|
«Научный импульс» Декабрь, 2022 2382 informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning xususiy metodikasiBog'liq Ro\'ziqulova Rano Ermamat qizi часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
2383
kunda bolalar faqatgina kompyuter mavjudligini bilish bilan cheklanib qolmasliklari kerak, u
haqida faqatgina tasavvurga ega bo’lmay, balki u erkin ishlashlari, ushbu texnikani
qo'llashni bilishlari kerak. Informatika - bu ob'ektlar yoki jarayonlar haqida emas, balki
ularni avtomatlashtirish, yaratish va faoliyatining usullari, vositalari va texnologiyalari
haqidadir. Bu fan nafaqat uning chuqur o'rganilishini, balki o'z bilimlarini modernizatsiya
qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni amaliy qo'llay olishni hamda olingan bilimlarni
optimallashtirishni ta'minlaydi. Informatika darslarida dunyoni tizimli qabul qilish,
tabiatdagi va ijtimoiy sohalardagi xodisalarni umumiy aloqadorligini isloh qilish tasavvurlari
rivojlanadi. Uning darajasi asosan axborotni tezda qayta ishlash va unga asoslanadigan
qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan belgilanadi, bu o’quvchilar uchun qo'shimcha
imkoniyatlar talab qiladi. O’qituvchilardan esa barcha yangi usullar va ta'lim vositalaridan
foydalanishni.
Maktab informatika fanining mazmuni muayyan darajada fanning rivojlanish
darajasiga va jamiyat talablariga javob berishi kerak. Xisoblash texnikasining rivojlanishi,
birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotining tez suratlarda
yangilanishi inson faoliyatining barcha sohalariga tarqalishiga sababchi bo’lmoqda. Bu esa
o’z navbatida informatika fanini bolalarga mukammal darajada etkazib bera oladigan,
yuqori sifatli axborot texnologiyalari bilan o'qitishga qodir bo'lgan mutaxassislarni
tayyorlash va qayta tayyorlash zarurligini ko’rsatmoqda. Yangi kompyuter texnologiyalari
paydo bo'lishi, shuningdek, informatika fanlari ta'limi doirasida ta'lim mavzularining
kengayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Kompyuter texnologiyalari shu darajada tez
rivojlanmoqdaki ta’lim qanchalik harakat qilmasin undan bir qadam orqada qoladi.
Xususan, ACM va Compyuter Science kabi qo’mitalarning yakuniy xulosalariga ko’ra
informatika fanini o’qitishda bir qancha mavzular ahamiyatli deb topilgan va bunda so’nggi
yillarda amalga oshirilgan texnik o’zgarishlar hisobga olingan
Informatika fani jamiyatni yanada rivojlantirish jarayonlariga tobora ko'proq ta'sir
ko'rsatmoqda. Jamiyatning umumiy salohiyatini va uni rivojlantirish istiqbollarini
belgilovchi
omillarga
aylanmoqda.
Jamiyatni
axborotlashtirish
-
zamonaviy
sivilizatsiyasining eng muhim tarkibiy qismidir. Informatika fani tabiat va jamiyatdagi
axborot va axborot jarayonlari bo'yicha asosiy texnik jihatdan fundamental fanga
aylanmoqda. Bundan buyon maktab informatika kursining umumiy ta'lim va amaliy
ahamiyati tobora o'sib boraveradi. Bu kurs katta gumanitar salohiyatga ega. U yosh avlodni
axborot jamiyatidagi samarali faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Informatika o`qitish metodikasi pedagogikaning informatika fanini umumta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiya
fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiqot qiluvchi bo`limi hisoblanadi. Informatika fanini
o`qitish quyidagi maqsadni ko`zda tutadi: o`quvchilarga informatika fanini ijodiy o`qitish va
o`zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash
bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalari bilan qurollantirish; o`quvchilarni informatika sohasi
bo`yicha turli tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o`tkazishga
Международный
научный
журнал
№
5
(100),
|
| |