|
NAMUNA
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi
|
bet | 16/24 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #158583 |
Bog'liq Namuna tarjimayi holNAMUNA
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi
Guliston davlat universiteti
Universitet arxivi holati va
faoliyatini o`rganish haqida
DALOLATNOMA
2004-yil 28-may.
Gulistin shahri.
Asos: universitet bo`yicha 2004-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va
faoliyatini o`rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.
Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig`i
A.M.Uzoqov
raisligida
hamda
huquqshunos-maslahatchi
F.B.Valixo`jayeva,
ma’naviyat va ma’rifat bo`limi bishlig`i X.To`xtayev, maxsus bo`lim boshlig`i
A.A.Toshpo`latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida
komissiya tuzildi. Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo`lgan muddat
davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o`rganib chiqib,
quyidagilarni aniqladi:
1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to`qqiz qavatli binoning to`qqizinchi
qavatidan bir qancha xonalardan ibirat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi uchun
metali tokchalar o`rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan.
2. Devonxonaning arxiv bo`limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius, 1 EHM
operatori shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik arxivarius
68
lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan
va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo`qolgan.
3. Universitet arxivining avvalgi – harbiy kafedra bilan birga joylashgan
binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha
bog`lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-,
1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo`kib,
yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to`liq ro`yxati dalolatnomaga ilova
qilinadi)
4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog`liq 204 nusxadagi hujjat,
shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko`ra yaroqsiz holga kelib qolganligi
yoki yo`qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va arxiv
xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi bildirishnomasi
dalolatnomaga ilova qilinadi)
5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog`liq 21
nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi
yoki yo`qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va
arxiv
xodimlarining
yaroqsiz
hujjatlarni
hisobdan
chiqarish
to`g`risidagi
bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar
uchun qulay joyga ko`chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va
imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7. Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro`yxati va ikki
betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.
Komissiya raisi: imzo UZOQOV A.M.
Komissiya a’zolari: imzo VALIXO`JAYEVA F.B.
imzo TO`XTAYEV X.
imzo TOSHPO`LATOV A.A.
imzo BOLTAYEV M.
|
| |