196
oldida turgan maqsad va vazifalar rahbarlar va mutaxassislar
tarkibini asoslashga
imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa tuzilmali bo’linmalar xodimlari
o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir.
Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy-
iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari
va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv pog’onalari va
zvenolari soni, chiziqli va funksional boshqaruvning
markazlashuvi darajasi,
boshqaruv bo’limi va funksiyalari tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan
buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p
bo’lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha
qiyin bo’ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida
buzilishning xavfi
shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini
loyihalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv pog’onalari soni optimal
bo’lishiga intilish zarurdir.
Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
–
tizimli
yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va organiga ta’sir qiluvchi iloji
boricha hamma faktorlarni hisobga olish;
–
boshqaruv markazlashuvi va birlamchi bosqichlar mustaqilligining optimal
birligi;
–
oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni
borishi va vaqtning
maksimal qisqarishi;
–
loyihalashtirilayotgan tuzilmada xar bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi va
huquqini to’g’ri aniqlash;
–
boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;
–
xar bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu savolni
yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish.
Boshqaruv apparati tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir.
Apparat
tuzilmasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi kerakki boshqaruv
197
tizimsida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Тezkorlik bilan faoliyat
yurgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot
uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan ma’lumotlarning
buzilishiga
yo’l qo’ymasligi kerak, boshqaruv tizimsida aloqaning uzluksizligini ta’minlash
kerak.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik
shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i
nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani
muvaffaqiyatli
hal qilish korxonalarga, birinchi o’rinda, boshqaruv tizimining
samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish
faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi
tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining
maqsadli tavsifini
kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv
apparatining faoliyatini yaxshilash,
jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini
qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va
ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy
sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv
organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo
sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin: