12.5 Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv tajribalari
Xorijda boshqarish bo‘yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha
mamlakatlarda o‘rganilmoqda. 1945-yildan so‘ng qisqa davrda yapon
boshqaruvchilarining katta yutuqlari ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Bu
davrda yaponlar an’anaviy boshqarishning tashkiliy tizimini tubdan o‘zgartirdilar:
unga ular maqsadga muvofiq Amerika menejmenti ekspertlarini kiritdilar.
219
Yapon biznesining bayroqdorlaridan biri Konosuke Matsusiti boshqarish
samaradorligining zarurligiga jamoatchilikning e’tiborini jalb qilib, shunday degan
edi: «Hozirgi tadbirkorlik tashkilotlari ijtimoiy hayotni qo‘llab-quvvatlashda muhim
rolni bajarmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy sharoitlari taqsimot natijasida
hammaga yetarli bo‘lmoqda. Bu ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun har bir
korxona taraqqiyot va ishga qobiliyatli holatini saqlashi lozim. Biz boshqarish deb
ataydigan faoliyat to‘la safarbarlikni talab qiladi, bunda insoniy tajriba va intellekt
mujassamlashgan. O‘zini boshqarishga bag‘ishlagan odam, juda hurmatli bo‘lib
to‘la safarbarlik va o‘z hayotini qurbon qilishgacha tayyorlikni talab qiluvchi
mas’uliyatli lavozimni egallaydi».
K. Matsusitining ijodiy izlanishlari o‘ziga xos bo‘lgan «Yapon boshqarish
tizimi»ni yaratish bilan tugadiki, boshqarishning bunday yapon tizimini, amerika
modeli ega bo‘lmagan bir qancha konsepsiyalar belgilaydi. Ulardan eng muhimi
umrbod ishga qabul qilish jarayonidir. Shuningdek, boshqarishda rahnamo nazariy
kuchli va amaliy qo‘llanadigan konsepsiyalarga ega bo‘lishi, jazolash va izza
qilishga chek qo‘yish mojaroga yo‘l qo‘ymasligi, maqsadni aniq ko‘rish, erkinlik
hissiga ega bo‘lishi kerak. Yaponiyada tashkil etilgan «Sifat to‘garaklari» ham
ulardagi boshqarish uslubini boshqalardan ajratib turadi. Bu to‘garaklarda oddiy
ishchidan tortib, korxona rahbarigacha ijodiy g‘oyalar bilan qatnashishi, izlanish va
tashabbuskorlik, kerak bo‘lsa o‘zini qurbon qilishi bilan boshqa xorijiy, an’anaviy
boshqarishlardan ajralib turadi. Xorijiy tajribalardan Shved modeliga nazar
tashlasak, bu modelga xos xususiyatlarning bir qancha milliy tomonlarini ko‘rish
mumkin: bular ratsionalizm, tadbirkorlik, muammolarni inqiloblarsiz, katta
sakrashlarsiz tinch yo‘l bilan hal eta bilish.
Shved modeli shunga asoslanadiki, davlat firmalarning ishlab chiqarish
faoliyatiga aralashmaydi, mehnat bozoridagi faol siyosat bozor ijtimoiy-iqtisodiy
chiqimlarini iloji boricha minimum miqdorda saqlashi lozim. Modelning yana bir
muhim tomoni shundaki, xususiy sektor ishlab chiqarishni maksimal o‘stirish,
xalqning turmush darajasini yaxshilash, soliqlar tizimi orqali davlat tomonidan
olingan foydani iloji boricha ko‘proq qismini aholiga bo‘lib berishni nazorat qiladi.
220
Biroq bunda ishlab chiqarish asoslariga ta’sir ko‘rsatmaslik kerak (erkin sohibkorlik,
raqobat, talab va taklif). Bunda asosan jamoa pul jamg‘armalari va infrastruktura
elementlariga ko‘proq yon bosiladi. Bu esa o‘z navbatida soliqlar va davlat
xarajatlari orqali milliy daromadni bo‘linishi, iste’mol qilinishi va qayta bo‘lib
berilishida davlat roli tobora oshib boradi. Shved modelining ahamiyat kasb etuvchi
tomonlari uning yuqori darajada institutlashtirish (qonun kuchi) davlatning
inqirozlarga qarshi siyosatining faolligidir.
Ko‘pchilik shved tajribasini va uslublarini osongina eksport qilish va uni
istalgan mamlakatda hayotga tatbiq qilish mumkin deb o‘ylaydi. Lekin har bir
mamlakat o‘z milliy an’analari, dini, tarixiga ega va shularga qarab ish ko‘rishi
lozim.Bundan tashqari kimdir shved modeli qotib qolgan va yakunlangan narsa,
shvedlar endi hech narsa qilmay yashayverishlari mumkin deb o‘ylaydi. Amalda esa
bunday emas. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, shved modelida doimo
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, chunki dunyodagi har bir o‘zgarishga mos harakat
qilinmasa ortda qolishi hech gap emas. Biroq shved modeli orqali ko‘p mamlakatlar
o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Masalan, shved modelining asosiy qismi
mehnat bozoridagi faol siyosat tajribasi boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanilishi
mumkin. Buning ma’nosi shuki: ishsizlarga faqat nafaqa berib ulkan pul
mablag‘larini sarf qilishning keragi yo‘q, buning o‘rniga ishsizlarni qayta tayyorlab,
ularning malakasini oshirib mehnatning boshqa turlariga yo‘naltirishga qaratiladi.
Biz uchun esa shved modeli shunisi bilan muhimki, davlat boshqaruvi bozor
stixiyasini chegaralash va bozordan qo‘rqmaslikni o‘rganish imkonini beradi. U
oddiy kapitalistik mamlakatlarning harakat doirasidan chetga chiqadi va eng asosiysi
shved modeli kuchli ijtimoiy siyosatga ega bo‘lgan davlat yaratish mumkinligini
isbotlaydi.
Endi Germaniya tajribalariga nazar tashlasak, ularda ham kuchli ijtimoiy
siyosat qaror topganligini ko‘ramiz. Ularning boshqaruvdagi yaxshi xislatlaridan
biri xo‘jalik yuritishda va hayotning barcha sohalarida tejamkorlikka qattiq rioya
qilishdir. Ular tejamkorlik masalalariga nafaqat o‘z manfaatlari, balki jamiyat
nuqtayi nazaridan qaraydilar. Nemislarning tejamkorliklari ularning vaqtga bo‘lgan
221
munosabatlari orqali ham namoyon bo‘ladi. Ular o‘z vaqtlarida o‘zgalar vaqtlarini
ko‘radilar va uni qadrlagan holda har ishni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladilar.
Xitoy boshqarish tajribasiga kelsak u yerdagi o‘ziga xos demografik vaziyat
masala yechimini boshqacharoq hal qilishga qaratilib, qishloqlarda sanoat
korxonalari, hunarmandchilik shohobchalari, savdo va maishiy xizmatga yoshlarni
va ishga qobiliyatli aholini jalb qilish orqali iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda.
Haqiqatan ham har bir davlat o‘zining kelib chiqish tarixi, iqlim sharoiti, geografik-
hududiy joylashishi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun biror
mamlakat joriy etish uchun boshqa biror davlatning modelini ko‘chirib olish
mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqiqatga mos tushadi. Faqat har bir ijtimoiyiqtisodiy
sohani rivojlantirish uchun turli davlat tajribalaridan ijobiy foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
|