9. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha birinchi
prorektor professor M.Q.Muhidinovga topshirilsin.
Asos: ma’naviyat va ma’rifat bo`limi boshlig`i X.To`xtayev tayyorlagan buyruq
loyihasi, prorektorlar: Muhidinov M.Q., Soliyev A.S., Qodirov M.Q.,
Pardayev I.R., huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo`jayevalarning roziliklari
va rektor T.Sh.Shirinovning munosabat belgisi.
REKTOR SHIRINOV T. Sh.
TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzuni va uning zaruriy qismlarini o`qib o`rganing.
2.
Mavzu mazmunini og`zaki hikoya qiling.
65
3.
Berilgan buyruq namunasidan foydalanib, ishga qabul qilish, ishdan bo`shatish,
ta’til vaqtini o`zgartirish, xizmat safariga yuborish, yaxshi ko`rsatkichlari uchun
xodimni moddiy rag`batlantirish to`g`risida buyruq loyihalarini tayyorlang.
SHARTNOMA
Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy
munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni
nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar,
xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar
yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar
joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya
qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan
korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar o`z
mazmuni va mohiyatiga ko`ra amaldagi qonunlarga to`la mos bo`lishi shart.
Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so`ng yoki notarial idora tomonidan
tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo`llanishda
bo`lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning
ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari
esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har
safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda ko`p qo`llanishda bo`lishini hisobga olib talabalar o`rganishlari
uchun korxona va fuqaro o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning
zaruriy qismlariga to`xtalamiz. Ular quyidagilar:
- hujjat nomi - mehnat bitimi;
- hujjat tuzilgan sana va joyi;
- bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi,
fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari);
- ishning bajarilish muddati, to`lanadigan haq, to`lanish muddati va tartibi;
- ish sifatiga qo`yiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi;
- tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va
muhr;
- ilovalar ro`yxati.
|