216
12.1-rasm. Menejment madaniyatining asosiy unsurlari.
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta’minlashning asosiy yo’llari - boshqaruv
ilmini chuqur egallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini muntazam oshirib
borish, o’z faoliyati natijalarini
taxlil etish va tushunish, ijobiy shaxsiy sifatlarni
rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiy
munosabatlarni yangilash institutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlarni
amalga oshirishni, boshqarishning tegishli tarkibiy tuzilmasini yaratishni talab
qilmoqda. Shu sababli iqtisodiy islohotlarning birinchi
bosqichida boshqaruv
tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berildi. Hozir boshqaruvni isloh qilish
umuman va yetarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb aytish uchun asos
bor. Chunki, birinchi bosqichda totalitar tuzumdan demokratik tuzumga,
Menejment madaniyati
Boshqaruv
xodimlari
madaniyati
Boshqaruv
jarayoni
madaniyati
Mehnat sharoiti
madaniyati
Hujjatlar yuritish
madaniyati
Xodim
madaniyatining
umumiy darajasi
Boshqaruvning
zamonaviy
texnologiyasi
Ishlab chiqarish
madaniyati
Ishlab chiqarish
madaniyati
Boshqaruv ilmini
bilish
Boshqruv
mehnatini maqbul
tashkil etish
Ish
joyini tashkil
etish madaniyati
Hujjatlarning
xizmat qilish
muddati
Boshqaruv
san'atini egallash
Boshqaruv
jarayonini
kompleks
mexanizatsiyalash
va avtomat-
lashtirish
Joylashtirish
Hujjatlardan
foydalanishning
qulayligi
Xodimning
shaxsiy va
ishilarmonlik
xislatlari
Xizmat ko‘rsatish
Hujjatlar bilan
xizmat ko‘rsatish
ishonchliligi
Tashrifchilarni
qabul qilish,
telefon orqali
so‘zlashish, maj-
lislar o‘tkazish
madaniyati
Jihozlash
Shovqindan
saqlash
Boshqaruv uslubi
217
markazlashtirilgan tartibdagi qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga,
qattiq mahkamachilik va ma’muriy buyruqbozlikdan iqtisodiy omillar va
rag‘batlantirish choralari asosida o‘zini-o‘zi boshqarishga va o‘zini-o‘zi idora
etishga o‘tish qiyin, ba’zan mashaqqatli bo‘ldi. Bu bosqichda boshqarishning aslida
yangi tizimi vujudga keltirildi. O‘zbekistonda bu sohada tegishli tajriba yo‘q edi va
hatto biron-bir o‘xshash ishlar ham bo‘lgan emas. Bozor
munosabatlari tarkib topib
bo‘lgan va bu yo‘nalishda endigina dastlabki qadamlarni tashlayotgan
mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil etishning turli tizimlari o‘rganildi. Shu asosda
butun xalq xo‘jaligining tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va
hozirgi sharoitlarga mos bo‘lgan o‘z tuzilmalari ishlab chiqildi.
Tanlangan yondashuvlar ko‘p jihatdan tajriba, izlanish tarzidagi yondashuvlar
edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan
ma’muriy buyruqbozlik tizimi tuzog‘idan qat’iyan xalos bo‘lishning, jadal o‘zgarib
borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi muassasalar tizimini tezlik
bilan joriy etishni birdan bir yo‘li deb qaraldi.
Muassasalar sohasidagi (institutsional) o‘zgarishlar jarayonidayoq boshqaruv
mexanizmlari takomillashtirilib borildi, iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalarini
boshqarish borasida ularning xususiyatlariga ancha mos keladigan xo‘jalik
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-
huquqiy shakllar vujudga keldi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimida
boshqarishni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli qabul qilindi.
Boshqaruv tizimini isloh qilish jarayoni bir qancha bosqichlardan o‘tib taraqqiy qildi
va hozir ham takomillashtirilmoqda. Boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida
ko‘plab boshqaruv bo‘g‘inlarining vazifasi o‘zgardi, yangi idoralar tuzildi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat
qiluvchi tizim va uning
ijroiya idoralari tugatildi. Oldingi taqsimot ishlari hamda ularni amalga oshiruvchi
mexanizmlarga barham berildi. Jumladan, ma’muriy buyruqbozlik, to‘rachilik
tizimining o‘zagini tashkil etgan, markazdan turib rejalashtirish tizimi
mustahkamligi va buzilmasligining ifodasi bo‘lgan davlat reja qo‘mitasi,
davlat
218
ta’minot qo‘mitasi, davlat narxlar qo‘mitasi va bir qator vazirliklar hamda juda katta
ma’muriy apparatlar tugatildi.
Ularning o‘rniga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. Bular bozorga
asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarning tashabbuskorlari va ularni ro‘yobga
chiqaruvchilar bo‘lmog‘i kerak. Masalan, o‘zini oqlamagan Davlat reja qo‘mitasi
o‘rniga Davlat Statistika Departamenti tuzildi. Bu qo‘mita iqtisodiyotni isloh qilish
qoidalari va ustivorliklar, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida iqtisodiy
islohotlarning borishiga baho berish hamda ularni yanada chuqurlashtirishga
qaratilgan
takliflar tayyorlash; balans hisob-kitoblari asosida makroiqtisodiy
nisbatlarni, tarmoqlar va hududlardagi tarkibiy o‘zgarishlar tamoyillarini tahlil
qilish; respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini shuningdek, mintaqalarni
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash
zarurligidan kelib chiqqan
holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p variantli istiqbollarini belgilash
vazifalari yuklatildi. Yakkahokim bo‘lib olgan taqsimot idorasi — Davlat ta’minot
qo‘mitasi va uning vorisi bo‘lgan «O‘zshartnomasavdo» o‘rniga yangi bozor tizimi
Respublika ulgurji va birja savdo hissadorlik uyushmasi tuzildi. Bu uyushma tovar
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar tovar resurslari bozorida erkin
hamda teng huquqli ishtirok etishi uchun zarur infrastrukturani (bozor xizmati
sohasini) yaratishi kerak. Uning tarkibiga respublika hissadorlik tovar-xomashyo
birjasi, hissadorlik birja banki, hududiy hissadorlik
tijoratchi-vositachi
kompaniyalar kiritildi. Bular mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar,
tashkilotlar va jismoniy shaxslarga kontrakt-shartnoma asosida tijorat-vositachilik,
savdo, marketing va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi ularga birja savdosida qatnashish
uchun teng sharoitlar yaratib berishi kerak.