TOPSHIRIQLAR
1.
Dalolatnoma mavzusi va mavzu bo`yicha zururiy qismlarni sinchiklab o`qing.
2.
Mavzu bo`yicha tushunganlaringizni og`zaki hikoya qiling.
3.
Mavzuga doir berilgan namunadan foydalanib bir necha dalolatnoma
nusxalarini tuzing.
E’LON
Ma’lumki, bir korxona, muassasa, tashkilotda o`tkaziladigan biror-bir tadbir,
yig`ilish, majlis, uchrashuv, kecha, konsert, anjuman, suhbat, ma’ruza, shuningdek
o`qishga, ishga, hunar o`rganishga qabul qilish, xizmat turlarini tavsiya etish va
boshqa shu kabilardan ishchi-xodimlarni, talabalar va o`quvchilarni, keng aholini
xabardor qilish uchun qo`llanadigan yozma hamda og`zaki axborot turi.
E’lonlarni ham mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga ajratish mumkin. 1.
Xizmat e’lonlari. 2. Shaxsiy mavzudagi e’lonlar. Bugungi kunda radio, televideniye,
Internet, gazeta, jurnallarni reklama va e’lonlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ularda
ijtimoiy-ommabop xizmat e’lonlari bilan bir qatorda shaxsiy mazmundagi e’lonlar
ham kam emas. E’lon va reklamalar ko`rsatiladigan xizmat, bajariladigan ish, amalga
69
oshiriladigan tadbirlar, sotiladigan, almashtiriladigan mahsulotlar haqida tezkor va
muhim ma’lumotlar beribgina qolmasdan, turdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
yoki xizmat ko`rsatuvchi korxona, tashkilot, muassasalar o`rtasida ijobiy raqobat
yuzaga kelishi uchun ham xizmat qiladi. Matbuot sahifalarida beriladigan yoki
jamoat joylarida chiqarib quyiladigan e’lonlar mazmunan va hajman turli-tuman
bo`lsa-da, ular uchun umumiy bo`lgan zaruriy qismlar mavjud. Ular quyidagilar:
- axborot nomi - e’lon;
- e’lon qilinayotgan tadbirning o`tkazilishi vaqti va joyi;
- tadbir haqida qisqacha ma’lumot;
- e’lon beruvchi tashkilot nomi, manzili, telefoni.
NAMUNA
|