6
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish,
xususiy sektorni jadal
rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini
oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar
siyosatni amalga oshirish;
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga
qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish
talab etiladi.
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o’sish
sur’atlarini ta’minlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani
jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar
siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini
ishlab chiqishimiz zarur.
O’tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to’g’ri yuritish va
davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir.
Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin.
3
Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo’jaligining) uyushtirilgan,
davlat tomonidan tartibga solinadigan xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Хo’jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai
nazaridan ishlab chiqarish
elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o’z manfaatlari,
xo’jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o’z resurslarini o’z
ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo’lgan sub’ektiga tushuniladi.
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim
ustuvor vazifalari to’g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasi
7
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib
kelgan va iqtisodiyot
(ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil
mazmunda ishlatiladi.
Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo’jalik (xalq xo’jaligi, tarmoq, hudud,
birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi;
Ikkinchidan; iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol
fazalarida
vujudga kelgan insonlar, xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi moddiy va
boshqa boyliklar bilan bog’liq munosabatlar tushuniladi;
Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va
hakozolardan iboratdir;
Va nihoyat, to’rtinchidan, iqtisod bu - fan.
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni
tahlil qilish va
umumlashtirish to’g’risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar
yig’indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o’rganish
imkoniyatiga ega bo’ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni rivojlantiradi
hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo’jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun
unga mos xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan.
Unga mos iqtisodiy
dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko’rsatkichlar,
usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normalashtirish kabilar) xo’jalik
yurituvchilar o’z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.