Konyuktura axborotnomasi
– bu bozor konyukturasining hozirgi holati va
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyukturasining hozirgi
holati va
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyukturani o’rganishning
eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun
foydalaniladi.
Konyuktura tahlili –
konyukturani mavjud holatda keltirgan omillarning
tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor
konyukturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini
aniqlashga xizmat qiladi.
Konyuktura prognozi
bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan
ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda
konyukturaga ta’sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini
aniqlashga e’tibor qaratiladi.
Shuni e’tiborga olish lozimki konyuktura tahlil va prognozida uning o’ziga
emas, balki konyukturaga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq
bo’ladi. Har qanday bozor konyukturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga
bo’lish mumkin:
makroiqtisodiy omillar;
mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif nax va raqobat
283
omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda
rivojlana olmaydi. Shu sabab, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga
javob topish lozim bo’ladi.
Konyukturani o’rganishning birinchi bosqichi
iqtisodiyotning holatini
tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, eksport hajmi,
investitsiyalar va iste’mol darajasi va boshqa ko’rsatkichlar ichki bozorning
rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi.
Bozor konyukturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin
bajarilgan harakatlarning mahsuli bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida
ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga muvofiq.
Keyingi bosqichi bozorni shakllantiruvchi sohaning tahliliga bag’ishlanadi.
Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi:
sohaning iqtisodiyotdagi o’rni qanday?
soha texnologik jihatdan hayotiy qaysi bosqichida
sohaning rivojlanish sur’atlari qanday?
sohada qanday muammolar mavjud?
Bunday izlanish natijasida taklifning umum iqtisodiy imkoniyatlari ma’lum
bo’ladi. Shunisi e’tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili kompleks ravishda
olib borilishi va olingan ma’lumotlar keng doiradagi kon’yuktura tahlilarda
qo’llanilishi mumkin. Shu sababli ko’pchilik davlatlardagi, shu jumladan
O’zbekistonda bunday axborotlarni davlatning maxsus organlari va halqaro
tashkilotlarni vakolatlari organlari tayyorlalab beradilar. Masalan, BMT ning inson
taraqqiyoti hisobotlari TASIS dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari,
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tahlilily axborotlari va hk.
Yuqorida sanab o’tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab,
taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyukturasi tahlilida
talab
ning barcha jihatlarini o’rganishga alohida
e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning
284
kengligi va chuqurligi bo’yicha taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va boshqa
xususiyatlarni o’rganish zarur bo’ladi. Talabni o’rganishda avvalo qondirilgan talab,
so’ng va alohida turlari bo’yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab o’rganiladi,
qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o’rganish usullari
yordamida aniqlanadi.
Konyukturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu tovar taklifidir. Taklifni
o’rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va
tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo
tizimiga mahsulot etkazib beruvchi korxonalar ro’yxatini tuzish va ularning
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarining assortimenti va etkazib berish muddatlari
taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so’ng bozor
ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi va tarkibi,
qachon vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish dinamikasi va boshqa
ko’rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. savdo
tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya
natijalari va maxsus izlanishlar tovar zahiralarini kompleks o’rganish asos bo’ladi.
Narxlarning bozor konyukturasidagi o’rni va ularning shakllanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni
o’rganishda quyidagilar tahlil ob’ekti sifatida olinadi: narxlarning barqarorligi tovar
assortimenti doirasida narxlarning o’zgarish darajasi, sotuv tomonidan narxlar
bo’yicha o’zgaruvchan tizimlarni qo’llash, mavsumiy narxlarning qo’llanilishi va
boshqalar. Narx bozor konyukturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil
hisoblanadi. Uning o’ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko’satadi. Shu sababli narx
tahlilida nafaqat xujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng
qo’llaniladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishdan avvalo korxonalar raqobati, so’ng tovarlar
va ehtiyojlar raqobati o’rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlil sotuvchilar soni,
ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo’naltirilgan
285
maqsadli segmenti va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyuktura prognozida
amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o’rnini bosuvchi tovarlar va
to’ldiruvchi tovarlarning o’zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday
raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o’rganish usullaridan keng
foydalaniladi.
Bozor konyukturasini o’rganishining sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun
zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va
qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda
namoyon bo’ladi.
|