Tanlov g`oliblariga quyidagi mukofotlar belgilangan:
1-mukofot (I darajali diplom va eng kam oylik maoshning 50
barobari miqdorida pul.
2-mukofot (II darajali diplom va eng kam oylik maoshning 25
barobari miqdorida pul.
3-mukofot (III darajali diplom va eng kam oylik maoshning 15
barobari miqdorida pul.
Tanlov goliblarining darslik yoki o`quv qo`llanmalari ikkinchi va undan
keyingi nashrdan chiqqan taqdirda, ularga ilmiy unvon va ilmiy darajalar berishga
tavsiya qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan adabuyotlar ro`yxati 2004-yil15-avgustgacha,tanlov
natijalari esa 2004-yil 1-oktabrgacha,”O`qituvchilar va murabbiylar kuni” ommaviy
axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Darslik va o`quv qo`llanmalar tegishli hujjatlar bilan joriy yilning 1-
avgustigacha tanlov komissiyasiga taqdim etilishi zarur.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va
o`rta maxsus maktab muammolari institute.
Telefonlar: 144-89-64, 144-52-89, 41-13-01.
TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzu va uning zaruriy qismlarini o`qib, o`rganing.
2.
Mavzu va uning dolzarbligi, jamiyat va insonlar hayotida tutgan o`rni haqida
gapirib bering.
3. Quyidagi mavzularda e’lon namunalarini yozing, ularning mazmunan va
bezatilishi jihatidan kishilar diqqatini tortishiga e’tibor bering:
a) korxona kasaba uyushmasi qo`mitasining hisobot-saylov yig`ilishi o`tkazilishi
haqida;
b) O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning yangi yil oldi konserti to`g`risida;
d) yangi tashkil etilgan qurilish tashkilotining faoliyat turlari haqida va hokazo.
MAJLIS BAYONI
Majlis bayoni yoki bayonnoma anjuman, majlis, yig`ilish, kengash va boshqa
shu kabi tadbirlarning borishini, unda ishtirok etuvchilar, qatnashchilarning nutq va
chiqishlari hamda shu yig`inda qabul qilingan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjat
hisoblanadi. Bu hujjat yaqingacha protokol, bayonnoma, majlis qarori, majlis bayoni
kabi atamalar bilan ham yuritilib kelindi. Umuman olganda, majlis bayoni deb atash
ko`proq maqsadga muvofiq keladi. Majlis bayonini yozish shu yig`in uchun
saylangan yoki yig`ilish hujjatlarini rasmiylashtirib borish uchun doimiy tayinlangan
kotibning vazifasiga kiradi.
71
O`tkazilgan har qanday yig`ilish uchun ham majlis bayoni yozilavermaydi.
Muntazam o`tkaziladigan, oldindan rejalashtirilgan, tegishli kun tartibi belgilangan
yig`ilishning majlis bayoni kotib tomonidan imkoni boricha to`liq yozib
boriladi.To`g`ri, oldindan rejalashtirilmagan, zudlik bilan o`tkaziladigan yig`ilishlar
ham bo`lishi mumkin. Bunday hollarda yig`ilish ishtirokchilari yig`ilish hay’ati
a’zolari bilan bir qatorda yig`ilish kotibini ham saylab oladilar.
Yig`ilishlar o`tkazilishining ham bir qancha tartiblari bor, albatta. Mavzu
bo`yicha ma’ruzachi tayinlanadi, uning nutqi va muhokamada chiqishlar uchun vaqt
belgilanadi. Muhokamadan so`ng yig`ilish ishtirokchilarining ko`pchiligi tomonidan
ma’qullangan xulosalar asosida mavzu bo`yicha qaror qabul qilinadi. Shu tariqa
yig`ilish kun tartibidagi boshqa masalalar bo`yicha ham chiqishlar, muhokama va
munozaralar o`tkazilib, ular yuzasidan ham qarorlar qabul qilinadi hamda bu jarayon
majlis bayonida o`zining to`liq ifodasini topadi.
Majlis bayonlari korxonada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo`l
qo`yilgan kamchiliklar, rejalashtirilayotgan yangi tadbirlar, ular bo`yicha bildirilgan
fikr-mulohazalar, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini ta’minlash bo`yicha
ko`zda tutilgan ishlar majmuidan iborat bo`lib qolmasdan, korxona tarixi, ishlab
chiqarishning rivojlanishi va o`sishi, xodimlar faolligi, ularni rag`batlantirishning
ahvoli, korxonada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy
tadbirlarni aks ettiruvchi muhim hujjat hamdir. Texnika rivojlangan bugungi
sharoitda majlis bayonlari stenografik yoki kompyuterda yozishdan tashqari,
fonografik va videotasvirlar orqali ham qayd etib borilmoqda.
Hujjatchilikda majlis bayonidan ko`chirma ham muhim o`rin tutadi. Ba’zan
muhokama etilgan barcha masalalar bo`yicha emas, balki ayrim bir masala yuzasidan
ko`chirma talab etiladi. Majlis bayonidan ko`chirma olinganda uning talab qilingan
masalaga oid qismi - asosiy nutq, muhokamadagi chiqishlar hamda mavzu yuzasidan
qabul qilingan qarorlar qismi yig`ilish raisi va kotibi imzosi bilan tasdiqlangan holda
beriladi.
Majlis bayonining zaruriy qismlari:
- yig`ilish o`tkazilayotgan korxona, tashkilot, muassasa nomi;
- hujjat nomi - majlis bayoni (yoki majlis bayonidan ko`chirma);
- yig`ilish o`tkazilgan sana, tartib raqami, joyi;
- yig`ilish raisi va kotibning familiyasi, ismi;
- matn: 1) yig`ilish ishtirokchilari ro`yxati yoki ularning soni; 2) yig`ilish kun tartibi;
3) eshitildi (masala bo`yicha ma’ruzachining familiyasi, ismi va nutqi); 4)
so`zga chiqdi (muhokamada qatnashganlarning familiyasi, ismi, fikr-
mulohazalari); 5) qaror qilindi (har bir masala bo`yicha chiqarilgan xulosalar
asosida qabul qilingan qarorlar);
- ilovalar (ma’ruza bo`yicha qo`shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, hisobot,
ma’ruza matni, jadval va boshqalar);
- yig`ilish raisi va kotibning imzolari, familiyasi, ismi.
NAMUNA
Aliser Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya
fakulteti rus filologiyasi bo`limi ikkinchi kurs “A” guruhi
talabalarining 2007-yil 12-sentabr kuni bo`lib o`tgan kasaba
72
uyushmasi a’zolari yig`ilishining 1-sonli
|