• ABDULLAYEV A.E. TOPSHIRIQLAR
  • ISHONCH XATI
  • Namuna tarjimayi hol




    Download 82,8 Kb.
    bet9/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi82,8 Kb.
    #158583
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    Namuna tarjimayi hol

    NAMUNA 

    TILXAT 

     
    Men, GULISTON davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy 
    matematika bo`limi III kurs “A” guruhi talabasi Abdullayev Abdumalik Erkinivich,
    ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha fakultet dekani o`ribosari Rozmurodov 
    Do`stmurod Azizovichdan talabalar spartakiadasida voleybol bo`yicha ishtirok
    etayotgan fakultet terma jamoasi a’zolari uchun 12 dona yangi sport kiyimi, bir dona 
    voleybol to`pi oldim. Kiyimlar va to`pni sport musobaqalari tugagach dekanatga
    keltirib topshirishni o`z zimmamga olaman. 
    2007.18.01. imzo ABDULLAYEV A.E. 

    TOPSHIRIQLAR 
    1.

    Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o`qing.


    2.

    Mavzu bo`yicha tushunganlaringizni og`zaki hikoya qiling va turmushda yuz


    bergan holatlar bilan qiyoslang. 

    59
    3. 


    Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida


    talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz 
    haqida, o`tkazilgan sport musobaqalarida talabalar kiyadigan sport kiyimlari,
    anjomlari olganlingiz haqida, o`rtog`ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz 
    olganlingiz haqida, qo`shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish
    uchun olganligingiz haqida va hokazo. 


    ISHONCH XATI 
    Bu hujjat ish qog`ozlari yuritish jarayonida ishonch xati, ishonchnoma, 
    vakolatnoma kabi atamalar bilan yuritilib kelinmoqda. Bizningcha, ish yuritish
    sohasida mazkur hujjatni bir atama bilan nomlash zarur. Xuddi tilxat kabi ishonch 
    xati atamasi bilan yuritish maqsadga muvofiqroq ko`rinadi. Shunga ko`ra biz bu
    hujjatni ishonch xati deb nomlanishi tarafdorimiz. Ishonch xati biror bir korxona, 
    muassasa, tashkilot yoki shaxs nomidan ish ko`rish huquqini beradigan rasmiy
    hujjatdir. Ishonch xati xizmat vazifasi yuzasidan yoki shaxs tomonidan berilganligiga 
    ko`ra xizmat ishonch xati va shaxsiy ishonch xati turlariga bo`linadi. Xizmat ishonch
    xati bilan vakolatga ega bo`lgan shaxs uni bergan korxona, muassasa, tashkilot 
    nomidan mol-mulkni boshqarishi, pul, qimmatbaho buyumlar, jihozlar, asbob-
    uskunalarni olishi, sud idoralarida ish olib borishi va berilgan vakolat doirasida 
    boshqa ishlarni bajarishi mumkin. Shaxsiy ishonch xati orqali maosh, stipendiya,
    pensiya, nafaqalarni olish, hovli-joy, xonadon, transport vositalaridan foydalanish va 
    ularning oldi-sotdisi bilan shug`ullanish hamda ular bilan bog`liq bo`lgan boshqa
    ishlarni amalga oshirish huquqi beriladi. Har ikkala turdagi ishonch xatlari ham 
    ma’lum muddatga berilib (masalan, bir necha kundan uch yilgacha), ishonch xati
    beruvchi kishining imzosi u ishlayotgan korxona yoki notarial idoralar tomonidan 
    muhr bilan tasdiqlanadi. Ishchi, xizmatchi xodimlar, talabalar, keksa kishilar
    tomonidan kundalik turmushda shaxsiy mazmundagi ishonch xatlarini yozish ko`proq 
    kuzatiladi. Shunga ko`ra har bir savodxon kishi shaxsiy mazmundagi ishonch xati
    matnini to`g`ri yoza bilishi lozim.
    Shaxsiy ishonch xatining zaruriy qismlari: 

    -  hujjat nomi - ishonch xati;


    - ishonch xati beruvchi shaxsning ish, o`qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, 
    ismi, otasining ismi;
    - ishonch xati oluvchi shaxsning ish, o`qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, 
    ismi, otasining ismi;
    - ishonch xati berilishidan ko`zda tutilgan maqsad, bajariladigan vazifalar, ishonch 
    bildirilgan muddat;
    - ishonch xati beruvchining imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi, hujjat yozilgan 
    sana;
    - ishonch xati bergan shaxsning imzosini tasdiqlovchi tashkilot, notarial idora nomi, 

    mansabdor shaxsning imzosi, familiyasi, ismi.


    - hujjat tasdiqlangan sana va muhr. 

    60




    Download 82,8 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 82,8 Kb.