• O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash
  • Namuna tarjimayi hol




    Download 82,8 Kb.
    bet12/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi82,8 Kb.
    #158583
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
    Bog'liq
    Namuna tarjimayi hol

     

     

    63



    NAMUNA 


     

    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi 

    GULISTON davlat universiteti 
    Samarqand shahri 


    2005-yil 2-may 99-ij raqamli

    BUYRUQ 



    O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, 

    filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin 

    Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash 

    to`g`risida. 

     
    Samarqand viloyat hokimligining 2005-yil 22-martdagi 66-K raqamli 
    “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor
    Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosini 
    ta’minlash hamda taniqli adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov tavalludining 75
    yilligini nishonlash bilan bog`liq tadbirlarning yuqori saviyada o`tkazilishini 
    ta’minlash maqsadida

     

    B Y U R A M A N: 

     

    1. Taniqli adabiyotshunos olim, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi,
    filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligi 
    universitet miqyosida keng nishonlansin.

    2. Professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni
    yuqori savida o`tkazishni tashkil etish uchun quyidagi tarkibda ishchi guruhi 
    tuzilsin:
    2.1. Professor Shirinov T.Sh. – rektor, ishchi guruhi raisi. 
    2.2. Professor Muhidinov M.Q. – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha birinchi
    prorektor, rais o`rinbosari. 
    2.3. Professor Soliyev A.S. – o`quv ishlari bo`yicha prorektor, a’zo.
    2.4. Professor Qodirov M.Q. – ilmiy ishlar va informatsion texnologiyalar bo`yicha 
    prorektor, a’zo.
    2.5. Pardayev I.R. – va tadbirkorlik ishlari bo`yicha prorektor, a’zo. 
    2.6. Professor Karimov S.A. – o`zbek filologiyasi fakulteti dekani, a’zo.
    2.7. Akademik Valixo`jayev B.N. – o`zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, a’zo. 
    2.8. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri, a’zo.
    2.9. Professor Mirzayev S.Z. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo. 


    3. Ishchi guruhiga:
    3.1. 2005-yil 26-may kuni universitetda professor Nuriddin Shukurov tavalludining 
    75 yilligiga bag`ishlangan respublika ilmiy konferensiyasi o`tkazish;
    3.2. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo`limi bilan 
    hamkorlikda fakultetlarda adib hayoti va ijodiga bag`ishlsngan adabiy-badiiy
    kechalar, davra suhbatlari tashkil qilish; 

    64
    3.3. Professor Nuriddin Shukurov xotirasini abadiylashtirish maqsadida o`zbek 


    filologiyasi fakultetida professor Nuriddin Shukurov nomidagi o`quv xonasi


    tashkil etish va uni jihozlash kabi tashkiliy vazifalar yuklatilsin. 


    4. Adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan
    konferensiyaning dasturiga kiritilgan mualliflarning maqola va ma’ruzalar 
    materiallarini tanlash, ularni nashr qilish uchun tavsiya etish bo`yicha takliflar
    tayyorlash uchun quyidagi tarkibda dasturiy qo`mita tuzilsin: 
    4.1. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri,
    dasturiy qo`mita raisi. 
    4.2. Dotsent Absamiyev H.A. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo.
    4.3. Dotsent Hasanov Sh.A. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo. 
    4.4. F.f.n. Nosirov A.N. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, mas’ul kotib.

    5. Konferensiya materiallari(maqolalar to`plami)ni chop etish uchun quyidagi
    tarkibda tahririyat hay’ati tuzilsin: 
    5.1. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri,
    mas’ul muharrir. 
    5.2. Meliyev Q.Y. – nashr-matbaa markazi boshlig`i, a’zo.
    5.3. Tohirov S.Q. – tahrir-nashriyot bo`limi boshlig`i, a’zo.
    5.4. Nosirov A.N. – mas’ul kotib.

    6. Konferensiyaning dasturi va taklifnomasini tuzish hozirgi zamon o`zbek adabiyoti
    kafedrasi a’zolari zimmasiga, dastur va taklifnomalarni konferensiya 
    ishtirokchilariga yuborish universitet ma’naviyat va ma’rifat bo`limiga
    yuklatilsin. 
    Muddati – 2005-yil 10-maygacha.

    7. Konferensiyada o`qish uchun tavsiya qilingan eng yaxshi ma’ruzalar materiallari,
    maqolalarni nashr etishga tayyorlash ilmiy ishlar va informatsion 
    texnologiyalar bo`yicha prorektor M.Q.Qodirovga hamda nashr-matbaa
    markazi boshlig`i, Q.Y.Meliyevga yuklatilsin. 
    Muddati - 2005-yil 10-maygacha.

    8. Professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan respublika
    ilmiy konferensiyasini o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar universitetning 
    budjetdan tashqari mablag`lari hisobidan qoplansin.


    Download 82,8 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




    Download 82,8 Kb.