288
iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi
hisoblanadi.
Demografik segmentlash
– deganda iste’molchilarni daromadlar darajasi,
yoshi jinsi, millati kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo’yicha guruhlarga
ajratish tushuniladi.
Geografik segmentlash
– geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy
usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan
hududlarning iqlimida farq bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiqdi. Geografik
belgi bo’yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo’linishini
nazarda tutadi.
Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar
qarashlari, qiziqishlari
bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste’molchilarni jamiyat manfaati yo’lida
qayg’uradiganlar, o’z sog’lig’ini sevuvchilar, oilasi uchun qayg’uradiganlar
guruhlariga ajratish misol bo’la oladi.
Korxonaning raqobat kurashida g’olib chiqishi bozor segmentlari qanchalik
to’g’ri tanlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. Bunda bozor segmentlashsining
me’zonlarini bilish zarur. Quyidagi bozor segmentining asosiy me’zonlari va
ularning tavsifi keltiriladi: