himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat
tovarlarining chegaralangan narxlari belgilab qo'yildi?
A)
birinchi bosqichda (1992 y.);
B)
ikkinchi bosqichda (1993 y.);
C)
uchinchi bosqichida (1994 y.);
185
D)
iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidan boshlab hozirgacha;
9.
Narx shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
A)
iqtisodiy xarajatlar;
B)
talab va taklif;
C)
tovarning nafliligi:
D)
raqobat va davlat siyosati;
10. Pulni qaysi vazifasi narxni shakllanishi bilan bog‘liq?
A)
muomala vositasi;
B)
to‘lov vositasi;
C)
qiymat o‘lchovi;
D)
jamg‘arma vositasi.
Mavzuga oid ko’rgazmali materiallar
10.1-rasm. Narx turlari
Ulgurji
narxlar
Erkin bozor
narxlari
Dotatsiyalan
gan narx
NARX
TURLARI
Nufuzli narx
Demping
narx
Chakana
narxlar
Qatiy va o`zga-
ruvchan narxlar
Chegaralang
an narxlar
186
10.2-rasm. Narx o’zgarishiga bog’liq omillar
10.3-rasm. Narxning asosiy vazifalari
NARX
Tovar ishlab
chiqarishdagi
ijtimoiy-
zaruriy sarflar
Tovar yoki
xizmatlar
nafliligi
Raqobat
kurashlari
Xaridorlar
didi
Davlatning
iqtisodiy
siyosati
Talab va taklif
nisbatlari
Turli xil
to`g`ri soliqlar
NARXNING ASOSIY VAZIFALARI
Muvozanatlik
ni ta'minlash
Qiymatni
hisoblash
Raqobat
vositasi
Tartibga
solish
Ijtimoiy
himoyalash
187
1 1 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i m e n e j m e n t i n i n g
t a s h k i l i y t u z i l i s h i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda menejmentninig tashkiliy tuzilishi,
tashkiliy tuzilmalar turlari va tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish kabilarni asosiy
tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
11.1. Menejmentning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha
Menejmentning tashkiliy tuzilishi deganda boshqaruv bo’g’inlari va
bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy
va tushunarli bo’lishi uning ish qobiliyati yuqori bo’lishini kafolatlaydi, ya’ni
boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo’g’inlar qancha kam bo’lsa, boshqaruv
shunchalik samarali bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi
mustaqil tarkibiy unsurlardir. Тuzilma elementlari, ularning bo’linmalari va
boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo’g’inlar
yig’indisidir. Shu belgisiga ko’ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko’p
bosqichli (ko’p bo’g’inli), uch, ikki bosqichli (bo’g’inli) bo’ladi. Bosqichlar va
bo’g’inlar o’rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal bo’lishi mumkin. Vertikal
bo’g’inlar rahbarlarning ularga buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni,
gorizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo’g’in va unsurlari o’rtasidagi
munosabatlarni bildiradi.
Iqtisodiyoti boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli tashkilotlarga
bo’linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga
ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini
birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga
asoslangan holda faoliyat yuritadi.
188
Хalq xo’jaligini boshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo’linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot -
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo’jalik faoliyatini tartibga soluvchi
qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi
haqida hisobotni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya
tashkilotlarini shakllantiradi.
Хalq xo’jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va
maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya
tashkilotlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar mahkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli
tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga
Davlat qo’mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FТТning asosiy
yo’nalishlarini belgilash, tabiiy muhitni muhofaza qilish, pul va kredit tizimiga
rahbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, hisob va statistikani tashkil etish,
narx, tariflar belgilash, xalq xo’jaligi tarmoqlariga rahbarlik qilish kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining doimiy ish yurituvchi
tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish, fan-
texnika sohasida tanlov, ko’ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni
bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan hamkorlikda
mintaqada moddiy texnikaviy ta’minotning barqaror va samarali tizimini tashkil
etish, iste’molli va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni
o’rnatish, mahsulot yetkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy
texnikaviy ta’minlashda ko’mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta’minot
tashkilotlari xo’jalik hisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko’p
tarmoqli savdoni ta’minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga rahbarlik
qiladilar.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar
manfaatlarini himoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga
189
oshiradi, xo’jalik yuritish samaradorligini so’m bilan nazorat etishni ta’minlaydi,
shirkat va individual mehnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish
bo’yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish, bozor
iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirish tizimini o’zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar
asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy rag’batlantirish va ajratilgan
mablag’lardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish usullarini
keng qo’llashni ta’minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va hisob-kitob
munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Тijorat banklari tizimi faoliyati to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliya
bilan ta’minlashi asosiga o’tkaziladi.
Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari va
ularning joylardagi bo’linmalari tuli bandlikni, band bo’lmagan mehnat resurslarini
qayta tayyorlash va kasb urgatish, kadrlarga bo’lgan talabni qondirishni
ta’minlaydilar.
Respublika vazirliklari respublika hududidagi konsernlar tarmoqlarni
boshqarishni amalga oshiradilar. Тarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik
asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo’l ostidagi vazirlik va unga
qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Хar bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini
kollegial ravishda ko’rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat
tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo’lib,
uning tarkibiga vazir o’rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar rahbarlari
kiradi.
Хalq xo’jaligi tarmog’i tarkibida xam davlat, xam xususiy korxona, firma,
aksioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari (AJ)
fan-texnika salohiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash
va uyg’unlashtirish va uyg’unlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish maqsadida
tashkil etiladi. Ular xo’jalik hisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va
190
boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Тarkibiy
qism bankda alohida balans va hisob raqamiga ega bo’lishi va ijara pudrati bo’yicha,
xususiy sohada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, AJ tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag’larni
biriktiradi, ichki xo’jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar
o’rtasidagi munozaralarni xal etish, shuningdek, ular o’z majburiyatlari bo’yicha
javobgarlik tartibini belgilaydilar. Тarkibiy birlik qonunda belgilangan huquqlari
doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, AJ nomidan boshqa
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, AJ tarkibiy birlikka o’z
nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo’yicha javobgar bo’lish huquqini
beradi.
Korxonani boshqarish “Korxona to’g’risida”gi qonunga asosan amalga
oshiriladi. Bu qonunda ko’zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning hamda
uning tashkilotlari muhim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda
ishtirok etish yo’li bilan amalga oshiriladigan o’z-o’zini boshqarish tamoyilidir.
|