• SO`ZGA CHIQDI
  • QAROR QILINDI
  • Namuna tarjimayi hol




    Download 82,8 Kb.
    bet20/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi82,8 Kb.
    #158583
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    Namuna tarjimayi hol

    MAJLIS BAYONI 
    QATNASHDILAR: 27 kasaba uyushmasi 
    a’zosidan 26 kishi. Bir kishi betobligi
    tufayli yig`ilishda ishtirok etmadi.


    K U N T A R T I B I: 
    1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2005-2006-o`quv yilida guruhda 
    amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o`quv yili uchun ish
    rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash.. Ma’ruzachi – Dorf T.V. 
    2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Kamolot”
    YIH yetakchisi Urcheva L.A.
    3. Har xil masalalar.

    ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig`ilish
    kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi 
    byurosi tomonidan o`tgan o`quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl
    to`xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U 
    so`zining oxirida yig`ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining
    yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng 
    yig`ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o`tgan o`quv yili
    davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini 
    hamda byuroning yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejsini muhokama
    qilishdi.


    SO`ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar
    mazkur masala yuzasidan so`zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining 
    ishlari haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini
    o`tgan o`quv yilida yaxshi faoliyat ko`rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta 
    saylash taklifini bildirishdi. Yig`ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish
    rejasi bo`yich bildirgan qo`shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi. 


    QAROR QILINDI: 
    1. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorfning byuro tomonidan 
    2005-2006-o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun
    qabul qilinsin(yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi). 
    2. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi
    byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o`tgan o`quv yilida yaxshi 
    ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin. 
    3. Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2006-2007-o`quv yili uchun 
    mo`ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin (ish
    reja majlis bayoniga ilova qilinadi). 



    Download 82,8 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 82,8 Kb.