HISOBOTI
2007-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf
o`quvchilari o`rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o`tkazildi.
Olimpiadada to`rtta to`qqizinchi sinfdan 20 o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada
ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga
doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi.
Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari
Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi.
Tekshirish natijalariga ko`ra IX ”A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball
to`plab birinchi, IX ”D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to`plab
ikkinchi, IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov
Ro`zmurodlarning har biri 80 balldan to`plashib uchinchi o`rinni egallashdi.
Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi
o`rinlarni egallab, g`oliblikni qo`lga kiritgan IX “A” sinf o`quvchisi Madaminov
Ramazon va IX “D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo`yicha
Samarqand shahar o`rta umumta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan
ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli
uchinchi o`rinni egallashgan IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf
o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo`limi faxriy yorlig`i bilan
taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
tegishli nizom qoidalariga to`la rioya etilgan holda o`tkazildi.
Kimyo
fani
o`qituvchisi:
imzo
ELOMONOVA
M.
2007.27.01.
TOPSHIRIQLAR
1.Mavzuni hamda uning zaruriy qismlarini o`qing.
2.Hisobot, uning vazifasi, ahamiyati haqida gapirib bering.
3. Quyidagi mavzular yuzasidan qisqaroq hajmli hisobot namunalari yozing:
maktabda mutaxassisligingiz bo`yicha o`tkazilgan o`quvchilar olimpiadasi haqida
hisobot, amaliyotchi talaba sifatida maktabda o`tilgan pedagogik amaliyot haqida
hisobot, guruh rahbari sifatida talabalar bilan olib borgan yarim yillik ma’naviy-
62
ma’rifiy ishlar yuzasidan hisobot, sinf rahbari sifatida o`quvchilar bilan Urganch
shahriga uyushtirilgan sayohat haqida hisobot, o`tkazilgan shanbalik natijalari
bo`yicha hisobot va hokazo.
BUYRUQ
Buyruq korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan chiqariladigan rasmiy
hujjat. Uning asl nusxasi O`zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus xos
qog`oz(blank)ga rasmiylashtiriladi. Dastlab mutasaddi shaxs tomonidan tegishli
mavzuga doir buyruq loyihasi tayyorlanadi va unga soha bo`yicha javobgar shaxslar,
mutaxassislarning roziligini ifodalovchi yozuvlar bilan imzolari to`planadi. Korxona
rahbari buyruq loyihasini "buyruqqa", "buyruq uchun" deb imzolagandan so`ng
devonxona yoki xodimlar bo`limida ro`yxatga olingan sana va tartib raqami bilan
buyruq chiqariladi va u qonuniy kuchga kiradi. Yuqori tashkilotning buyrug`i quyi
tashkilotlar uchun, tashkilotning o`zida chiqarilgan buyruqlar uning barcha xodimlari
uchun bajarilishi shart bo`lgan hujjatdir. Zarurat bo`lganda chiqarilgan buyruqdan
ko`chirma berilishi mumkin.
Buyruqda korxonada amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar hamda
kundalik vazifalar o`z aksini topadi.
Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1. Korxona faoliyatiga doir buyruqlar. 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar.
Har ikki turdagi buyruqlar ham ketma-ket tartibda sana va raqamlar bilan
rasmiylashtirib boriladi. Birinchi turdagi buyruqlarda korxona faoliyati bilan bog`liq
barcha ishlarni tashkil etish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish, mablag` bilan
ta’minlash, rejalashtirish, hisobot va hokazolar o`z ifodasini topadi. Buyruqlar
vazifasiga ko`ra raqamlar bilan bir qatorda maxsus qisqartmalar bilan ham yuritiladi.
Masalan, xizmat safarlari (XS) haqida bo`lsa, 00-XS, ijro(IJ) etish to`g`risida bo`lsa,
00-IJ, moliyaviy(M) masalalar bo`yicha bo`lsa, 00-M, kadrlar – xodimlar(K yoki X)
shaxsiy tarkibiga oid bulsa, 00-K, talabalar(T) haqida bo`lsa 00-T kabi va hokazo.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bo`shatish,
boshqa lavozim yoki ishga o`tkazish, rag`batlantirish, mehnat ta’tili berish, mehnat
ta’tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi. Buyruqning zaruriy qismlari:
- davlat gerbi, vazirlik nomi va korxona nomi yozilgan xos qog`oz;
- buyruqning nima haqdaligi yoki buyruqning sarlavhasi;
- rasmiylashtirilgan sana, buyruq tartib raqami va joyi;
- hujjat nomi – buyruq;
- matn (buyruq mazmuni va shu asosda bajariladigan vazifalar, qo`yiladigan
talablar va hokazo);
- buyruq ijrosini nazorat qiluvchi;
-
buyruq uchun asos bo`lgan hujjatlar;
-
buyruq loyihasini tayyorlovchining lavozimi, familiyasi, ismi;
-
korxona rahbarining lavozimi, imzosi, munosabat belgisi, familiyasi,
ismi;
-
buyruqqa rozilik bildirgan mutasaddilarning imzolari, familiyasi, ismi
(huquqshunos, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, moliya-rejalashtirish bo`limii boshlig`i,
rahbar o`rinbosarlari va boshqalar).
|