199
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv
tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib
kelmaydi. Bu erda ko’p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga
bog’liq bo’ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab chiqarish
jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa,
korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar
yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish
va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o’sishi
iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo’naltirilishiga xizmat qiladi hamda
boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi
qilib belgilaydi.
Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni
boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik muhitni
shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot ko’rsatadiki, ijtimoiy-psixologik
muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo’qqa chiqarishi yoki aksincha
kuchaytirishi mumkin.
Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa
bo’lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bo’lishi
mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda o’zi ham
boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur
bo’lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi va boshqaruvning maqsadli
funktsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.