• DALOLATNOMA
  • Namuna tarjimayi hol




    Download 82,8 Kb.
    bet15/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi82,8 Kb.
    #158583
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
    Bog'liq
    Namuna tarjimayi hol

    BERDIYEV H.X. 

    TOPSHIRIQLAR 
    1.

    Mavzu va uning zaruriy qismlarini diqqat bilan o`qing.


    2.

    Mavzuni hayotiy misollar bilan hikoya qilib bering.


    3.

    Mavzuga doir namunadan foydalanib, xizmat ko`rsatishga doir shartnoma


    namunalarini tayyorlang. 


    DALOLATNOMA 
    Dalolatnoma ham kundalik hayotimizda ko`p qo`llanadigan hujjatlar sirasiga 
    kiradi. Dalolatnoma, odatda, ma’lum muassasa, korxona, tashkilot yoki ayrim
    shaxslar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan biror-bir voqea-hodisa, xatti-harakat yoki 
    mavjud holatni tasdiqlash maqsadida kamida uch kishi tomonidan tuzilib
    imzolanadigan hujjatdir.
    Dalolatnoma ikki yoki uch nusxada tuzilishi mumkin. Dalolatnomada
    tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar, 
    texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati o`z aksini topishi lozim. Chunki
    dalolatnomada qayd etilgan holat, dalillar ma’lum korxona, bo`lim yoki shaxs, uning 
    yashash sharoiti, iqtisodiy imkoniyati, faoliyati haqida tegishli xulosa chiqarish uchun
    imkoniyat beradi. Bu hujjat tegishli joylarda taftish o`tkazilganda, rahbarlar yoki 
    moddiy javobgar shaxslar almashayotganda, moddiy boyliklar bir javobgar shaxsdan
    ikkinchisiga yoki bir joydan boshqa biriga o`tkazilayotganda, yangi qurilgan 
    binolarni qabul qilib olishda, korxonaga tegishli asbob-uskuna, jihoz va buyumlarni
    hisobdan o`tkazish, hisobdan chiqarish, ish jarayonida yoki ishdan tashqari vaqtda 

    67
    yuz bergan baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlarning oqibatlari tekshirilganda, tibbiyot 


    sohasida, sud-tergov ishlarida, ishchi va xizmatchilarning iqtisodiy hamda yashash


    sharoitlari o`rganib chiqilgandan so`ng tuziladi. 
    Dalolatnoma tuzilgach, o`sha vaqtning o`zidayoq komissiya a’zolari,
    ishtirokchilar yoki guvohlar nazorati ostida rasmiylashtirilib, ularning ham imzolari 
    bilan tasdiqlanadi. O`rganilib, dalolatnoma tuzilgan sohaga doir qo`shimcha hujjatlar
    bo`lsa, unga ilova qilinadi va dalolatnomada ilova hujjatlar nomi, hajmi qayd etiladi. 
    Dalolatnomalar tasdiqlanayotgan voqea-hodisalar mazmuni yoritilishiga ko`ra
    turli hajmda rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq ularning barchasida qamrab olinishi 
    lozim bo`lgan zaruriy qismlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
    - muassasa, korxona yoki tashkilot nomi; 
    - hujjat nomi – dalolatnoma;
    - tuzilgan sana va joy; 
    - dalolatnomani tuzish uchun asos bo`lgan hujjat (buyruq, qaror, ko`rsatma, ariza,
    farmoyish va hokazo); 
    - komissiya tarkibi (rais va a’zolarning lavozimi, familiyalari, ismlari);
    - matn (tasdiqlanayotgan voqea-hodisa yoki mavjud holatning batafsil bayoni); 
    - ilovalar ro`yxati, ularning hajmi;
    - dalolatnoma tuzuvchilar, ishtirok etuvchilar yoki guvohlarning imzolari, 
    familiyalari, ismlari.

    Download 82,8 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Download 82,8 Kb.