215
jaaryonida axloqiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan
dalolat beradi.
Menejmentda xuquqiy meyorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy meyoriy
xujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga daslvt korxonasi to’g’risida qonun,
tadbirkorlik xaqida, mulk to’g’risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir
korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir
korxona, qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o’ziga xos
xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy qoidalar o’rnatiladi.
Iqtisodiy meyorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo’lgan
iqtisodiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit meyorlari,
ssudalar olish tartibi, amortizatsiya meyorlari, maxsulotning xisoblangan bahosi,
foyda meyori, rentabellik meyori, fondlar uchun to’lovlar, byudjetga to’lovlar,
iqtisodiy rag’batlantirish meyorlari kiradi.
Тashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, alohida bo’linma va shaxslar faoliyati
tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni
qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi.
Estetik talablar va meyorlar ham boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan texnika
vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o’rab turuvchi tashqi muhit
uchun belgilanadi.
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari 12.1-chizmada tasvirlangan.