287
Makrosegmentlash deb nomlanadigan birinchi bosqichda “tovar bozori” aniqlanadi.
Mikrosegmentlash deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan
bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.
Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi – tovarning
afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni
xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul –
iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul –
iste’molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisoblanadi.
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash.
Firmalar yangi tovarlarga
bo’lgan talabni o’rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhitligiga qarab
segmentlashdan ham foydalanadi. Bunga quyidagi misol keltirish mumkin.
Masalan, qahva ko’p tarqalgan ichimliklardan hisoblanadi. Uning tarkibida kofein
moddasi mavjud. Bugungi kunda shunday iste’molchilar ham mavjudki, ular
kofeinsiz qahvani xohlaydilar. Demak, bozorning ana shu segmenti iste’molchilari
uchun ham kofeinsiz qahva ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Yoki tovarning
afzalligiga qarab segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo’lmagan pivo
haqida beriladigan reklamani ham kiritish mumkin.