§1.6. TEXNOLOGIK JIHOZLARNI SOZLASH VA ISHGA TUSHIRISH
Texnologik jihozlarni sozlash- ishga tushirish ishlari – bu jihozlarni o`rnatishdan yoki kapital ta`mirdan keyin ishga tushirish va loyiha quvvatiga erishish uchun olib boriladigan ishlar majmuidir.
Bu ishlar ko`lamiga quyidagilar kiradi:
1. Texnologik jihozlarni va yopish-boshqarish armaturasini reviziya qilish.
2. Jihozlarni salt holda sinovdan o`tkazib sozlash.
3. Jihozlarni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazib sozlash.
4. Jihozlarni loyiha quvvatiga chiqarish.
Ishga tushirish sozlash ishlari ikki uslubda amalga oshiriladi: pudrat va xo`jalik uslublari.
Pudrat uslubida barcha ishlar pudrat ishga tushirish-sozlash ishlarishga maxsuslashtirilgan korxona tomonidan amalga oshiriladi. Xo`jalik uslubida esa barcha ishga tushirish-sozlash ishlari korxona o`z mutaxassislari yordamida amalga oshiradi.
Texnologik jihozni yakka sinovdan o`tkazishdan oldin qismlarga ajratib reviziyalash ishlari ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan kamchilik va nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun bajariladi. Reviziyalash bundan oldin ishlatib, keyin omborda saqlangan jihozlar uchun amalga oshiriladi. Reziyalash ishlarining hajmi jihoz qancha vaqt va qanaqa sharoitda saqlanganligiga bog`liq.
Reviziyalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
- quyib tayyorlangan detallarda darz yo`q;
- ishqalanuvchi, zichlovchi, qo`zg`almas birkma detallari ishchi yuzasida darz, xasta va kamchiliklar yo`q;
- shpil'kali, boltli birikmalar va boshqa rez'bali detallar rez'basi yeyilmagan;
- shponka va shponka ariqchasi yeyilmagan;
- zichlovchi elementlar va salniklar nuqsonsiz;
- podshipniklar yaxshi holatda, korpusida va vkladishida teshikchalar, darz va xastalar yo`q;
- val bo`yinchalari ishchi holatda, korroziya dog`lari, xastaliklar yo`q;
- moyloychi teshik va yo`llar toza.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib mashina texnik shartlar va zavod-tayyorlovchi yo`riqnomasiga asosan yig`iladi. Mashinani yig`ishda detal juftliklari orasidagi o`tqazishlarga (tarang, o`tuvchan, tirqishli o`tqazishlarga), aylanuvchi val va elektrodvigatel markazlashuviga ahamiyat beriladi. Mashinadagi barcha ishqalanuvchi yuzalar va podshipniklar moylanadi, moylash materiallari moylash yo`llari bo`ylab erkin yurishi tekshiriladi, va mashina yuritmasidan qo`l bilan aylantirilib barcha mexanizimdar erkin harakatlanishi ko`riladi.
Quvurlarning yopish-rostlash armaturalarini (zulfin, ventil, jo`mrak va boshqalar) reviziyalashda armatura ochiladi va klapan va egarcha (sedlovina) yopishadigan joylar tekshiriladi. Kerak bo`lganda xastaliklar shabrenie yoki jilovlash bilan yo`qotiladi. Eskirgan rezina va sal'niklar yangisiga almashtiriladi. Armaturadan suv o`tkazib sinaladi. Bunda yopilgan armatura suv o`tkazmasligi, sal'nik joylaridan suv sizib oqmasligi kerak. Armatura erkin qo`shimcha kuch ishlatmasdan ochilib yopilishi darkor.
Jihozni salt holatda sinovdan o`tkazishdan oldin barcha ishqalanuvchi detallar moylash kartasi va sxemasiga asosan moylanadi, mashina ichi ko`zdan kechirilib, barcha begona predmetlar olib tashlanadi, shesternya va tishli g`ildiraklar ilashishlari, tasmalarning shikvlarga va zanjirlarning yulduzchalarga qo`nishi tekshiriladi, mashina qo`l bilan to`liq bir aylanishga aylantiriladi. Undan keyin tasma shkivdan olinib, elektrodvigatel' yoqiladi va valining kerakli yo`nalishda aylanayotganligi ko`riladi, agar aylanish teskari bo`lsa, fazalar almashtirilib ulanadi. Tasma shkivga o`rnatilib tarangligi tekshiriladi.
Birinchi elektrodvigatelni yoqishlar uzoq bo`lmagan muddatda – 5 - 10 daqiqa atrofida bo`ladi. Agar birinchi yoqishlar normal bo`lsa, mashinani salt holat sinovdan o`tkazish muddati uning murakkabligiga qarab 1 soatdan 8 soatgacha bo`ladi. Bunda quyidagilarga e`tibor beriladi:
- mashina bir me`yorda, turkkisiz, begona tovush chiqarmasdan ishlashi;
- yuritma elementlari (uzatmalar, reduktor va boshqalar), podshipniklar, ishqalanuvchi detallar isb ketmasligi lozim;
- ularning isib ketish darajasi yo`riqnoma yoki mashina pasportida ko`rsatilgandan ortiq bo`lmasligi kerak.
Sovutuvchi kompressorlar quyidagi rejimda salt sinovdan o`tkaziladi:
- birinchi bosqich – 3-5 min;
- ikkinchi bosqich – 20-30 min;
- uchinchi bosqich – 6 soat;
- to`rtinchi bosqich – 12 soat.
Uchinchi bosqichdan keyin moyi butunlay almashtiriladi.
Texnologik jihozni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazishdan oldin barcha himoya vositalari va mashinani o`ta yuklama bilan ishlashini oldini oladigan ehtiyot detallari borligi va aniq ishlashi tekshiriladi. Agar jihoz qayta ishlaydigan xomashyo qimmat bo`lsa, birinchi sinovni arzon materiallar (suv, zardob, boshqa sinov materiali) bilan amalga oshiriladi va ayrim qism va mexanizmlar rostlanib, pasport parametrlari bilan solishtirgandan keyin xaqiqiy mahsulot bilan sinovdan o`tkaziladi.
Yuklama ostida sinovda jihoz va uning yuritmasi o`rnatilgan konstruktsiya, rama va karkaslar mustahkamligi tekshiriladi, jihoz ishlaganda deformatsiya, vallar qiyshiqligi, podshipniklar siljishi yo`qligi, mexanizmlar xarakatining bir-biriga mosligi ko`riladi. Agar shunaka nuqsonlar aniklansa, nuqsonlar montaj ishga tushiruvchi korxona yoki bartaraf yetkazib beruvchi korxona mutaxassislari tomonidan bartaraf etiladi.
Yuklama ostida sinovdan o’tkaziyotganda kichik yuklamadan boshlab asta-sekin katta yuklamaga o’tadilar. Jihozning murakkabligiga qarab yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazish muddati ko`pincha 72 soatgacha bo`ladi. Bir seriyali mashinalar uchun bu muddat 24 soatgacha yetarli bo`ladi.
Yuklama ostida sinovdan o`tkazish Buyurtmachi va ishga tushirish montaj korxonasi mutaxassislari, agar kerak bo`lganda korxona tayyorlovchi mutaxassilari ishtirokida o`tkaziladi.
Sinov boshlanishi oldidan quyidagi texnik tashkiliy ishlar ko`lami bajarilishi kerak:
- buyurtmachi tomonidan yangi ishga tushirilayotgan jihozlarda ishlash uchun ishchi và xizmatchilarni o`qitish;
- buyurtmachi tomonidan ishga tushirilayotgan jihozni sinovdan o`tkazib ishga qabul qilib olish uchun ishchi komissiyasini tuzish;
- ishchi komissiya tomonidan o`rnatilgan jihozni montaj qiluvchi korxona tomonidan yakka sinovdan o`tkazilganligini va jihozni texnik hujjatlarini tekshirish;
- buyurtmachi va sozlash ishga tushirish korxonasi muhandis texnik xodimlari va ishchilarini texnologik jarayonlar operatsiyalari bo`yicha qo`yib chiqish jadvaligi va grafigini tuzish;
- buyurtmachi tomonidan jarayonlarini amalga oshirish uchun bug`, elektrenergiya, qisilgan havo, suv va boshqalarni kerakli hajmda yetkazib berish uchun mas`ul shaxsni tayinlash;
- buyurtmachi tomonidan kompleks sinovdan o`tkaziladigan sexlarda texnika xavfsizligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi;
- buyurtmachi tomonidan sinov o`tkaziladigan sexlarda sanitariya ishlarini amalga oshirish (xonani tozalash, jihozlarni yuvish, dezinfektsiya) va sexni ishga tushirish uchun ruxsat olish;
- nostandart, transportlovchi va yordamchi jihozlarni qo`yib chiqish;
- buyurtmachi tomonidan kerakli hajmda xom ashyo, yordamchi va dezinfektsiyalovchi materiallarni, asboblarni tayyorlash;
- moylovchi, jilvirlovchi va boshqa materiallarni tayyorlash;
- mahsulot sifatini tahlil qilib tekshiruvchi laboratoriyaning tayyorgarligini tekshirish;
- kerakli joylarda ogohlantiruvchi yozuvlar qo`yilishi (masalan, nuqsonlarni bartaraf uchun jihoz to`xtatilganda "Ishga tushirilmasin" yozuvini qo’yish.
Kompleks sinov paytida aniqlangan nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etish uchun montaj korxonasi mutaxassislarini navbatchi sifatida qatnashadilar.
Jihozni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazib, standart sifatli mahsulot olinib, barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraya qilingandan keyin ayrim agregat va texnologik tizimlarni ish unumdorligini oshirib, butun texnologik tizimni loyiha quvvatiga chiqarish ishlari amalga oshiriladi.
Jihozni ishlatishning birinchi smenalarida texnologik tizim konveyerlari eng past tezliklarda ishlatiladi va ishchilarning malakalari oshishi sayin konveyer tezliklari oshiriladi.
Jihozlarni loyihaga ko`rsatilgan rejimgacha chiqarilgandan va ishchilar malakasi yetarli darajada yetgandan keyin texnologik tizim maksimal ish unumdorligida sinovdan o`tkaziladi. Erishilgan natijalar dalolatnomada qayd etiladi va jihozlar ishlab chiqarish uchun buyurtmachiga topshiriladi.
Sozlash ishga tushirish ishlarini olib borayotgan korxona jihozlarni sozlash haqida har bir tizim yoki sistema uchun alohida dalolatnoma tuzadi. Barcha sozlash ishlari bitkazilgandan keyin buyurtmachi và sozlovchi korxona vakili imzolaydigan ikki tomonlama texnik dalolatnoma tuziladi. Texnik hisobot tariqasida rasmiylashtirilgan texnik hujjatlar va jihozlarni optimal rejimda ishlatish hamda nuqsonsiz ishlashini ta`minlash uchun ko`rsatmalar buyurtmachiga topshiriladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1 Jihozni sozlash (ishga tushirish);
2. Jihozni reviziyalash;
3. Yopish-boshqarish armaturasini reviziyalash;
|
4. Jihozni salt holatda sinash;
5. Jihozni yuklama ostida sinash;
6. Jihozning loyiha quvvati.
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*Texnologik jihozlarni sozlash- ishga tushirish ishlari – bu jihozlarni o`rnatishdan yoki kapital ta`mirdan keyin ishga tushirish va loyiha quvvatiga erishish uchun olib boriladigan ishlar majmuidir.
* Texnologik jihozlarni sozlash- ishga tushirish ishlari ko`lamiga quyidagilar kiradi: 1. Texnologik jihozlarni va yopish-boshqarish armaturasini reviziya qilish. 2. Jihozlarni salt holda sinovdan o`tkazib sozlash. 3.Jihozlarni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazib sozlash. 4. Jihozlarni loyiha quvvatiga chiqarish.
* Ishga tushirish sozlash ishlari ikki uslubda amalga oshiriladi: pudrat va xo`jalik uslublari.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
-
Sozlash (ishga tushirish) ishlari haqida ma’lumot bering.
-
Jihozni salt holatda sinovdan o’tkazishda bajariladigan ishlar.
-
Jihozni yklama ostida sinovdan o’tkazish xususiyatlari.
-
Jihozni loyiha quvvaqtiga chiqarish tartibi qanday?
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
-
Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.
§1.7. KENG TARQALGAN DETAL VA MASHINA QISMLARINI YIG’ISH VA O`RNATISH
Shkiv, shesternya va yulduzchalarni valga shponkali birikma yordamida o`rnatishdan oldin birikayotgan yuzalar sifati tekshiriladi, xastaliklar ishqalash bilan yo`qotiladi. Tiqin shaklidagi shponkali birikmani yig’ayotganda shponka ariqcha tagiga va yon devorlariga zich yotishini ta`minlanishi kerak. Shponka ariqchasi yon devorlari orasidagi tirqishni shuplar yordamida tekshiriladi. Bunda shponka kengligi 13-18 mm va balandligi 5-11 mm bo`lganda tirqish 0,35 mm dan, shponka kengligi 20-28 mm va balandligi 8-16 mm bo`lganda 0,4 mm dan ortiq bo`lmasligi kerak. Prizma shaklidagi shponkalarni val ariqchasiga mis bolg’acha bilan sekin urib o`rnatiladi, bunda ariqcha devori va shponka o`rtasida yon tomon tirqishlar bo`lmasligi lozim. Keyin valga shesternya (shkiv yoki yulduzcha) qo`ndiriladi va prizmali shponka yuqori sirti va qo`ndirilgan detal shponka ariqchasi orasidagi tirqish tekshiriladi. Bu tirqish val diametri 25-90 mm bo`lganda 0,3 mm dan ortiq, val diametri 90-170 mm bo`lganda 0,4 mm dan ortiq bo`lmasligi kerak.
Biriktirilayotgan vallarning parallellik va o`qdoshlik holati lineyka, tarang tortilgan tor yoki val va muftalarga o`rnatilgan aylanuvchi qurilma yordamida tekshiriladi. Bu usullarning eng ratsional turlari – vallarning paralellik va o`qdoshligini shtixmasa va obtarozilar bilan tekshirish (1.7.1-rasm, a); obtarozi va shoqul yordamida shkivlar bo`yicha tekshirish (1.7.1-rasm, b); yarim muftalar bo`yicha markazlashtirish ( 1.7.1 -rasm, v).
Muftalarni valga o`rnatishda shponka va yarim mufta valga qo`ndirilgandan keyin val hamda yarim mufta orasidagi tirqish tekshiriladi. Bu tirqish 0,05 mm dan ko`p bo`lmasligi lozim. Barmoqli muftalarni o`rnatayotganda mufta barmoqlari ketma-ket o`rnatiladi va shup yordamida barmoqlarning yarim mufta teshigiga zich yotishi tekshiriladi. Bu tirqish 0,4-0,6 mm dan ko`p bo`lmasligi lozim. Yarim muftalarni markazlashtirishda valni aylanish yo`nalishi bo`yicha boshlang’ich vaziyatidan 90, 180 va 270 gradus aylantirgan holatlarda yarim muftalar orasidagi tirqish o`lchanadi. Har bir vaziyatda (1.7.1-rasm, g) sxemada ko`rsatilgandek yarim muftalar aylanasi bo`yicha radial tirqishni (n) va yarim muftalar yon sirtlari orasidagi o`q bo`yicha tirqishni (m) diametral qarama-qarshi nuqtalarda shuplar yordamida o`lchanadi. Har bir diametral qarama-qarshi yo`nalishdagi tirqish qiymatlari yig’indisi bir-biriga teng bo`lishi kerak.
a b
v g
1.7.1 - rasm. Vallar paralleligi va o`qdoshligini tekshirish sxemalari
a- shtixmas va obtarozi yordamida (1- shtixmas; 2- obtarozi); b- shkivlar bo`yicha shoqul simlari va obtarozi yordamida
(1,3–shkivlar; 2- obtarozilar; 4- sim); v- yarim muftalar bo`yicha (1- yarim mufta; 2- markazlovchi skoba); g- o`lchamlar o`tkazish sxemasi.
n1 + n2 = n3 + n4 ( 1.7.1)
m1 + m2 = m3 + m4 ( 1.7.2)
Muftalarni o`rnatayotganda ruxsat etilgan og’ishlar quyidagi jadvalda ko`rsatilgan.
1.7.1- jadval. Muftalarni o`rnatishda ruxsat etilgan og’ishlar (mm da)
Mufta
|
Mufta diametri, mm
|
100 mm val uzunligi uchun qiyshiqlik (m) mm
|
Parallellikdan og’ish (n) mm
|
Qattiq birikkan
|
100-300
300-500
|
0,08
0,12
|
0,1
0,2
|
Barmoqli birikkan
|
100-300
300-500
|
0,02
0,02
|
0,05
0,1
|
Ilashgan mufta
|
100-300
300-500
|
0,01
0,01
|
0,03
0,02
|
Radial va yon tomon bo`yicha og’ishlarni birinchi navbatda vertikal tekislik bo`yicha, keyin esa gorizontal tekislik bo`yicha bartaraf etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki mashina asosi tagiga tiqin qo`yilgandan keyin mashinani gorizontial tekislik bo`yicha siljitish vertikal tekislik bo`yicha vallar o`qdoshligiga ta`sir ko`rsatmaydi.
Tishli uzatmalarni o`rnatayotganda yon tomon va radial tirqishlar kattaligiga va tishlarning bir-biriga to`g’ri ilashishiga e`tibor berish kerak bo`ladi. Tirqishlar tishli g’ildiraklar ishlayotganida isib ketib tiqilib qolmasligi kerak. Silindrik va konus tishli uzatmalar uchun normal yon tomon tirqish qiymati 1.7.2-jadvalda keltirilgan.
Tishlarning to`g’ri ilashishganligini g’ildirak tishlari orasini bo`yab, ilashmada tishlarning bir-biriga tegib ikkinchi tishli g’ildirak tishlari orasida paydo bo`ladigan dog’ kattaligi orqali tekshiriladi. Tishlarning bir-biriga tegib turish dog’lari kattaligi 1.7.3 -jadvalda keltirilgan.
1.7.2- jadval. Tishli uzatmada yon tomon tirqishlar kattaligining normadagi qiymatlari, (mkm da)
Silindrik uzatma
|
Konusli uzatma
|
G’ildirak o`qlari orasidagi masofa, mm
|
Normal uzatma
|
Ajratuvchi konus uzunligi, mm
|
Normal uzatma
|
50 gacha
50-80
80-120
120-200
200-320
320-500
500-800
800-1250
|
85
105
130
170
210
260
340
420
|
50 gacha
50-80
80-120
120-200
200-320
320-500
500-800
-
|
170
210
260
340
420
530
670
-
|
Zanjirli uzatmalarni o`rnatish yulduzchalarga zanjirni o`rnatishdan, zanjirni vintli yoki richagli qurilma bilan taranglashdan va rostlash ishlaridan iborat. Zanjirni yulduzchalarga o`rnatishdan oldin yulduzchalarning radial va yon tomon urilishlari indikator yordamida tekshiriladi. Vtulka-rolikli zanjirda ishlaydigan yulduzchalar uchun urilishga ruxsat etilgan qiymatlari quyidagilardan ortiq bo`lmasligi lozim.
Yulduzcha diametri, mm….100 gacha 100-200 200-300 300-400 400 dan yuqori
Radial urilishga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm …….. 0,25 0,5 0,75 1,0 1,2
Yon tomon urilishlariga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm . ……. 0,3 0,5 0,8 1,0 1,5
1.7.3-jadval. Tishli uzatmada tegib turish dog’lari kattaligining normadagi qiymatlari, (tish yon tomon yuzasiga nisbatan % da)
Uzatma
|
Tegib turish dog’lari
|
Uzatmaning aniqlik darajasi
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
Silindrik
Konusli
|
Tish balandligi bo`yicha, ko`rsatilgan qiymatdan kam emas
|
65
-
|
60
-
|
55
75
|
50
70
|
45
60
|
40
50
|
30
40
|
25
30
|
20
30
|
Silindrik
Konusli
|
Tish uzunligi bo`yicha, ko`rsatilgan qiymatdan kam emas
|
95
-
|
90
-
|
80
75
|
70
70
|
60
60
|
50
50
|
40
40
|
30
30
|
25
25
|
Zanjirning me`yorda tarang tortilishi zanjirli uzatmaning silliq, normal ishlashiga imkon beradi. Me`yorida tarang tortilgan zanjir, ishlash sharoitiga qarab, bir oz osilib turishi lozim. Gorizontal va 45 gradus qiyalikda ishlovchi zanjirli uzatmada osilib turish balandligi yulduzchalar o`qlari orasidagi masofaning 2 % dan ko`p bo`lmasligi, vertikal ishlovchi uzatma uchun – 0,2-0,3 % dan ko`p bo`lmasligi lozim. Agar qo`l bilan zanjir qisilganda yulduzchani zanjir o`rab olish burchagi 5 % dan ko`p bo`lmagan qiymatga oshsa, zanjir normal tarang tortilgan bo`ladi.
Tasmali uzatlarni o`rnatishda yuritma va etaklanuvchi shkivlar vallarni parallelligi va ikki shkiv o`rta sirtining bir-biriga mos kelishi ta`minlanadi. Tiqin shaklidagi tasmali uzatmalarda shkiv ariqchalarining bir-biriga nisbatan bir xilda joylashishi va shkiv ariqchalari qesimining bir-birga o`xshashligi ta`minlaniishi lozim.
Ikki shkiv o`qlari orasidagi minimal masofa (mm da) yassi tasmali uzatma uchun:
ll = 2 (D1+D2); ( 1.7.3 )
tiqin shaklidagi tasmali uzatma uchun:
l2 = 0,5 (D1+D2) +3h (1.7.4)
bu yerda D1 va D2 – yuritma va etaklanuvchi shkiv diametrlari, mm; h - tiqin shaklidagi tasma kesimining balandligi, mm.
1.7.2- rasm. Shkivlarni to`g’ri o`rnatilganligini tekshirish.
a- chizg’ich bilan; b – sim bilan;
1- chizg’ich; 2,3 – shkivlar; 4 – sim; A,V,S,D – shkivlar bir tekislikda yotishi lozim bo`lgan nuqtalar.
Shkivlarni yig’ishda radial va yon tomon urilishlari indikator yordamida tekshiriladi.
Shkivlar uchun urilishga ruxsat etilgan qiymatlari quyidagilardan ortiq bo`lmasligi lozim.
Shkiv diametri, mm ……… 150 gacha 150-300 300-600 600 dan yuqori
Radial urilishga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm……. 0,10 0,15 0,25 0,40
Yon tomon urilishlariga ruxsat
etilgan qiymatlari, mm……. 0,05 0,08 0,12 0,25
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1. Shkiv, shesternya va yulduzchalarni valga o’rnatish;
2. Muftalarni valga o’rnatish;
3. Vallarni yig’ish;
|
4.Vallarning o’qdoshligi;
5. Tasmali uzatmalarni yigi’sh;
6. Tishli uzatmalarni yig’ish;
7. Zanjirli uzatmalarni yig’ish.
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*Yig’ma birliklarni yig’shda parallellik va o`qdoshlik holatiga katta e’tibor beriladi.
*Biriktirilayotgan vallarning parallellik va o`qdoshlik holati lineyka, tarang tortilgan tor yoki val va muftalarga o`rnatilgan aylanuvchi qurilma yordamida tekshiriladi. Bu usullarning eng ratsional turlari – vallarning paralellik va o`qdoshligini shtixmasa va obtarozilar bilan tekshirish; obtarozi va shoqul yordamida shkivlar bo`yicha tekshirish; yarim muftalar bo`yicha markazlashtirishdir.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
1. Shkiv, shesternya va yulduzchalarni valga o’rnatish usullarini tuishuntiring.
2. Muftalarni valga o’rnatish qanday amalga oshiriladi?
3. Vallarni yig’ishda ularning o’qdoshligi qandaq aniqlanadi?
5. Tasmali uzatmalarni yigi’shni tuishuntiring.
6. Tishli uzatmalarni yig’ish qanday amalga oshiriladi?
7. Zanjirli uzatmalarni yig’ishda nima bajariladi?
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
-
Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.
I-bob BO’YICHA REZYUME
O’rnatish yoki montaj ishlari (montaj so’zi frantsuzcha "montage" so’zidan olingan bo’lib, "ko’tarish, yig’ish, o’rnatish" ma`nosini anglatadi) korxona yoki tashkilot asosiy fondlarini yaratish jarayonlari ketma-ketligida jihozlarni yasash, tayyorlashdan keyingi bosqichda turadi.
Oziq-ovqat sanoati korxolarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni tashkil etishda 3 ta tashkiliy-xo’jalik uslublari (pudrat, xo’jalik va pudrat-xo’jalik yoki aralash uslublari) va 5 ta usul (oqim-aralash, ketma-ket,. yirik blokli, oqim-agregat yoki oqim-tugunli va tiqinsiz usullari) hamda kalendar va to’rli rejalash qo’llaniladi.
O`rnatish, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash ishlarining samaradorligi va sifati shu ishni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, moslamalar, asboblar va materiallarga bog`liq bo`ladi, shuning uchun bo’lajak muhandislar bularning texnik tavsiflarini va qo’llash sharoitlarini yaxshi bilishlari lozim.
Hamma jihozlar qaysi ishni bajarishdan qat`iy nazar, ma`lum bir yuzalarga (tayanchlarga) o`rnatiladi. Tayanch bo`lib gruntdagi pol, bino qavatlari orasidagi beton plita, poydevor, maydoncha va boshqalar xizmat qiladi. Bu tayanchlar mashinaning og’irligi va mashina ishlayotganida paydo bo`ladigan kuchlanishni (bosimni) o`ziga qabul qilib olib asosga o’tkasib yuboradi va shu orqali mashinaga fazoda qo`zg’almas, aniq holat beradi.
O`rnatish ishlarini tez va sifatli o`tkazish uchun bu ishlar ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich - o`rnatish ishlariga tayyorgarlik, ikkinchisi - jihozni loyiha holatida o`rnatish va ishga tushirish bilan bog`liq bo`lgan ishlar.
O`rnatishga tayyorgarlikka quyidagi ishlar kiradi:
-
o`rnatish maydonchasini tashkil etish;
-
o`rnatishda ishlatiladigan material-texnik boyliklarni saqlash uchun omborxonalar tayyorlash;
-
vaqtinchalik ustaxonalar va o`rnatish ko`targichlari tayyorlash;
-
jihozni zavod-tayyorlovchidan korxonaga olib kelingandan keyin uni qabul qilib olish (dalolatnoma bo`yicha) va saqlash;
-
jihozni montajoldi ko`rikdan o`tkazish (kerak bo`lganda);
-
loyiha bo`yicha tayyorlangan jihoz osti tayanch va binoni montajga qabul qilib olish.
Takelaj ishlari – jihozni o`rnatishda uni gorizontal va vertikal yo`nalishda, hamda qiya tekislik bo`ylab harakatlantirish bilan bog`liq ishlardir. Bu ishlar og`irligi va ko`p mehnat va texnika talab etishi sabab umumiy o`rnatish ishlarining 50-80 % ni tashkil qiladi.
Jihozni loyiha holatida o`rnatish quyidagi bosqichlardan iborat: mashinani yoki uning tayanch qismlarini poydevorga ko`tarib qo`yish; mashina tayanch qismlarining (stanina, rama yoki asosining) teshiklari va poydevor boltlari qo`yiladigan teshiklarni to`g`rilash; mashina gorizontallik va vertikallik holatini rostlash va poydevor quduqchalariga beton quyishdan oldin mashina holatini tiqin yoki vositalar bilan ushlab turish; "jihoz- poydevor" oralig`ini beton bilan to`ldirish.
O`rnatilgan texnologik jihozni yakka sinovdan o`tkazish lozim: yuritmali mashina, mexanizm va apparatlarni – salt holatda va yuklama ostida; apparat va sig’imlarni – mustakamlikka va germetiklikka sinovdan o`tkaziladi.
Texnologik jihozlarni sozlash- ishga tushirish ishlari – bu jihozlarni o`rnatishdan yoki kapital ta`mirdan keyin ishga tushirish va loyiha quvvatiga erishish uchun olib boriladigan ishlar majmuidir.
I-bob BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR
AMALIY MASHG’ULOT № 1
Fundamentlarni (poydevorlarni) hisoblash va loyihalash
Mashg’ulotning maqsadi: Mashina ostida ishlatilagan poydevorlar tuzilishi, ularni hisoblash va loyihalash tartibini o’rganish.
Umumiy tushunchalar nazariy darslarda keltirilgan.
Ishni bajarish tartibi:
1. Betonli poydevorlar tuzilishi hamda shoqul va obtarozilarni ishlatish printsiplarini o’rganing.
2. I bob §1.3 da keltirilgan nazariy ma’lumotlarga asosan hamda 1.1 - jadvalda ko’rsatilgan variant vazifalari bo’yicha fundamentni statik hisoblang.
3. Hisoblash natijalariga ko’ra fundamentning ishchi chizmasini millimetrli qog`ozda standart masshtabda chizing (fundamentning ikki proyektsiyasi barcha qirqim va o’lchamlari ko’rsatilsin).
1.1-jadval. Topshiriq variantlari
Variant
|
Н1,
м
|
Н2,
м
|
a,
м
|
b,
м
|
Grunt turi
|
Mashina massasi, kg
|
1
2
3
4
5
|
0,1
0,15
0,20
0,25
0,25
|
0,5
0,55
0,60
0,65
0,7
|
0,37
0,4
0,45
0,5
0,6
|
0,35
0,36
0,4
0,42
0,45
|
Kam suvli qum yer
|
1470
1500
1550
900
950
|
6
7
8
9
10
|
0,1
0,15
0,17
0,2
0,25
|
0,5
0,56
0,6
0,65
0,7
|
0,37
0,42
0,43
0,45
0,5
|
0,36
0,37
0,39
0,4
0,45
|
Suv bilan to’yingan qum yer
|
1370
1400
860
900
550
|
Nazorat savollari:
1. Fundament deb nimaga aytiladi?
2. Fundamentning yer osti qismi balandligi qancha bo’lishi mumkin?
3. Shoqul va obtarozi nima maqsadda ishlatiladi?
4. Fundament poshnasidan yerga beriladigan haqiqiy bosim qanday hisoblanadi?
5. Poydevor hajmi qanday hisoblanadi?
6. Agar hisoblash natijasida R > Rn bo’lsa nima ish qilinadi?
AMALIY MASHG’ULOT № 2
Jihozni polda o’rnatish xususiyatlari
Mashg’ulotning maqsadi: Jihozni polda o’rnatish xususiyatlarini o’rganish.
Umumiy tushunchalar nazariy darslarda keltirilgan.
Misol: Sutni saqlash uchun ishlaniladigan vertikal sig`imning marsimal massasi (ichidagi mahsuloti bilan) M=1334 kg bo’lsin. Sig’im 3 ta tayanyach oyog’da po’lat tiqin orqali o’rnatiladi. Yer ko’taradigan ruxsat etilgan bosim Rн=200 kPa deb qabul qilamiz
Sigi’mni polda o’rnatish ushun asos chidamligi tekshirilsin.
Yechish:
Vertikal sig`imning marsimal og’rligdan polga tushadigan haqiqiy bosim
Р= (Gмах ) / (α ∙ n ∙ f ) ≤ Rн ,
bu yerda: α=0,7 – kichraytirish koeffisienti; f – sig’im tayanch oyog’i tayanadigan po’lat tiqin yuzasi, m2; n=3– tiqinlar сони.
Po’lat tiqin yuzasi hisoblanadi:
f= a∙ b= 0,2 ∙ 0,2=0,04 m2,
a= 0,2 m va b= 0,2 m – po’lat tiqin o’lchamlari.
Sig’mnining maxsimal og’irligi:
Gmax= M ∙ g / 1000 = 13,09 кN.
g=9,81 kg/m∙ s2
1.1-rasm. Vertikal sig`imning o’rnatish sxemasi
a – yon tomon ko’rinishi; b – yuqoridan ko’rinishi;
1- shoqul iplari; 2 – po’lat tiqinlar; 3 - obtarozi;
Vertikal sig`imning marsimal og’rligdan polga tushadigan haqiqiy bosim:
Р= 13,09 / (0,7 ∙ 3∙ 0,04 )=155,84 кPа ≤ Rн ,
Asos vertikal sig`imning marsimal og’rligdan polga tushadigan haqiqiy bosimga chidab beradi, demak sgi’imni shu asosga o’rnatish mumkin.
Ishni bajarish tartibi:
1. 1.2-jadvalda ko’rsatilgan variant vazifalari bo’yicha asosni hisoblash.
2. Qilingan ishlar bo`yicha hisobot tayyorlanadi va nazorat savollariga javob beriladi.
1.2 - jadval. Topshiriq variantlari
-
Variant
|
h,
м
|
a,
м
|
b,
м
|
Sig’im massasi, kg
|
1
2
3
4
5
|
0,3
0,35
0,20
0,25
0,27
|
0,3
0,2
0,2
0,2
0,2
|
0,2
0,3
0,2
0,2
0,24
|
1470
1500
1550
1300
1350
|
6
7
8
9
10
|
0,3
0,26
0,26
0,25
0,27
|
0,3
0,3
0,3
0,4
0,3
|
0,3
0,3
0,3
0,2
0,2
|
1370
1400
1460
1300
1550
|
Nazorat savollari:
1. Jihozlarni polda o’rnatish xususiyatlarini aytib bering?
2. Polga beriladigan haqiqiy bosim qanday hisoblanadi?
3. Sig’imlarni o’rnatish tartibi qanday?
AMALIY MASHG’ULOT № 3
Takelaj ishlarini bajarishda jihozni harakatlantirish uchun kerakli kuchni hisoblash va tortish mashinasini tanlash
Mashg’ulotning maqsadi: 1. Jihozni o’rnatishda takelaj ishlarini olib borish tartibini o’rganish.
2. Takelaj ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
3. Jihozni transportlashda kerak bo’lgan tortish kuchini hisoblash va kerakli transport vositasini tanlab olish qoidalarini o’rganish.
Umumiy tushunchalar nazariy darslarda keltirilgan.
Ishni bajarish tartibi:
1. Takelaj ishlari bajarish tartibi bilan tanishing.
2. Takelaj mexanizmlari ishlash printsipi va tuzilishini o’rganing.
3. I bobdagi 1.5.1 – 1.5.7 formulalar va 1.3-1.7-jadvalda keltirilgan ma`lumotlar bo’yicha kerak bo’lgan tortish kuchini hisoblab, kerakli takelaj mexanizmi yoki mashinasini tanlab oling:
A) jihozni gorizontal yo’nalishda harakatlantirishda (1.6-jadval bo’yicha);
B) jihozni qiya tekislik bo’yicha harakatlantirishda (1.7-jadval bo’yicha).
4. Takelaj ishlarini bajarishda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qoidalarini o’rganing.
1.3 - jadval. Ba`zi bir traktorlarning tortish kuchi
Traktor rusumi
|
С-80
|
С-100
|
Т-140
|
ДЭТ-250
|
К-700
|
Ilgakdagi tortish kuchi,
I–V peredacha-larida, kN
|
88…15
|
90…15
|
133…22
|
200…24
|
600...2,5
|
1.4 - jadval. Lebyodkalarning tortish kuchi
-
Lebyodka rusumi
|
Л-0,75
|
Л-1,5
|
Л-3
|
Tortish kuchi, kN
|
7,5
|
15
|
30
|
Nazorat savollari:
1. Takelaj ishlariga qaysi ishlar kiradi?
2. Takelaj ishlarini bajarish uchun kerak bo’lgan kuch qanday hisoblanadi?
3. Birta ko’tarish-transportlash mexanizmini tuzilishi va ishlash printsipini tushuntirish bering?
5. Takelaj ishlaridagi texnika xavfsizlik qoidalari?
1.5-jadval. Ishqalanish koeffitsiyentining ishqalanish yuzasi va ko’tarilish
burchagidan bog’liqligi
Ishqalanayot-gan yuza materiali
|
Ko`tarilish burchagi, grad.
|
Metall katok diametriga to`g`ri keladigan tebranish ishqalanish koef-ti
|
Katoksiz (sirpanish ishqalanish
koef-ti)
|
50 mm
|
100 mm
|
150 mm
|
Metall metall bilan
|
0
10
20
30
|
0,03
0,113
0,2
0,284
|
0,026
0,100
0,187
0,272
|
0,009
0,096
0,183
0,268
|
0,11
0,196
0,282
0,365
|
Metall yog`och bilan
|
0
10
20
30
|
0,091
0,178
0,264
0,347
|
0,046
0,133
0,219
0,303
|
0,03
0,117
0,203
0,288
|
0,4
0,485
0,567
0,645
|
Metall tosh bilan
|
0
10
20
30
|
0,032
0,119
0,205
0,29
|
0,016
0,103
0,19
0,274
|
0,011
0,098
0,185
0,27
|
0,42
0,505
0,587
0,664
|
1.6-jadval. Jihozni gorizontal ko`chirish uchun kerak bo`lgan
tortish kuchini hisoblash uchun qiymatlar
Variant
|
Jihoz massasi,
kg
|
Ishqalanayotgan yuza materiallari
|
Metall katok diametri,
mm
|
1
2
3
4
5
|
12100
15000
16000
17500
14500
|
Metall yog`och bilan
|
50
katoksiz
100
150
katoksiz
|
6
7
8
9
10
|
12500
15500
17000
17500
13000
|
Metall tosh bilan
|
50
katoksiz
100
150
katoksiz
|
1.7 – jadval. Jihozni qiya tekislik bo`yicha ko`chirish uchun kerak bo`lgan tortish kuchini hisoblash uchun qiymatlar
Variant
|
Jihoz massasi,
kg
|
Ko`tarilish burchagi, grad.
|
Ishqalana-yotgan yuza materiallari
|
Metall katok diametri,
mm
|
1
2
3
4
5
|
3725
5500
4500
3225
3000
|
10
20
30
20
10
|
Metall yog`och bilan
|
50
100
150
katoksiz
50
|
6
7
8
9
10
|
2500
2750
3000
3200
3100
|
10
20
30
20
10
|
Metall tosh bilan
|
50
100
150
katoksiz
50
|
I-bob BO’YICHA TEST SAVOLLARI TO`PLAMI
-
Montaj ishlari bajarish usullari
A) Oqim-aralash, ketma-ket, yirik blokli, oqim-agregat, tiqinsiz;
B) Oqim-aralash, yirik blokli, oqim-agregat, tiqinsiz;
C) Oqim-aralash, ketma-ket, yirik blokli, oqim-agregat;
D) Oqim-aralash, ketma-ket, yirik blokli, oqim-agregat, kichik blokli.
-
Montaj ishlari bajarish uslublari
A) Xo`jalik, pudrat;
B) Xo`jalik, pudrat, aralash;
C) Pudrat;
D) Xo`jalik, aralash.
-
Qaysi montaj usuli bilan zavod tayyorgarligi juda past bo`lgan jihozlar montaj qilinadi?
A) oqim-aralash;
B) ketma-ket;
C) yirik blokli;
D) oqim-agregat;
-
Qaysi montaj usuli bilan asosan katta hajm va vaznga ega bo`lgan jihozlar montaj qilinadi?
A) oqim-aralash;
B) ketma-ket;
C) yirik blokli;
D) oqim-agregat;
-
Qaysi o`rnatish usulida qurilish va o`rnatish ishlari birga olib boriladi?
A) oqim-aralash;
B) ketma-ket;
C) yirik blokli;
D) oqim-agregat;
-
Qaysi o`rnatish usulida yig’ish va o`rnatish ishlari birga olib boriladi?
A) oqim-aralash;
B) ketma-ket;
C) yirik blokli;
D) oqim-agregat;
-
Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan jihoz gorizontallik holati tekshiriladi?
A) Yog’ochli obtarozi;
B) Tal;
C) Shoqul;
D) Telfer;
-
Qaysi vosita bilan jihozning vertikallik holati tekshiriladi?
A) Yjg’ochli obtarozi;
B) Tal;
C) Shoqul;
D) Telfer;
9. Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan bir-biridan uzoqda joylashgan jihozlar gorizontallik holati tekshiriladi?
A) Yog’ochli obtarozi;
B) Shoqul;
C) Gidrostatik obtarozi;
D ) Po`lat lineyka;
10. Montaj ko`targichlariga qaysi mexanizmlar kirmaydi?
A) Blok, polispast;
B) tal;
S) telfer;
D) shnek.
-
Qaysi mexanizm yukni ham gorizontal, ham vertikal harakatlantirishda ishlatiladi?
A) Tel’fer;
B) Tal;
C) Lebyodka;
D) Polispast;
12. Poydevor asosidan gruntga ta`sir qiladigan haqiqiy bosim P qanday topiladi?
A) P= Gm / (α F) ≤ Rn ;
B) P= (Gm + Gf) / (α F) ≤ Rn ;
C) P= Gf / (α F) ≤ Rn ;
D) P= (Gm + Gf) / F ≤ Rn .
13. Takelaj ishlarini bajarishda jihozni gorizontal tekislik bo`ylab tortish uchun kerak bo`lgan kuch S qanday topiladi?
A) S = G f ;
B) S = G / f ;
C) S = G + f ;
D) S = 2G f .
14. 13-savolda ko`rsatilgan holat bo`yicha faqat katok ishlatganda tortish kuchi S qanday topiladi?
A) S = G (k1+k2) / d;
B) S = G (k1+k2);
C) S = G (k1) / d;
D) S = G / (k1+k2) d.
15. Takelaj ishlarini bajarishda jihozni qiya tekislik bo`ylab tortish uchun kerak bo`lgan kuch S qanday topiladi?
A) S = G (sin α + cos α);
B) S = G (sin α + f cos α) ;
C) S = G (sin α + f / cos α) ;
D) S = G (f sin α + cos α/)
-
15-savolda ko`rsatilgan holat bo`yicha faqat katok ishlatganda tortish kuchi S qanday topiladi?
A) S = G / ﴾sin α + cos α (k1+k2) d);
B) S = G - ﴾sin α + cos α (k1+k2)﴿ / d;
C) S = G ﴾sin α + cos α (k1+k2)﴿ / d;
D) S = G + ﴾sin α + cos α (k1+k2)﴿ / d.
17. Jihoz fundamenti yer osti qismi balandligi qancha bo`lishi mumkin?
A) 500-700 mm, dinamik mashinalar uchun 2000-2500 mm
B) 200-400 mm, dinamik mashinalar uchun 1000-1500 mm
C) 1200-1400 mm, dinamik mashinalar uchun 3000-3500 mm
D) 350-400 mm, dinamik mashinalar uchun 1000-1500 mm
-
Montajga tayyorgarlik ishlariga nimalar kiradi?
A.
1)o`rnatish may-donchasini tashkil etish;
2)o`rnatishda ishla-tiladigan material-tex-nik boyliklarni saq-lash uchun ombo-rxonalar tayyorlash;
3)vaqtinchalik usta-xonalar va o`rnatish ko`targichlari tayyorlash;
4)jihozni zavod-tay-yorlovchidan korxo-naga olib kelingandan keyin uni qabul qilib olish (dalolatnoma bo`yicha) va saqlash;
5)jihozni montajoldi reviziyadan o`tkazish (kerak bo`lganda);
6) loyiha bo`yicha tayyorlangan jihoz osti tayanchni va binoni montajga qabul qilib olish.
|
B
1)o`rnatish maydonchasini tashkil etish;
2) o’lchov-belgilash ishlari;
3)vaqtinchalik ustaxonalar va o`rnatish ko`targichlari tayyorlash;
4)jihozni zavod-tayyorlovchidan korxonaga olib kelingandan keyin uni qabul qilib olish (dalolatnoma bo`yicha) va saqlash;
5)jihozni montajoldi reviziyadan o`tkazish (kerak bo`lganda);
|
C
1)o`rnatish maydonchasini tashkil etish;
2)o`rnatishda ishlatiladigan material-texnik boyliklarni saqlash uchun omborxonalar tayyorlash;
3)vaqtinchalik ustaxonalar va o`rnatish ko`targichlari tayyorlash;
4)takelaj ishlari;
5) loyiha bo`yicha tayyorlangan jihoz osti tayanchni va binoni montajga qabul qilib olish.
|
D.
1) o`rnatish maydonchasini tashkil etish;
2)sozlash ishlari;
3)vaqtinchalik ustaxonalar va o`rnatish ko`targichlari tayyorlash;
4)jihozni zavod-tayyorlovchidan korxonaga olib kelingandan keyin uni qabul qilib olish (dalolatnoma bo`yicha) va saqlash;
5) loyiha bo`yicha tayyorlangan jihoz osti tayanchni va binoni montajga qabul qilib olish.
|
-
Montaj maydonchasiga qo`yiladigan texnik talablar?
A
-
Maydoncha yaxshi trombovka qili-nishi, kichik graviy va qum yoyilishi kerak,
-
Maydonchaning bosim ko`tarish darajasi 0,3-0,4 MPa va qiyalik darajasi 3 gradus bo`li-shi kerak.
|
B
-
Maydoncha yaxshi trombovka qilinishi, kichik graviy va qum yoyilishi kerak,
-
Maydonchaning bosim ko`tarish dara-jasi 0,1-0,2 MPa va qiyalik darajasi 1 gradus bo`lishi kerak.
|
C
-
Maydoncha yaxshi trombovka qilinishi, kichik graviy va qum yoyilishi kerak,
-
Maydonchaning bosim ko`tarish da-rajasi 0,7-0,8 MPa va qiyalik darajasi 5 gradus bo`lishi kerak.
|
D
-
Maydoncha yaxshi trombovka qilinishi, kichik graviy va qum yoyilishi kerak,
Maydonchaning bosim ko`tarish darajasi 1-1,2 MPa va qiya-lik darajasi 7 gradus bo`li shi kerak.
|
20. Jihozni montaj qilish uchun tayyor poydevorlarni qabul qilayotganda cheklanishlar quyidagi qiymatlardan katta bo`lmasligi kerak (mm da):
A
-
asosiy o`lchamlar gorizontal proektsiyada ± 50;
-
poydevor yuqori balanlik o`lchamlari± 50;
-
fundament boltlari uchun quduqcha-lar o`lchamlari gorizon-tal proektsiyada± 40;
-
fundament boltlari gorizontal proektsiyada ± 15;
-
fundament boltlarining yuqori qismi ± 40.
|
B
-
asosiy o`lchamlar gorizontal proektsiyada ± 30;
-
poydevor yuqo-ri balanlik o`lchamlari ± 30;
-
fundament boltlari uchun quduqchalar o`lchamlari gorizontal proektsiyada ± 20;
-
fundament boltlari gorizontal proektsiyada ± 5;
-
fundament boltlarining yuqori qismi ± 20.
|
C
-
asosiy o`lchamlar gorizontal proektsiyada ± 40;
-
poydevor yuqori balanlik o`lchamlari ± 40;
-
fundament boltlari uchun quduqchalar o`lchamlari gorizontal proektsiyada± 30;
-
fundament boltlari gorizontal proektsiyada ±15;
|
D
-
asosiy o`lchamlar gorizontal proektsiyada ± 50 ;
-
poydevor yuqori balanlik o`lchamlari ± 60 ;
-
fundament boltlari uchun quduqchalar o`lchamlari gorizontal proektsiyada ±50 ;
-
fundament boltlari gorizontal proektsiyada ±25;
fundament boltlarining yuqori qismi ± 30.
|
I-bob TEST JAVOBLARI
1A, 2B, 3D, 4A, 5A, 6D, 7A, 8C, 9C, 10D, 11A, 12B, 13A, 14A, 15B, 16C, 17A, 18A, 19A, 20B
II-bob. JIHOZLARNI TA`MIRLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH
VA TEXNOLOGIYASI
Ta`mirlash (remont – fransuzcha “remonter” – to’g’rilash, to’ldirish, qayta yig’ish) – jihozlarni, texnika qurilmalari va mexanizmlani, yig’ma birlik va detallarning ishga yaroqliligini tiklash uchun o’tkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ana shu tadbirlarni amalga oshirish natijasida texnologik va boshqa jihozlarning, quvurlar sistemasining ish qobiliyati Davlat standarti DSt (Государственный стандарт ГОСТ) va texnik shartlar TSh (Технические условия ТУ) talablariga javob beradigan darajagacha etkaziladi, ya`ni mashinaning ish qobiliyati qaytadan tiklanadi.
Mashinaning ish qobiliyati (работоспособность) - bu mashinaning DSt va TSh da belgilangan talablar bo`yicha o`z funktsiyasini bajarish holatidir.
Buzilish (отказ) - bu mashinaning o`z ish qobiliyatini tamomila yoki qisman yo`qotishi.
Nosozlik (неисправность) - bu mashinaning DSt yoki TSh larning birini yoki bir nechtasini bajara olmaslik holati. Nosozliklar ikki sababga ko`ra kelib chiqadi: birinchisi - mashina o`ziga yuklatilgan vazifani bajarish uchun sozlanmagan, bu nosozlikni yo`qotish uchun mashinani sozlash (rostlash) kifoya, ikkinchisi - mashinada sozlash bilan bartaraf etib bo`lmaydigan o`zgarishlar ro`y bergan, bu holatda mashina detallarini qayta tiklash yoki almashtirish, ya`ni mashinani ta`mirlash talab etiladi.
|