Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
2382
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISHNING XUSUSIY
METODIKASI
Navoiy viloyati Karmana tumani
1-umumiy o'rta ta'lim maktabi
informatika fani o'qituvchisi
Ro'ziqulova Rano Ermamat qizi
texnologiya fani o'qituvchisi
Sodiqova Dilnoza Xikmatovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning
xususiy metodikasining asosiy tamoyillari va texnalogiya fani bilan bog'liqlik sohalari yoritib
berilgan
Kalit so’zlar:
Texnologik ta’lim, Informatika, ACM, Compyuter Science,
axborotlashtirish, kommunikatsiya texnologiyalari.
Mustaqil Respublikamizda
olib borilayotgan islohatlar, siyosiy. iqrisodiy. ilmiy-
texnikaviy va madaniy, sohadagi o'zgarishlar maktab ta'limi tizimida ham o'z
aksini
topmoqda. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tarbiya tizimini yaratish, shu asosida ta'lim sifatini
jahon andozalari darajasiga yetkazish ta'lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi.
Bu esa barcha mutaxassislklar qatori iformatika bo'yicha kadrlar tayyorlash sifatini
oshirishni ham taqozo yetadi. Ushbu dolzarb masalalar Informatika fan dasturi mazmunini
ham o'zgalashtirishga ta'sir etadi. Ta'lim tizimida Infonrlatikani o’qitish metodikasi fanining
o'qitilishi pedagog kadrlarni inrellekrual salohiyatga ega,
mustaqil fiklovchi, zamonaviy
ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo'lishlari
uchun sharoit yaratibgina qolmay, kasbiy faoliyatlarida ta'lim jarayonini rejalashrirish va
tashkil etishda ulardan samarali foydalana olish ko'nikma va malakalarini shakllanririlishiga
asos bo'ladi. Yuqoridagi fikrlar Informatika fanining asosiy mazmunini belgilashga yordam
beradi.
Respublikamizda, yosh avlodning o’z
faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani
yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt
yoki jarayonni
informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi
malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish har bir yosh
avlodga zarurdir. Shuning uchun, o’rta maktab Informatika
fanining birinchi va muhim
vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
Informatika - bu umumta'lim fanidir va unga tizimli nuqtai nazardan qarash kerak, bu
o'rta ta'limning o'ziga xos xususiyatlari va vazifalari bilan belgilanadi. Informatikani fan
sifatida qabul qilinishining qiyinchilik tomoni shundaki undagi masalalar fizika, matematika,
astronomiya fanlariga ham tegishlidir va informatika fanlararo aloqadorlikka ega. Bugungi