pudrat-xo’jalik yoki aralash uslublari.
*Texnologik jihozlar, konstruktsiyalar va quvurlarni o’rnatish va qurilish-montaj ishlari bajarilish ketma-ketligiga qarab oqim-aralash va ketma-ket usullariga, mexanik-montaj ishlarini tashkil qilishiga qarab yirik blokli, oqim-agregat yoki oqim-tugunli va tiqinsiz(podkladkasiz) usullariga ajratiladi.
*Qurilish-montaj ishlarini rejalashda asosan kalendar va to`rli rejalash usullari qo`llaniladi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
-
O’rnatish (montag) ishlariga tushuncha bering.
-
O’rnatish ishlari bajarish uslublariga nimalar kiradi?
-
“Shefmohtaj” uslubi haqida aytib bering.
-
O’rnatish ishlarini bajarish usullarini aytib bering.
-
Oqim-aralash montaj usulining afzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
-
Qaysi o`rnatish usulida qurilish va o`rnatish ishlari birga olib boriladi?
-
Qaysi o`rnatish usulida yig’ish va o`rnatish ishlari birga olib boriladi?
-
Qaysi montaj usuli bilan zavod tayyorgarligi juda past bo`lgan jihozlar montaj qilinadi?
-
Qaysi montaj usuli bilan asosan katta hajm va vaznga ega bo`lgan jihozlar montaj qilinadi?
-
O’rnaish ishlarinni kalendar va to’rli rejalash.
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
§ 2. JIHOZLARNI O`RNATISH VA TAMIRLASH ISHLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASI
1.2.1.Asosiy ko`tarish-transportlash mashina va mexanizmlari
O`rnatish, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash ishlarining samaradorligi va sifati shu ishni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, moslamalar, asboblar va materiallarga bog`liq bo`ladi.
Ko`tarish-transportlash mashina va mexanizmlari. Jihozlarni tashish va ko`tarish uchun quyidagi mashina va mexanizmlar ishlatiladi: o`zi yurar strelali kranlar (avtomobil, zanjirli, pnevmog`altakli), to’rt oyoqli (козловой), ko`prikli (мостовой) va minorali (башенный) kranlar, yuklagichlar (погрузчик), traktor va tyagachlar, elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich (домкрат), kran-telejka va boshqalar.
AK, СMK, MKA va KС rusumidagi avtomobil kranlari 6,3-16 t yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lib, strelasining chiqib turishi (strelaning gorizontal proektsiyasi) o`zgartirilganda yuk ko`tarish qobiliyati va ko`tarish balandligi ham o`zgaradi. hamma avtomobil kranlari almashtiriladigan strelalar bilan ta`minlangan.
Yuklagichlar (avto yoki elektryuklagichlar) qurilayotgan yoki ishlayotgan tsex ichida ishlatilishi mumkin. Bunda birinchi holatda avtoyuklagich, ikkinchi holatda elektryuklagichlar ishlatiladi. Ularning yuk ko`tarish qobiliyati 0,5 - 5 tonnani tashkil qiladi.
СКГ, MГK va Э rusumidagi zanjirli kranlar asosan juda og`ir jihozlarni ko`tarishda yoki bir maydonchada juda ko`p hajm ko`tarish ishlarida ishlatiladi. Maksimal yuk ko`tarish qobiliyati 160 t, ko`tarish balandligi (kryuk bo`yicha) 50 metrgacha bo`ladi.
1,5 - 50 t yukni ko`taradigan va ko`tarish balandligi 45 m gacha bo`lgan minorali kranlar qurilish konstruktsiyalarini, materiallarni, texnologik jihozlarni qurilayotgan korxonalarda o`rnatish uchun ва nostandart jihoz hamda quvurlarni montaj maydonchalarida yig`ishda ishlatiladi. Bu kranlar ikki rels ustida to`rt tayanchli telejkada harakatlanadi.
50 t gacha yuk ko`taruvchi, ko`tarish balandligi (kryuk bo`yicha) 24 metrgacha bo`lgan tirgakli kranlar ham minorali kranlar ishini bajaradi. Bu kran tayanchlari relslarda o`rnatilgan etaklanuvchi telejkalarga tayanadi.
Ko’prikli kranlar sex ichida jihoz va konstruktsiyalarni ko’tarish va ko’chrish uchun xizmat qiladi. Ular bir balkali (eni 4,5 – 16,5 m; yuk ko’tarishi 3,2-8 t) va ikki balkali (eni 7,5 – 16,5 m; yuk ko’tarishi 12,5 va 20 t) bo’ladi.
Traktorlar og`ir vaznga ega bo`lgan jihozlarni qurilish maydonchasida va ishlab chiqarish binolarining 1 qavatida chang`i va boshqalar yordamida tortib tashish uchun xizmat qiladi. Traktorlarning ko`p tarqalgan rusumlari: С-80, С-100, T-300 va K-700. Ularning maksimal tortish kuchlari (kN da) 88, 90, 90, 60.
Elektrotelferlar (1.2.1-rasm) yuklarni vertikal ko`tarib, gorizontal tashishga mo`ljallangan. Ular ikkitavrli balkalardan tuzilgan osilib turuvchi yo`llar bo`yicha harakatlanadi. Telferlarinig yuk ko`tarish qobiliyati 0,5 dan 5 t gacha bo`lib, maksimal ko`tarish balandligi 12 metrni tashkil qiladi.
Kran-telejkalar (1.2.2-rasm) jihoz va montaj qismlarni tsex ichida gorizontal va vertikal tashishdа ishlatiladi. Ko`tarish qobiliyati - 1 t, yuk ko`tarish balandligi - 2,2 metrga teng bo`lib, dastdasidagi kuchlanish - 250 N ni tashkil qiladi.
1.2.1 - rasm. a- telfer; b -dastaki tal;
1-ilgak; 2- tross; 3-baraban; 4-podshipnik tsapfasi joyi; 5-trolley;
6-rolik; 7- yuritma joyi; 8-egiluvchan kabel; 9-boshqaruv pulti; 10-monorels.
1.2.2-rasm. Kran-telejka.
1-rom; 2-lebyodka;
3- strela;
4- ko’tarish ilgagi.
1.2.3- rasm. Devorga suyanovchi ko’targich.
1- tayanch; 2, 6 - bloklar; 3-konsol; 4- rom; 5-lebyodka; 7- kanat (arqon).
Devorga suyanuvchi ko`targichlar (1.2.3-rasm) yordamida sovituvchi batareya va devor bo`ylab joylashgan quvurlar o`rnatiladi.
Mashinali yoki dastaki tayanchli montaj lebyodkalari (1.2.4-rasm) yuklarni vertikal ko`tarish, gorizontal va qiya tekislik bo`yicha tashishda ishlatiladi. Mashina yuritmali (elektrik) reversiv lebyodkalar yuk ko`tarishi 0,5 dan 5 t gacha, kanat sig`imi 80 metrdan dan 150 metrgacha bo`ladi (1.2.4- rasm, a).
Tayanchli lebyodka (1.2.4-rasm, b) korpus 14 ichiga o`rnatilgan tortuvchi mexanizmdan, oldinga harakatlantiruvchi richag 13, orqaga harakatlantiruvchi dasta va oxirida ilgak 16 bog`langan ishchi kanatdan 17 iborat. Richagni qo`l bilan harakatlantirib tortuvchi mexanizm ishlatiladi va qisqichlar yordamida kanat uzatiladi. Bularning yuk ko`tarish qobiliyati 0,75; 1,5 va 3 tonnagacha bo`ladi.
Ko`targichlar jihozlar va konstruktsiyalarni o`rnatishda ularning gorizontallik va vertikallik holatini rostlash uchun qisqa masofaga ko`tarishda ishlatiladi. Ko`targichlar (1.2.5- rasm) konstruktsiyasi bo`yicha vintli (yuk ko`tarish qobiliyati 3 dan 7 t gacha), reykali (yuk ko`tarish qobiliyati 3 dan 20 t gacha) va gidravlik (yuk ko`tarish qobiliyati 10 dan 200 t gacha) ko`targichlarga bo`linadi.
1.2.4- rasm. Montaj lebyodkalari.
a - elektrik; b - dastaki richagli;
1- podshipnik korpusi; 2-baraban; 3-shesternya; 4-g`ilof; 5- rubilnik; 6- elektrodvigatel; 7-val; 8- tormoz; 9- reduktor; 10- rama; 11- tayanch; 12- lebyodkani tayanchga osib qo`yadigan ilgak; 13 va 15- richaglar; 14- korpus; 16- yuk ko`taruvchi ilgak; 17- arqon (kanat).
1.2.5- rasm. Ko`targichlar (domkratlar).
a-vintli; b-reykali; c - gidravlik.
1- korpus; 2- tutqich; 3- treshotka; 4- gayka; 5,8 - kallaklar; 6- vint; 7- reyka; 9- panja; 10- plunjer; 11- dastak; 12- monometr; 13 - bak; 14- shlang; 15- nasos; 16- silindr.
1.2.2.Jihozlarni o`rnatish va ta’mirlash uchun moslamalar, materiallar va asboblar
Takelaj (montaj) moslamalariga montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, qamrash moslamalari (захват) va kanatlar kiradi.
Montaj machtalari joy tangligi uchun kran ishlatish imkoniyati bo`lmaganda yuk ko`tarishda ishlatiladi. Montaj machtalari Ø 159 x 6 - 426 x 12 mm o`lchamli trubalardan iborat konstruktsiya bo`lib, balandligi 8 - 25 m, yuk ko`tarishi 3-20 t bo`ladi.
Montaj bloklari (1.2.6-rasm, a) yukni vertikal ko`tarish va kanatlar harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. Bloklar bir va ko`p rolikli bo`ladi. Bir rolikli bloklar uncha og`ir bo`lmagan yuklarni ko`tarish va kanat harakatini o`zgartirish uchun ishlatiladi. Ko`p rolikli bloklar og`ir yuklarni ko`tarishga mo`ljallagan polispastning asosiy qismi bo`lib xizmat qiladi. Blok roligi diametri kanat diametrining 16-20 barobarini tashkil qilishi kerak.
Polispast (1.2.6-rasm, b) yuk ko`tarish moslamasining yuk ko`tarish quvvati ko`tarilishi kerak bo`lgan yuk og`irligidan kichik bo`lsa, ko`tarish kuchidan yutish uchun ishlatiladi. Polispast (2.6-rasm) kamida ikkita birinchisi osilib turuvchi yuk uchun ilgak ulangan blokdan va tayanchga osish uchun halqasi bor qo`zmalmas blokdan iborat. Roliklardan o`tkazilgan kanat polispastning ishchi arqonlari deyiladi. Lebyodkaga ketadigan polispast kanati o`raluvchi arqon deyiladi.
1.2.6- rasm. Blok va polispast yordamida yuk ko`tarish sxemasi
a - blok yordamida; b- ikki karrali polispast yordamida;
(Q - ko`tarayotgan yuk og`irligi)
Stroplar (1.2.7-rasm) yukni ushlovchi moslama bo`lib, ular yuk ko`taruvchi mashina va mexanizmlaring ilgaklariga yukni osish uchun xizmat qiladi. Juda ko`p jihozlar korpusida ko`tarish mashinasining ilgagini ulash uchun maxsus joylar (skoba, proushina, ilgak) bor. Ulash joyi bo`lmagan jihozlarni ko`tarishda jihozlarga stroplar bog`lab ko`tariladi.
1.2.7- rasm. Kanatli yuk ko`taruvchi stroplar
a- universal to`qimali 1 - bajarish turi; (L - stropning umumiy uzunligi; l - xalqa uzunligi; l1 - sim o`ralgan qism uzunligi; dk - kanat diametri) b- shuning o`zi 2- bajarish turi; c - ikki tarmoqli o`zakli xalqali; d- ikki tarmoqli ko`taruvchi skobali; e- to`rt tarmoqli ko`taruvchi skobali.
Strop po`lat kanat yoki zanjirdan iborat bo`lib, xalqa yoki tugun shaklida bo`ladi. Stroplarning quyidagi turlari bor (1.2.7-rasm): УКС1, УКС2 1 va 2 bajarish universal turi; 1СК, 2СК, 3СK, 4СK - bir, ikki, uch va to`rt tarmoqli strop. Chizmalarda strop quyidagicha belgilanadi: УКС-0,32-1/5000 ГОСТ 19144-93, ya`ni 0,32 t ko`tarish quvvatiga ega bo`lgan, uzunligi 500 mm va 1 universal bajarish turidagi strop. Agar qiya chiziqcha oldidan 2 raqami bo`lsa, bu strop bajarish turi 2 ekanligini anglatadi.
Montaj kranlari ko`tarish quvvati 10 dan 16 t gacha bo`lgan uchiga ilgak ulangan, bir-biriga skoba yordamiga biriktirilgan 4 tarmoqli stroplar bilan ta`minlangan (1.2.7- rasm, d).
Har bir tarmoqning yuk ko`tarish qobiliyati kranning maksimal yuk ko`tarishi bilan barobar bo`lishi kerak. Stroplarni yasashda uzilishga qarshiligi 180 kg∙k/mm2 bo`lgan kanatlar ishlatiladi.
Traverslar (1.2.8-rasm) katta gabaritga ega bo`lgan va uzun o`lchamli jihozlarni ko`tarishda jihozning ko`p joylaridan ko`tarish kerak bo`lganda ishlatiladi.
Jihozlarni qamrash moslamalari 1.2.9 -rasmda ko`rsatilgan.
Po`lat kanatlar takelaj ishlari bajarishda ishlatiladi. Kanat bir-biriga o`ralgan po`lat simlardan iborat. Po`lat kanatlarning uzilishga qarshiligi 1568 MPa (160 kg·k/mm2) dan ortiq bo`ladi. O`rnatilgan lebyodkalarda, polispastlarda, stroplarda, ko`tarish kranlari yuk ko`targichlarida asosan uzilishga qarshiligi 1764 MPa (180 kg·k/mm2) ikki marta o`ramga ega bo`lgan, simlarning o`ram bo`yichà bir-biriga chiziq bo`ylab yondashgan kanatlar ishlatiladi.
1.2.8-rasm. Yirik o`lchamli jihoz va konstruktsiyalarni ko`tarish traverslari
a -yuk ko`taruvchanligi 10-150 t; b- yuk ko`taruvchanligi 10 t;
c- yuk ko`taruvchanligi 10-40 t; d - yuk ko`taruvchanligi 100 t.
1.2.9-rasm. Jihozlar, metall konstruktsiyalar va metall prokatlarni qamrash moslamalari
a- avtomatik strop qulfli; b- yarim avtomatik strop qulfli; c,e- universal ushlagichlar; d- shveller ko`tarishda ishlatiladigan o`zi yopiladigan ushlagich.
1-skoba; 2-prujina uyasi; 3-shnur; 4-shtift; 5- ilgak; 6- o`q
O`rnatish va ta`mirlash ishlarida qo`llaniladigan materiallar. Texnologik jihozlarni o`rnatishda, metallkonstruktsiyalar yasashda, yeyilgan detallar o`rniga yangi detal yasashda po`lat, rangli metallar va qorishmalar ishlatiladi.
Po`lat kimyoviy tarkibi bo`yicha uglerodli va legirlangan po`latga bo`linadi.
Ishlatilishiga qarab po`lat ГОСT 380-91* bo`yicha quyidagi guruhlarga bo`linadi:
A- mexanik xususiyatlariga qarab tanlanadigan;
Б- kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadigan;
В- mexanik xususiyatlariga va kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadigan.
Uglerodli po`lat oddiy sifatli va sifatli bo`ladi.
Oddiy sifatli po`lat quyidagi rusumda tayyorlanadi:
A guruhi - Ст0, Ст1, Ст2, Ст4, Ст5, Ст6;
Б guruhi - БСт0, БСт1, БСт2, БСт4, БСт5, БСт6;
В guruhi - ВСт0, ВСт1, ВСт2, ВСт4, ВСт5.
Po`lat konstruktsiyalarni yasashda ГОСТ 380-93 bo`yicha В guruhli ВСт5 po`latidan tayyorlangan prokat ishlatiladi.
Asosiy po`lat prokat turlari 1.2.10 -rasmda keltirilgan.
Bu po`lat prokatlar quyidagilarga bo`linadi:
-
katta o`lchamli po`lat - diametri 30 mm dan iborat aylana po`lat; tomoni 30 mm dan katta bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 56 mm dan katta yassi po`lat; profili № 3 dan № 25 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 7,5/5 dan 26/16 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat; barcha shakldagi maxsus profilli po`lat (kichik va o`rta o`lchamdagilar bundan mustasno);
-
o`rta o`lchamli po`lat - diametri 20 mm dan 30 mm gacha bo`lgan aylana po`lat; tomoni 20 mm dan 30 mm gacha bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 50-56 mm bo`lgan yassi po`lat; profili 3,6; 4 va 4,5 bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 4,5/2; 6,3/4; 4,5/2,8; 5/3,2; 5,6/3,6 va 6,3/4 bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat;
-
kichik o`lchamli po`lat - diametri 10 mm dan 19 mm gacha bo`lgan aylana po`lat; tomoni 10 mm dan 19 mm gacha bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 12 dan 45 mm gacha bo`lgan yassi po`lat; profili 3,2 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 4/2,5 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat, boshqa shakldagi profilli po`lat;
-
tunuka po`lat - qalinligi 4 mm gacha bo`lgan yupqa tunuka po`lat va qalinligi 4 mm dan katta bo`lgan qalin tunuka po`lat;
-
10, 15, 20, 35, 40, 45, 50 markali sifatli uglerodli po`lat (ГОСТ 1050-74*) truba yoki doira va oltiburchak qirqim shaklida tayyorlanadi;
-
09ГС, 09Г2С va 14Г2 markali prokat qalinligi 4-60 mm bo`lgan legirlangan po`lat (ГОСТ 19281-73*) metall konstruktsiyalar va nostandart jihozlar yasashda ishlatiladi.
1.2.10- rasm. Prokat profillari
1- kvadrat; 2- dumaloq; 3- polosa; 4- burchakli; 5- qo`shtavrli;
6- shveller; 7- temir yo`l relsi.
Oziq-ovqat sanoatlarida qo`llaniladigan texnologik quvurlarni yig`ishda zanglamaydigan po`latdan (korroziyaga chidamli po`lat ГОСТ 9940-81 va ГОСТ 9941-81), rangli metallardan va qorishmalardan tayyorlangan (alyuminiy va uning qorishmalari ГОСT 18475-82, mis ГОСT 617-72) trubalardan, shisha (ГОСT 8894-77) va polimer (ГОСT 18599-83) trubalardan foydalaniladi.
Quvur detallariga qaytargich, taqsimlagich, egarcha, o`tkazgich, yopqich va flanetslar kiradi. Quvur armaturalariga jo`mrak (ventil), zadvijka, klapan, bosim rostlagich va kondensat haydovchilar kiradi. Ular uglerodli, legirlangan, zanglamaydigan po`latdan, cho`yan, latun, bronza va plastmassalardan yasaladi.
Ularning tuzilishi va turlari 1.2.11, 1.2.12, 1.2.13. -rasmlarda ko`rsatilgan.
1.2.11- rasm. Uglerodli po`latdan tayyorlangan truba detallari
a - bukilgan qaytargichlar (otvod); b- taqsimlagich; c- egarcha (sedlovina); d - o`tkazgichlar (perexod); e- ellipsli yopchiq.
1.2.12- rasm. Quvur armaturasi va birikish detallari
a- oraliq jo`mrak; b- uch yo`lli jo`mrak; c- gayka; d- birlashtiruvchi nippel; e- birlashtiruvchi shtutser; f- zichlagich xalqa.
1.2.13- rasm. Texnologik quvurlar flanetslari turlari
a,b - birlashtiradigan yuzasi chiqib turadigan; c,d - birlashtiradigan yuzasi ichkariga qavariqli; e - birlashtiradigan yuzasi ariqchali; f - linzali tiqinga moslashtirilgan; j - oval kesimli tiqinga moslashtirilgan.
Yordamchi materiallar. Jihozlarni o`rnatish, ishga tushirish va ta`mirlashda quyidagi yordamchi materiallar ishlatiladi: bolt, gayka va shayba, prokladka va uriladigan sal'nik materiallar, moylaydigan, tozalaydigan va abraziv materiallar.
Zichlagich (tiqin) materiallar (1.2.1-jadval) quvurlar flanetslari, rezbamuftali birlashmalari, truba armaturasi va apparaturasi orasiga qo`yilib, ularning birikish yuzalarini zichlash uchun xizmat qiladi.
1.2.1- jadval. Tiqinli materiallar texnik xarakteristikasi
Tiqin materiali
|
Chegaraviy parametrlar
|
List o`lchami, mm
|
Bosim, MPa
|
Harorat, 0C
|
Rezina plastina (issiqqa, sovuqqa, kislota va ishqorga chidamli) ТМКШ
|
1
|
- 60 dan +90 gacha
|
150 х 800
|
Rezina plastina (moy-benzinga chidamli) ПМБ va ОМБ
|
1
|
- 40 dan +80 gacha
|
Qalinligi 10 gacha
|
Rezina plastina oziq-ovqat mahsulotlari uchun
|
1
|
- 30 dan +80 gacha
|
Qalinligi 60 gacha
|
Paronit (umumiy qo`llaniladigan) ПОН
|
6,4
|
- 182 dan +450 gacha
|
300 х 400 – 1200 х 1700, qalinligi 0,4 – 6
|
Paronit (moy-benzinga chidamli) ПМБ
|
10
|
- 182 dan +300 gacha
|
500 х 500, qalinligi 0,3 – 3
|
Shimdirilgan tiqin karton
|
1,6
|
120
|
Qalinligi 0,3 – 1,5
|
Asbestli karton
|
1
|
500
|
900 х 900 – 1000 х 1000, qalinligi 2-10
|
Asbestli qog`oz
|
|
500
|
580 х 820 – 820 х 1160
|
Qog`ozli fibra
|
15
|
30
|
Qalinligi 0,5 - 5
|
Quvur armaturasi val va shtoklarini, nasos valini zichlash uchun val va korpus orasiga salniklar uriladi. Ularning turlari, o`lchamlari 1.2.2 - jadvalda keltirilgan.
1.2.2- jadval. Salnikli zichlagichlarning texnik xarakteristikasi
Zichlagich markasi
|
Chegaraviy parametrlar
|
O`lcham, mm (kvadrat tomoni yoki diametri)
|
Zichlanadigan muhit
|
Harorat, 0C
|
Bosim, MPa
|
ХБС, ХБП
|
100
|
20
|
4, 5, 6, 8, 10, 13, 16, 19, 22, 28
|
ХБП- inert gazlar, moylar; ХБП – qisilgan havo, moylar, oziqg`ovqat mahsulotlari
|
АПП, АП
|
200
|
20
|
3, 4, 5, 6, 8, 12, 14, 16, 18
|
To`yingan va o`ta qizdirilgan bug`, issiq suv, qisilgan havo
|
АПР, АП, АМБ
|
300
|
3
|
4, 5, 6, 8, 10, 12, 15, 16
|
Isitilgan havo, neft mahsulotlari, agressiv gaz va bug`lar
|
Moylaydigan materiallar suyuq moylarga va konsistent moylovchi moddalarga bo`linadi. Suyuq moylar - bu 200C haroratda suyuq holda bo`ladigan mineral va sintetik moylar, konsistent moylar esa - sovun, parafin va boshqa quyuqlashtiruvchi moddalar qo`shilib quyuqlashtirilgan mineral moylardir.
Suyuq moylar bilan katta tezlik bilan harakatlanuvchi detallari bo`lgan mashina va mexanizmlar, konsistent moylovchi moddalar bilan esa - katta yuklanish ostida, yuqori haroratda ishlaydigan va kichik tezlik bilan harakatlanuvchi detallari bo`lgan mashina va mexanizmlar moylanadi.
Tozalovchi materiallarga bo`zdan va chitdan tayyorlangan salfetkalar, vetosh (chip va kapron, lavsan, nitron, viskoza va boshqa sun`iy iplar aralashmali gazlama qoldiqlari), katta diametrli iplar ishlatiladi.
Abraziv materiallar detallar ustini ishqalab silliqlash va xastalarini yo`qotish uchun ishlatiladi. Ularga korund, najdak, olmos kukuni va xar xil pastalar kiradi.
O`rnatish va ta`mirlash asboblari. Jihozlarni o`rnatish va ta`mirlash ob`ektlarida parmalash va tokarlik stanoklari, elektrqaychilar, elektr gayka va shurup aylantirgichlar, shlifmashinkalar, elektrbolg`a, perforator, dolbyojnik, truba tozalaydigan, truba kesadigan va razvaltsovka qiladigan mashinalar ishlatiladi. Elektr toki bilan ishlaydigan mashina va asboblarning qabul qilish kuchlanishi: bir fazasi o`zgaruvchan tok uchun 12, 36, 127, 220, 380 V; uch fazali tok uchun 36, 220/127, 380/220 V. Asboblar elektrodvigatel simlari bir va ikki qatlam izolyatsiya bilan chiqariladi. Ikki qatlam izolyatsiyaga ega bo`lgan asboblar xavfsizroq hisoblanadi.
36 yoki 127 V kuchlanishda ishlaydigan elektr asboblar sanoat elektr tarmog`iga (380/220 V) IV rusumidagi 0,5 dan 1,5 KVt quvvatli kuchaytiruvchi transformatorlar yordamida 50 Gs tok chastotasi bilan ulanadi. Bunda rezina izolyatsiyali KРПT kabellar va shtepselli biriktiruvchilar ishlatiladi.
Elektr asboblar bilan bir qatorda pnevmatik asboblar ham ishlatiladi (parmalash va shlifmashinkalar, gaykovertlar, pichoqli qaychilar). Pnevmatik yuritmali mashinalar elektrmashinalarga nisbatan ikki marta yengil va gabarit o`lchamlari kichik, albatta, ishlatish sharoitlarini oshiradi. Pnevmoyuritmasiga 0,6 MPa bosimli qisilgan havo harakatchan kompressordan uzatiladi.
O`rnatish va ta`mirlashda ishlatiladigan chilangarlik asboblari. O`lchov-belgilash ishlarida 200 g gacha bo`lgan bolg`a, har xil chilangarlik ishlari uchun 360-500 g massali bolg`a, tunuka po`latlarni kesish uchun 600-1000 g massali bolg`alar (1.2.14-rasm) ishlatiladi.
Temirchilik kuvaldalari 2 dan 8 kg gacha bo`ladi.
Boltli birikmalarni yig`ish va echish uchun 4-80 mm o`lchamli bir yoki ikki tomonli gayka kalitlari ishlatiladi. Tortsevoy kalitlar diametri 10-27 mm bo`lgan boltli birikmalar uchun ishlatiladi. Gayka razvodnoy kalitlar 12, 19, 30 va 46 mm li o`lchamda chiqariladi (1.2.15-rasm).
1.2.14 - rasm. Chilangarlik bolg`achalari
a- to`rt burchak muhrali; b -dumaloq muhrali; c- yumshoq metalldan quyma muhrali; d- yog`och bolg`acha.
Truba kalitlari truba va har xil rezbali birikmalarni biriktirish uchun ishlatiladi.
Eng ko`p tarqalgan truba kaliti bu 1-5 raqamli richagli truba kalitidir. 1-raqamli kalit diametri 2,4 sm gacha bo`lgan trubalar uchun, 5-raqamli kalit esa - 9,6 sm gacha bo`lgan trubalar uchun ishlatiladi.
Mas`uliyatli boltli birikmalarni yig`ish uchun 10 dan 1400 N∙m gacha aylantiruvchi momentga ega bo`lgan KД dinamometrik kalitlar ishlatiladi.
Metallni egovlash uchun egovlar, nadfil, shaberlar ishlatiladi. Egovlar (1.2.16- rasm) uzunligi 100-400 mm, shakli yassi, uch tomonli, aylana va kvadrat bo`ladi. Dastasi yog`ochdan ishlanadi. Nadfillar 1 dan 6 raqamigacha bo`ladi, shakli yassi, aylana va yarim aylana. Shaberlar (1.2.17-rasm) asbob yasaydigan po`latdan yaxlit yoki qattiq qorishmali plastinkadan yasaladi. Shakli yassi, uch tomonli va qoshiq shaklida bo`lib dastasi yog`ochdan ishlanadi.
Metallni kesish va qirqish uchun zubilo (2.18- rasm), proboynik, metall kesuvchi arracha (nojovka) va metall kesuvchi qaychilar ishlatiladi.
1.2.16- rasm. Chilangar egovi.
1.2.17- rasm. Almashtiriladigan kesuvchi plastinali shaberlar
a -universal; b - S.G. Kononenko konstruktsiyasi; c-siquvchi patronli;
1- almashtiriladigan plastinka; 2- tutqich; 3- korpus; 4-siquvchi burama; 5-dasta.
1.2.18- rasm. Chilangarlik zubilosi eskizi
ГОСТ 7211- 72 ga asosan zubilo 47A, 48A, 7XФ, 8XФ markali po`latdan tayyorlanadi, uning o`lchamlari quyidagi 2.4-jadvalda keltirilgan.
1.2.3- jadval. Zubilo o`lchamlari
Parmalash uchun har xil diametrli parmalar (1.2.19 - rasm) ishlatiladi. Metrli, dyuymli va trubali rez'ba kesish asboblariga plashka (1.2.20- rasm) va metchiklar (1.2.21, 1.2.22-rasmlar) kiradi.
1.2.19- rasm. Parmaning umumiy ko`rinishi (a) va elektrdrelda
metallda teshik ochish (b)
1.2.20- rasm. Tashqi rez'ba kesish uchun vorotok va plashkà
1.2.21- rasm. Ichki rez'ba ochish uchun chilangarlik metchiklari.
1.2.22- rasm. Metchik bilan rezba ochish
Ajratgichlar (s’yomniklar) val va o`qlardan podshipniklarni, tishli g`altak, yulduzcha, shkivlarni va boshqalarni (valga mahkam qo`ndirilgan detal va tugunlarni) ajratib olishga mo`ljallangan.
Detal va yig`ma birikmalarni moylash uchun quyidagi asosiy moslamalar ishlatiladi: press-maslenka, tomchili maslenka. Konsistent moyni sharikli press-maslenkaga uzatish uchun shprits va tomchili press-maslenka 1.2.23.-rasm (a) va (b) larda ko`rsatilgan.
Chilangarlik yordamchi asbob va qurilmalarga kesuvchi asboblarni charxlash uchun charxtosh (1.2.24-rasm), detallarga ishlov berishda (kesishda, egovlash va boshqalarda) qo`zg`almas holat berish uchun gira (tiski) (1.2.25- rasm) ishlatiladi. Kavsharlash ishlari bajarish uchun kavsharlash lampasi (1.2.26- rasm) qo`llaniladi.
1.2.24- rasm. Charxtosh 1.2.25 - rasm. Gira (tiski) da detalni
mahkamlash
1.2.26 - rasm. Kavsharlash lampasi
Bundan tashqari maxsus qurilmalar ham ishlatiladi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- mashina va elektrodvigatel vallari yarimmuftalarini o`rnatishda o`qdoshligini tekshiruvchi qurilma (1.2.27 -rasm). U ikkita xomutdan (1) iborat bo`lib birinchi xomutda ikkita boltli (5) kronshteyn (6), ikkinchisida yaxshi ishlov berilgan kvadrat detal (4) o`rnatilgan. U qurilmani ishlatishda a, joylaridagi barcha nuqtalar orasi bir bo`lishi kerak, shunda ikki val bir-biriga nisbatan parallel va o`qdosh joylashgan bo`ladi, a va b tirqishlarning qiymati xar xil jihoz turi uchun shu jihozni o`rnatishning texnik talablarida ko`rsatilgan bo`ladi;
- non pishirish va konditer pechlarining setkali lentalarini bog`lovchi qurilma (1.2.28-rasm). U qisqichli (1) ikkita kvadratdan (2) iborat bo`lib, bu kvadratlar talrepli (3) juft vint (4) bilan biriktirilgan;
- Trubalarga flanetslarni o`rnatishda ular ishchi yuzalarini truba o`qiga perpendikulyarligini ta`minlash uchun ishlatiladigan qurilmalar 1.2.29.-rasm va 1.2.30-rasmlarda ko`rsatilgan.
1.2.27- rasm.Elektrodvigatel va jihoz vallari o`qdoshligini
tekshirish sxemasi
1- xomut; 2- jihoz yarimmuftasi; 3- asos; 4- kvadrat detal;
5- mikrometrli rez'bali boltlar; 6- kronshteyn; 7- elektrodvigatel yarimmuftasi.
1.2.28- rasm. Non pishirish va konditer pechlarining setkali lentalarini bog`lovchi qurilma.
1- 20 x 45 x 100 mm o`lchamli qisqich; 2- 45 x 45 x 1000 mm o`lchamli kvadrat; 3- talrep; 4- M 24x1000 mm o`lchamli vint; 5- 3 mm qalinlikdagi prokladka; 6- bolt M16; 7-gayka.
O’lchash asboblari. O`rnatish va ta`mirlashda ishlatiladigan o`lchash asboblariga ruletka, yig`iladigan metall metr, metall chizg`ich, shtangentsirkul', nutromer, mikrometr, har xil obtarozilar, shoqul, tekshiruvchi lineyka và plitalar, rez'bali shablonlar, shuplar va boshqalar kiradi.
Ruletkalar unchalik katta aniqliq talab qilinmaydigan katta uzunliklarni o`lchash) ichki va tashqi o`lchami 2000 mm gacha bo`lgan detallar o`lchamini olish uchun ishlatiladi. O`lchash chegarasi 0…125 mm gacha bo`lgan shtangentsirkullarda o`lcham bo`yinchasi ikki tomonlama (ichki va tashqi o`lchamlarni o`lchash uchun) va chuqurlikni o`lchash uchun lineyka mavjud. O`lchash aniqligi shtangentsirkullarda asosan 0,1 mm. Ruletkaning o`lchash belgisi 1 mm bo`lib, 1, 2, 5, 10, 20, 30 va 50 m uzunlikdagi ruletkalar bo`ladi.
Yig`iladigan metall metr chiziqli o`lchashlarni olib borish uchun ishlatiladi. Uning o`lchash aniqligi + 0,5 mm, o`lchash belgisi 0,5 yoki 1 mm.
Metall chizg`ichlar uzunligi 150, 300, 500, 1000 mm bo`ladi, o`lchash belgisi 0,5 yoki 1 mm, o`lcham aniqligi 0,25 mm.
Shtangentsirkul (1.2.31-rasm) ички ва ташқи ўлчами 2000 mm гача бўлган деталлар ўлчамини олиш учун ишлатилади. Ўлчаш чегараси 0…125 mm гача бўлган штангенциркулларда ўлчаш бўйинчаси икки томонлама (ички ва ташқи ўлчамларни ўлчаш учун) ва чуқурликни ўлчаш учун линейка мавжуд. Ўлчаш аниқлиги штангенциркулларда асосан 0,1 mm.
1.2.31- rasm. Shtangentsirkul yordamida
ichki diametrni o`lchash
Nutromer - 0,25 ...... 0,5 mm aniqlikda detallaring ichki diametrlarini (teshik va pazlarni) o`lchash uchun ishlatiladi. O`lchash lineykasi yoki mikrometr (indikator) bilan ta`minlangan.
Mikrometrlar (tekis va richagli) tashqi o`lchamlarni aniq o`lchash uchun ishlatiladi. Tekis mikrometrlar o`lchash belgisi 0,01 mm, richagli mikrometrniki esa - 0.002 mm.
Obtarozilar yog`ochli, ramali, mikrometrli, ampulali, qiyalikni o`lchaydigan turlari bo`ladi (1.2.32- rasm). har xil o`lchov belgili ampulasi bo`lgan obtarozilardan yuzalar tekisligini tekshirish va jihozni o`rnatishda gorizontallik holatini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Ramali va brusokli obtarozilarda ampulalar bo`ylama va ko`ndalang joylashgan bo`ladi, ampulalar spirt yoki efir bilan to`ldirilgan bo`ladi. Obtarozining o`lchash belgisi deb asosiy ampulasi ichidagi havo pufakchasining 1 m da 1 mm aniqlikdagi shkalasining bir birligi darajasida siljisiga tushuniladi. Obtarozilar o`lchash belgisi a (mm/m da) ga qarab uch toifa aniqlikdagi guruhga bo`linadi: birinchi guruh 0,02-0,05; ikkinchi guruh 0,06-0,10; uchinchi guruh 0,12-0,2. Obtarozilar +35 dan -50С hararot diapazonida ishlashga mo`ljallangan. Gorizontallik holati obtarozi shkalasi ko`rsatgichiga qarab nazorat qilinadi, bunda havo pufakchasining shkaladagi nol' holatidan og`ish qiymati i aniqlanadi. Bir-biridan L masofada turgan ikki tayanch yuzalar balandligi orasidagi farq H (m da) quyidagicha aniqlanadi:
Н = а∙ i∙ L (1.2.1)
Gidrostatik obtarozi (1.2.33-rasm) ±1-2 mm aniqlikda balandlik belgilarini o`lchash uchun ishlatiladi. Gidrostatik obtarozi noldan boshlanadigan millimetrlarda belgilangan nkkita shisha trubkachadan iborat bo`lib, bu trubkachalar bir-biri orqali rezina shlang bilan bog`langan (shlang diametri 10 mm, devor qalinligi 2 mm, uzunligi 20 m gacha). Trubkachalarning ikkinchi uchi probkalar bilan yopilgan. Shlang -30 dan +500С gacha bo`lgan haroratda ishlashga layoqatli. Trubkachalar rangli suyuqlik bilan to`ldirilgan (atrof harorati t =0500С bo`lganda rangli suv yoki t = -3000С bo`lganda spirt ishlatiladi). Bu trubkachalar bir-biridan kerak bo`lgan masofaga qo`yilganda tutash idishlar qonuniga asosan trubkachalardagi suyuqlik sathi bir xil, bu ikki sathni birlashtiruvchi xayoliy chiziq gorizontal bo`ladi. Suyuqliklar balandligi qiymati farqi trubkachalar turgan ikki yuzaning gorizontallikdan og`ishini yoki vertikallik belgisining og`ishini ko`rsatadi.
Shoqul (shovul) (1.2.34-rasm) yordamida jihozlar va konstruktiv elementlarning vertikallik holati tekshiriladi.
Tekshiruvchi chizg`ich va plitalar detallar hamda yuzalar tekisligi yorug`lik tirqishi usuli, bo`yoq dog`i usuli bo`yicha tekshiriladi.
Rezba shablonlari rezba qadamini aniqlash uchun ishlatiladi (1 to`plam - metrli rezba uchun, 2 to`plam - dyuymli rez'ba uchun).
1.2.32- rasm. Obtarozilar
a- ramali; b- yog`ochli (1- korpus; 2- asosiy ampula; 3- o`rnatuvchi ampula);
c - ampulani mikrometr aniqlikda beruvchi (1 turi) (1- ampula; 2-mikrometrli vint; 3- qopqoq; 4- asos; 5-limb; 6- aylanish shkalasi; 7- optik qurilma);
d- ampulani mikrometr aniqlikda beruvchi (2 turi) (1- baraban; 2- stebel; 3- mikrometrli vint; 4- trubka; 5- asos; 6- asosiy ampula; 7- o`rnatuvchi ampula);
e- qiyalikni o`lchovchi obtarozi.
1.2.33- rasm. Gidrostatik obtarozi.
1 - korpus; 2- shkalalangan
trubka; 3- rezina shlang.
1.2.34- rasm. Shoqul
1- T - simon shablon;
2- yuk; 3- ip d = 0,2 mm;
4- tekshiruv chizig`i.
Shuplar detallar orasidagi tirqishni o`lchash uchun ishlatiladi. Ular qalinligi 0,02 dan 0,1 mm gacha, plastinkachalar uzunligi 100 va 200 mm bo`ladi. 100 mm li shuplar 4 ta to`plamdan iborat, 200 mm li shuplar alohida plastina shaklida bo`ladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1. Ko’tarish kranlari;
2. Yuklagichlar, traktor va tyagachlar;
3. Elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich, kran-telejka;
4. Montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, qamragichlar, kanatlar ;
|
5. Po’lat prokat profillari;
6. Zichlagich materiallar, salniklar;
7. Moylovchi materiallar;
8. Chilahgarlik asboblari
9. O’lchash-tekshirish asboblari
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*O`rnatish, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash ishlarining samaradorligi va sifati shu ishni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, moslamalar, asboblar va materiallarga bog`liq bo`ladi.
*Jihozlarni tashish va ko`tarish uchun quyidagi mashina va mexanizmlar ishlatiladi: o`zi yurar strelali kranlar (avtomobil, zanjirli, pnevmog`altakli), to’rt oyoqli (козловой), ko`prikli (мостовой) va minorali (башенный) kranlar, yuklagichlar (погрузчик), traktor va tyagachlar, elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich (домкрат), kran-telejka va boshqalar.
*Takelaj (montaj) moslamalariga montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, amragichlar va kanatlar kiradi.
*Texnologik jihozlarni o`rnatishda, metallkonstruktsiyalar yasashda, yeyilgan detallar o`rniga yangi detal yasashda po`lat, rangli metallar va qorishmalar ishlatiladi. Po`lat kimyoviy tarkibi bo`yicha uglerodli va legirlangan po`latga bo`linadi.
* Sanoatda prokat profillaridan kvadrat, dumaloq, polosa, burchakli, qo`shtavrli, shveller va relslar ishlatiladi.
*Jihozlarni o`rnatish, ishga tushirish va ta`mirlashda quyidagi yordamchi materiallar ishlatiladi: bolt, gayka va shayba, prokladka (qistirma) va uriladigan salnik materiallar, moylaydigan, tozalaydigan va abraziv materiallar.
*O`rnatish va ta`mirlashda ishlatiladigan o`lchash asboblariga ruletka, yig`iladigan metall metr, metall chizg`ich, shtangentsirkul', nutromer, mikrometr, har xil obtarozilar, shoqul, tekshiruvchi lineyka và plitalar, rezbali shablonlar, shuplar va boshqalar kiradi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
-
O’rnatish mashina va mexanizmlariga nimalar kiradi?
-
Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan jihoz gorizontallik holati tekshiriladi?
-
Qaysi vosita bilan jihozning vertikallik holati tekshiriladi?
-
Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan bir-biridan uzoqda joylashgan jihozlar gorizontallik holati tekshiriladi?
-
Montaj ko`targichlariga misollar keltiring.
-
Lebyodka va tal ishlash printsipini tushuntiring.
-
Qaysi mexanizm yukni ham gorizontal, ham vertikal harakatlantirishda ishlatiladi?
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar va ularninig xususiyatlari?
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan asboblar.
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan o’lchash asboblari haqida ma’lumot bering.
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
-
Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.
|