NAMUNA
O`zbekiston Respublikasi Oliy va
o`rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universiteti
2007-yil 12-yanvar N 131
Universitet xiyoboni, 15.
MA’LUMOTNOMA
To`xtasinov
Abduhakim
Shomurodovich
Samarqand
Shomurodovich
Samarqand
davlat
universitetining
fakulteti
sirtqibo`lim
ikkinchi
mutaxassislikyo`nalishi to`rtinchi kurs talabasi hisoblanadi. U 2007-yil 2-yanvardan
12-yanvargacha qishki imtihonlar sissiyasi mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Ma’lumotnoma Samarqand viloyati Narpay tumanidagi ikkinchi g`isht zavodi
ma’muriyatiga taqdim etish uchun berildi.
SamDU talabalar
Bo`limi boshligi: imzo Hasanov O.U.
Muhr
TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzu va uning zaruriy qismlarini o`qib chiqing.
2.
Mavzu bo`yicha tushunganlaringizni og`zaki hikoya qiling.
3.
Mavzu bo`yicha bir necha ma’lumotnoma namunalarini tuzing.
BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma xodimning ma’muriyatga, korxona, tashkilot, muassasa
rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda yuz bergan uzilishlar, yo`l
qo`yilgan biror bir kamchilik, nuqson, shuningdek mehnat ta’tilidan, homiladorlik
ta’tilidan, betoblikdan so`ng vazifasini bajarish uchun ishga chiqqanligini ma’lum
qilish to`g`risida taqdim etadigan yozma axboroti. Shuningdek, bildirishnomalar quyi
bo`g`in mutasaddilari tomonidan o`qish, ish, ilmiy, ijodiy va jamoat ishlaridagi
faolligi uchun talaba, ishchi, xizmatchi xodimlarni moddiy yoki ma’naviy
rag`batlantirish haqida korxona rahbari nomiga yozilishi ham mumkin.
Bildirishnomalar yuqori idora, rahbarlik qiluvchi tashkilotlar, mansabdor
shaxslarga ham yo`llanishi mumkin.
75
Shunga ko`ra bildirishnomalar tashqi va ichki bildirishnomalar kabi turlarga
bo`linadi.
Korxonadan
tashqariga
yo`llanadigan
bildirishnomalar
tashqi
bildirishnomalar sanalsa, korxona doirasida qo`llanadigan bildirishnomalar uning
ichki turiga mansub bo`ladi. Ish qog`ozlari yuritish jarayonida ko`proq ichki
bildirishnomalardan foydalaniladi. Ichki bildirishnomalar odatda qo`lda yoziladi.
Ehtiyoj va imkoniyat bo`lganda yoki fakultet, bo`lim rahbariyati nomidan boshqaruv
rahbariyatiga yuborilayotganda kompyuterda yozilishi ham mumkin. Bunday
bildirishnomalarda yaxshi xizmatlari uchun xodimlarning nomzodi moddiy,
ma’naviy rag`batlantirishga tavsiya etilsa, yol qo`yilgan nuqsonlar uchun uni
yozishga sabab bo`lgan voqea, holat, xatti-harakat bayon etilib, unga munosabat
hamda takliflar aks ettiriladi.
Ichki bildirishnomalarining zaruriy qismlari:
- hujjat taqdim etilayotgan tashkilot, korxona, muassasa nomi, rahbarining
lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
- hujjat yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining
ismi;
- hujjat nomi – bildirishnoma;
- matn (unda ma’lum qilinayotgan voqea-hodisa, yo`l qo`yilgan kamchilik,
nuqson, erishilgan yutuqlar, unga munosabat hamda takliflar aks etadi);
- ilovalar ro`yxati (kasallik varaqasi, ma’lumotnoma, tushuntirish xati va
boshqalar);
- bildirishnoma yozayotgan shaxsning, familiyasi, ismi, imzosi va yozilgan
sana.
NAMUNA
GULISTON
davlat universiteti rektori
professor A.M.Eminovga
filologiya fakulteti o`zbek filologiyasi
bo`limi o`zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi
G.Dushayevadan
|